К содержанию
РецензированоUZ2026

SHE’RIY MATNDA OLMOSH VA SONNING DEYKTIKLIK XUSUSIYATLARI

Dilnoza Sarbarova Nosirjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The article reflected on the role of deiksis in the poetic text as well as on the deictic properties of words in the pronoun, Number Word category. Theoretical views of scientists are presented and given an attitude towards them. In the framework of this series of words, the peculiarities of signification are highlighted on the example of the poems of Usman Azim. Keywords: Deixis, deictic unit, pointing, pronoun, number, natural deictic unit, functional deictic unit. Аннотация. В статье рассматривается роль дейксиса в поэтическом тексте, а также дейктические свойства слов, относящихся к категории местоимений и числительных. Представлены теоретические взгляды ученых и Дана их реакция. Специфика жестов в рамках этих категорий слов была освещена на примере стихов Усмана Азима. Ключевые слова: дейксис, дейктическая единица, указывать, местоимение, число, естественная дейктическая единица, функциональная дейктическая единица. Annotatsiya. Maqolada deyksisning she’riy matndagi o‘rni hamda olmosh, son so‘z turkumiga oid so‘zlarning deyktiklik xususiyatlari borasida fikr yuritilgan. Olimlarning nazariy qarashlari keltirilgan va ularga munosabat berilgan. Mazkur so‘z turkumlari doirasida ishoraviylikning o‘ziga xosliklari Usmon Azim she’rlari misolida yoritilgan. Kalit so‘zlar: deyksis, deyktik birlik, ishoraviylik, olmosh, son, tabiiy deyktik birlik, funksional deyktik birlik. Adabiyotlar tahlili. Ko‘plab ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, deyktik birlik sifatida qaraluvchi mustaqil so‘zlardan biri olmosh hisoblanib, nutqiy muloqot jarayonida uning shaxsga va predmetga ishora qilishi ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda, tadqiqot ishlarida o‘z isbotini topgan. Sh. Safarov, M.Hakimov, N.Mahmudov kabi bir qancha tishunos olimlarning tadqiqotlarida deyksis hamda uning ahamiyati, vazifalari, ifodalanish usullari haqida nazariy qarashlari keltirilgan. Mustaqil so‘z turkumlari ichida olmosh boshqa so‘z turkumlaridan farqli tarzda denotativ ma’noni bevosita ifoda etmaydi. Boshqacha aytganda, olmoshlar atash ma’nosiga ega emas. Olmoshlar deyktik xususiyatli morfologik so‘z shakllaridir. Ular ot, sifat, son kabi mustaqil so‘z turkumlari va sintaktik qurilmalar o‘rnida qo‘llanilib, ularga ishora qiladi. M.Hakimov ta’kidlaganidek, olmosh turkumiga xos so‘zlarning eng xarakterli tomoni shundaki, garchi uning ma’no ifodalash qobigʻi puch bo‘lsa-da, biroq bu turkumdagi so‘zlar mustaqil so‘z sifatida boshqa mustaqil so‘zlar qatoriga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va mustaqil so‘z tabiatiga tushadi1. Olmoshlar ichi bo‘sh so‘zlardir, sababi, uning qaysi so‘z turkumi o‘rnida ishlatilishi faqat nutq vaziyatidan, kontekstdan ma’lum bo‘ladi. Masalan: Erksizlikdan kichkinadir erk – Bu haq kalom …O‘rtanar dilim… Erksizlikdan erk kuchsizdir deb 1 Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини: Филол. фан. д-ри ... дисс. – Тошкент, 2001. – Б. 283. 152 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Rost aytmoqqa aylanmas tilim. (Yurak, 262-b) Ushbu matnda qo‘llangan bu so‘zi birinchi misradagi jumlaga ishora qilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar tabiatan deyktik (ishoraviylik) xususiyatiga ega, ular matnda ishtirok etib, oldingi va keyingi qismlarga ishora qiladi va deyktik vazifa bajaradi. Masalan: Ketdim… Yomg‘irdayin o‘tdim-u ketdim, Ming asr tanholik kechdi boshimdan. Ming asr oralab qaytadan yetdim, O‘sha yolg‘iz qolgan ayol qoshiga. (Sog‘inch, 9-b) Mazkur she’riy matn parchasida qo‘llangan o‘sha olmoshi matnda oldingi qismga ishora qilib, deyktik xususiyat kasb etgan. O‘sha olmoshi shaxsga ishora qilgan bo‘lib, bunday deyktik belgining matnda qo‘llanishi matnda takror orqali yuzaga keladigan gʻalizlikning oldini olish bilan birga matnning ta’sirchanligini oshirishga ham xizmat qilgan. Ushbu matn parchasini birinchi gapdan uzib olib, alohida keltirsak, olmoshning aynan kimga yoki nimaga ishora qilayotganini bilib bo‘lmaydi, natijada, jumla mavhum bo‘lib qoladi. U anglamas borligin zavol, Go‘yo mangu fursatlar yetgan… Shunday yozni tashlab bemalol, O‘sha bola qayerga ketgan? (Saylanma, 376-b) Keltirilgan misoldagi o‘sha, shunday deyksislari shaxsga va belgiga ishora qilgan bo‘lib, kimga va qanday belgiga ishora qilayotganligini anglash uchun oldingi misralarga e’tibor qaratish kerak. She’rning birinchi misrasi og‘ir fe’lli mehnatkash bola jumlasi bilan boshlangan bo‘lib, she’r qahramonining ko‘p mehnat qilib charchamasligi tasvirlanadi. Deyktik birliklarning bu tarzda qo‘llanishi orqali muayyan axborotga tinglovchining e’tiborini jalb qilish, uning ahamiyatliligini namoyon qilish maqsadi ham amalga oshiriladi, shu bilan birga, muloqot matni samarali kechishini ta’minlaydi. She’rni esa yozdim. Vasiyat Har bir so‘zga joylandi o‘qday. Yuragimda shunday vaziyat – Bu dunyoga keragim yo‘qday (Yurak, 263-b) Tadqiqot metodologiyasi. She’riy matn tahlilida tavsiflash, tasniflash, qiyoslash hamda kontekstual metodlardan foydalaniladi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, son so‘z turkumida ham deyktiklik xususiyati mavjud. Demak, tild

Доказательный фрагмент

«The article reflected on the role of deiksis in the poetic text as well as on the deictic properties of words in the pronoun, Number Word category.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article reflected on the role of deiksis in the poetic text as well as on the deictic properties of words in the pronoun, Number Word category. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Deixis, deictic unit, pointing, pronoun, number, natural deictic unit, olmosh, ishoraviylik, deyksis, deyktik birlik, tabiiy deyktik birlik, son, funksional deyktik birlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники