К содержанию
РецензированоUZ2025

KALAMUSHLAR ME’DA OSTI BEZI MORFOLOGIYASI TAJRIBAVIY GIPOTIREOZ FONIDA

GIPOTIREOZ FONIDA · Norbek Q. Niyozov

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

In our study, we examined white laboratory rats born from control and experimental mothers with hypothyroidism. As a result of morphological analysis of the pancreas in different periods of postnatal ontogenesis, significant changes in the delay in the development and formation of individual components of the vascular wall were revealed compared to the control group. From the first days after the start of the experiment, changes in the arterial wall were noted in all experimental animals. The results show that morphological changes in the cells of the pancreas and its blood vessels occur in the offspring born from mothers with hypothyroidism. Keywords: pancreas, acinus, mercazolil, share. Dolzarbligi. Qalqonsimon bez endokrin sistemasining periferik a’zosi bo‘lib modda almashinuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Qalqonsimon bezning gormonlari hujayra va to‘qimalarda metabolik jarayonlarni mustahkamlab, yurak va qon tomir, nafas, ovqat hazm qilish, asab va reproduktiv a’zolarning ishini boshqaradi. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmovichligida barcha a’zolarning vazifasini izdan chiqishi kuzatiladi. Qalqonsimon bez gormoninining yetishmovchiligi tufayli gipotireoz kasalligi rivojlanadi. 9 55 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Dunyoda endokrin kasalliklar orasida qalqonsimon bez kasalliklari uchrash darajasi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallaydi. Manifest gipotireozning uchrash darajasi 0,2-1%, yashirin birlamchi gipotireoz esa 7-10 % tashkil qiladi. Tireoid gormonlarining organizmda yetishmasligi yoki miqdorining oshib ketishi natijasida kuzatiladigan metabolik o‘zgarishlar me’da ichak traktida ham morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib keladi [1, 5, 8, 12, 14, 17]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Avstraliya, Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, va Shimoliy Amerikada olib borilgan tadqiqotlar natijasida me’da-ichak kasalliklari aholi orasida tarqalganligi 7-41% va o‘rtacha 25% ni ko‘rsatadi [3, 6, 10, 16, 18, 21,]. Bunday holatda odamlarning umr ko‘rishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun kasallikni aniqlashda zamonaviy tashxisot imkoniyatlarini kengaytirish, kasallikning ko‘payishiga olib kelayotgan turli holatlarning paydo bo‘lishi me’da-ichak tizimida morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib keladi [2, 4, 7, 13, 15, 19, 22]. Shu munosabat bilan qalqonsimon bez kasalliklarni va uning asosratlarini oldini olish, samarali diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Jahonda so‘ngi o‘n yillikda qalqonsimon bez kasalliklari va uning me’da-ichak traktiga nojo‘ya ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy- tadqiqotlar olib borilmoqda [9, 11, 20, 23, 24]. Bu borada qalqonsimon bez patologiyasini organizmdagi barcha organ va tizimlarining o‘zgarishlariga olib kelishini va gipotireoz bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar me’da osti bezining morfologik xususiyatlarini ilmiy asoslash, gipotireoz kasalligida me’da osti bezida kechadigan o‘zgarishlar asosan klinik kechishini aniqlash, biroq me’da osti bezida kechadigan morfologik o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamligini inobatga olganda, me’da osti bezida kechadigan o‘zgarishlar dinamikasini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyot manbaalarida gipotireoz bilan og‘rigan ayollardan tug‘ilgan avlod me’da osti bezining ekzokrin va endokrin qismlarini postnatal davrda rivojlanishining morfofunksional o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks baholashga qaratilgan ma’lumotlar mavjud emas. Qandli diabetning ko‘payishi, homilador ayollarda gipotireoz muammosining o‘ta muhim ekanligi, uning avlod me’da ichak tizimini postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sirining struktur va funksional mexanizmlarini noaniqligi va yetarli darajada o‘rganilmaganligi ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligi yuqori darajada ekanligini taqozo etadi. Tadqiqotning maqsadi: me’da osti bezidagi morfologik o‘zgarishlarning xarakterini tajribaviy gipotireozda aniqlash. Material va tadqiqot usullari. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 80 nafar jinsiy yetuk oq laboratoriya kalamushlarning me’da osti bezi o‘rganildi. Oq laborator kalamushlarini 2 ta guruhga ajratildi. 1-guruh 30 ta sog‘lom kalamushlar nazorat guruhini tashkil qildi. 2-guruh tajriba guruhida urg‘ochi jinsga mansub 50 nafar oq laborator kalamushlarda tajribaviy gipotireoz chaqirish uchun 14 sutka davomida 100 gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda merkazolil berildi. Keyinchalik 1 oy davomida kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilganidan keyin ham emizikli davrida ona kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berishni davom ettirildi. Ona va bola kalamushlarning dum venasidan qon olindi, hamda qalqonsimon bez gormonlari miqdori o‘rgan

Доказательный фрагмент

«In our study, we examined white laboratory rats born from control and experimental mothers with hypothyroidism.»

Образец извлечения

Демо-превью

In our study, we examined white laboratory rats born from control and experimental mothers with hypothyroidism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pancreas, acinus, mercazolil, share, atsinus, bo‘lakcha., merkazolil, me’da osti bezi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники