Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POLISEMIYA HODISASINING OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA OʻRGANILISHI
Davidov Yunus Jummayevich · E-mail: Yunusdavidov@gmail.com
Современная наука и исследования · 2 · 1975
Аннотация
This article discusses the study of the phenomenon of polysemy in Uzbek linguistics. Keywords: meaning development, polysemy, lexical meaning, primary meaning, derived meaning, Literal meaning, Figurative meaning. Oʻzbek tilshunosligida koʻp maʼnoli soʻzlarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan ishlar bir qancha. S. Usmonov, M. Sodiqova, T. Aliqulov, D. X. Bazarova, M. Mirtojiyev, M. Hakimova, B. Suyunov, G. Roziqova, Sh. Maxmaraimova, S. Raximovalarning ishlari shular jumlasidandir. Ushbu tadqiqotlarda soʻz maʼnolarining taraqqiyoti, soʻzlarning oʻziga xos tomonlari, mazmunan serqirraligi haqida fikr yuritib, koʻpmaʼnoli soʻzlarning leksik maʼnolari, oʻzaro aloqasi, yuzaga kelish yoʻllarini ochib berilgan. Polisemiya tadqiqiga bagʻishlangan ilk ishlardan biri sifatida T.Aliqulovning nomzodlik dissertatsiyasini keltirish mumkin. Unda polisemiyaning hosila maʼnolar hisobiga yuzaga kelishi atroflicha tadqiq qilingan. Dissertatsiya, asosan, ot turkumiga oid koʻpmaʼnoli soʻzlarni vujudga keltiruvchi leksik maʼnolarning hosil boʻlishi haqidagi tadqiqotdir. Unda ot turkumiga oid soʻzlarning koʻchma maʼno hosil qilishi yoritilgan. T.Aliqulov polisemiyani yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida faqat koʻchma maʼno hosil boʻlishini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida koʻpmaʼnolilik hodisasiga bagʻishlangan maxsus tadqiqot M.Mirtojiyevning “Oʻzbek tilida polisemiya” nomli monografiyasi (1975) hisoblanadi. Ushbu monografiya 1984-yilda qayta tahrirlanib, nashr qilingan. Atoqli olim koʻpmaʼnolilikning tildagi asosiy ahamiyatini quyidagicha izohlaydi: “toʻrt yashar bola oʻz yoshiga nisbatan soʻz boyligi eng choʻqqisiga chiqqan hisoblanar ekan. U shu davrda oʻrta hisob bilan ikki ming soʻzni ishlatib, olti ming soʻzni fahmlay bilarkan. Agar soʻzlar koʻpmaʼnolilikdan xoli boʻlsa, oʻsha bola avvalgi sharoitda bera oladigan fikrini taxminan oʻn ming soʻz orqali berib, kamida yigirma ming soʻzning farqiga borishi kerak boʻladi…Soʻzning polisemantikligi soʻzlarni kam miqdorda yodlab, nisbatan koʻp ifoda etish va bunda fahmlashdan maksimal foydalanish imkoniyatini berar ekan. Bu boshqa tilni egallashda ham ancha qulaylikni yuzaga keltiradi va tilning eng yaxshi sifatlaridan hisoblanadi”. Monografiyada polisemiya va unga yondosh hodisalar, polisemiyaning yuzaga kelish yoʻllari, polisemiya tasnifi, polisemiyada soʻz strukturasi haqida muhim nazariy maʼlumotlar berilgan. M. Mirtojiyev oʻzbek tilidagi polisemantik soʻzlarni ikki xil tasniflab turlarga ajratadi. 1) leksik maʼnolarning boshqa turkum vazifasida kela olishiga koʻra ikki turga ajratgan: a) sodda polisemantik soʻzlar b)murakkab polisemantik. 881 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Murakkab polisemantik soʻzlarni ham barcha leksik maʼnolari boshqa-boshqa turkumga oid maʼno anglatish-anglatmasligiga koʻra toʻliq murakkab polisemantik soʻzlar va toʻliqsiz murakkab polisemantik soʻzlarga ajratib tasnif qilgan. 2) leksik maʼnolarning nozik maʼnolardan tarkib topishiga koʻra. Uning oʻzini ham leksik maʼnolarning tarkibli yoki tarkibli emasligiga koʻra tarkibli polisemantik soʻzlar va tarkibsiz polisemantik soʻzlarga ajratib tasniflaydi. M. Mirtojiyev polisemantik soʻzning leksik maʼnolarini oʻzaro aloqadorligiga nisbatan uch turga boʻlib tahlil qilgan. 1) Bosh maʼno (genetik maʼno) – keyingi maʼnolarning hosil boʻlishida asos boʻlgan maʼno. 2) Asos maʼno – soʻzdagi biror yoki bir necha maʼno doimo unga bogʻliq boʻladi. Boshqa maʼnolar bogʻlanishi uchun asos boʻlgan maʼno. 3) Hosila maʼno (tobe maʼno) – asos maʼnodan kelib chiqqan koʻchma va evfemistik maʼnolar va ularning yasamasidan iborat boʻlishi, soʻzning genetik maʼnosi hech vaqt tobe maʼno boʻla olmasligi, soʻzning bosh maʼnosidan boshqa hamma maʼnosi oʻz oʻrni bilan tobe maʼno boʻlib kelishi taʼkidlangan. M.Mirtojiyevning “Oʻzbek tili semasiologiyasi” monografiyasida ham koʻpmaʼnolilik hodisasi haqida muhim nazariy maʼlumotlar keltirilgan. Polisemiya va unga yondosh hodisalar, polisemiya manbalari, tasnifi, polisemiyada leksik maʼnolarning oʻzaro bogʻlanishi kabi hodisalar tadqiq qilingan. Monografiyada hosila maʼnolar bosh maʼnoga bevosita yoki bilvosita bogʻlanishiga koʻra leksik maʼnolarning oʻzaro bogʻlanishi: 1)yelpigʻichsimon 2)zanjirsimon 3)aralash(yelpigʻichsimon va zanjirsimon) kabi turlarga boʻlib tahlil qilingan. M.Hakimovaning “Semasiologiya” nomli oʻquv qoʻllanmasida ham koʻpmaʼnolilik haqida muhim maʼlumotlar keltirilgan. Olima bu hodisani bir narsaning nomi bilan yangi anglangan, oʻzlashtirilgan, hali nomga ega boʻlmagan 2-narsa (predmet, belgi, harakat) nomlanishi deya izohlaydi. M.Hakimova polisemiyaning asosiy sabablaridan biri umumlashtirish ekanligini quyidagicha izohlaydi. Umumlashtirish dunyoni anglashda va oʻzlashtirishdagi inson tafakkurining eng xarakterli xususiyatlaridan biri boʻlib, voqelikdagi turli narsalar muayyan umumiyliklar asosida birlashtiriladi. Polisemiya ham umumlashtirish asosida hosil boʻladi. Bir narsaning nomi ikkinchi narsaga ham nom qilib berilar eka
Доказательный фрагмент
«This article discusses the study of the phenomenon of polysemy in Uzbek linguistics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the study of the phenomenon of polysemy in Uzbek linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- meaning development, polysemy, lexical meaning, primary meaning, derived, oʻz ma’no, bosh ma’no, koʻchma ma’no., polisemiya, hosila ma’no, ma’no taraqqiyoti, leksik ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026