Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PLASTIK IFLOSLANISHI VA UNING EKOLOGIYAGA TA’SIRI
Xurramov Nodir Norboy o‘g‘li · Murodov Diyorxon Ivadulla o’g’li · Tel:+ Gmail: murodovdiyorxon@gmail.com
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This research explores the origin of plastic pollution, its environmental and health impacts, and potential solutions. The degradation of plastics, formation of microplastics, and their effect on the food chain are thoroughly examined. The paper also analyzes the issue of plastic waste in Uzbekistan and current countermeasures. Keywords: Plastic, pollution, microplastics, environmental issue, recycling, sustainable development. Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot zamonida plastik materiallar kundalik hayotimizda juda keng o‘rin egallagan. Plastmassaning arzonligi, engil va mustahkamligi uni sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, transport va ko‘plab boshqa sohalarda ishlatishga sabab bo‘ldi. Dunyoda har yili millionlab tonna plastmassa ishlab chiqariladi, biroq uning aksariyati qayta ishlanmasdan chiqindi sifatida tabiatga chiqariladi. Bu esa ekologik muammolar keltirib chiqaradi. Plastik chiqindilar dengiz va okeanlarda, quruqlikda, hatto atmosfera va suv osti qatlamlarida ham uchraydi. Ular yuzlab yillar davomida parchalanmay, tabiatda saqlanib qoladi. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, plastik ifloslanish biologik xilma-xillikka, hayvonot va o‘simlik dunyosiga, tuproq va suv resurslariga, hatto inson salomatligiga ham katta zarar yetkazmoqda. Xususan, mikroplastiklar oziq-ovqat zanjiriga kirib borib, inson organizmiga singib ketishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ham plastik chiqindilar muammosi kundan-kunga dolzarb bo‘lib bormoqda. 874 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Aholi sonining ko‘payishi, urbanizatsiya, bir martalik mahsulotlardan foydalanishning kengayishi ushbu muammoni chuqurlashtirmoqda. Mahalliy hokimiyatlar, ekologik tashkilotlar va jamoatchilik bu borada turli tadbirlar o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, hali bu yetarli emas. Ushbu ilmiy ishda plastik ifloslanishining kelib chiqish sabablari, manbalari, uning ekologik tizimlarga, inson salomatligiga va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri keng yoritiladi. Shuningdek, plastik chiqindilar bilan bog‘liq mavjud vaziyat, global va mahalliy miqyosdagi yechimlar, davlat siyosati, jamoatchilik faolligi va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy manbalar, statistik ma’lumotlar, soha ekspertlarining fikrlari asos qilib olingan. Plastik ifloslanishining manbalari Plastik ifloslanish ko‘plab manbalardan kelib chiqadi: Bir martalik ishlatiladigan mahsulotlar: Eng keng tarqalgan ifloslantiruvchilardan biri bu bir martalik paketlar, stakanlar, idishlar va shunga o‘xshash plastik mahsulotlardir. Sanoat chiqindilari: Plastik ishlab chiqaruvchi korxonalarning chiqindilari va qayta ishlanmagan materiallari atrof-muhitga chiqarilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan plastiklar: Masalan, plyonka, tomchilatib sug‘orish quvurlari va o‘ramlar. Uy xo‘jaliklari chiqindilari: Aholining kundalik faoliyatidan hosil bo‘ladigan plastik chiqindilar. Turizm va transport sohasi: Daryo, dengiz va yo‘l bo‘yidagi chiqindilar. Plastik turlari va ularning xususiyatlari Plastiklar polimerlardan iborat bo‘lib, turli kimyoviy tarkiblarga ega. Ularning ekologik ta’siri, parchalanish muddati va qayta ishlash imkoniyatlari ham turlicha: Plastik turi Belgilanishi Tavsifi PET (Polietilen) 1 Suv butilkalari, ichimlik idishlari. HDPE (Polietilen)Yuqori 2 Sovun idishlari, plastic zichlikdagi polietilen baklashkalar. PVC 3 Qurilish materiallari. (Polivinilxlorid)Polivinilxlorid LDPE (Yumshoq polietilen) 4 Paketlar, Oziq- ovqat o‘ramlar PP (Polipropilen) 5 Idishlar, qopqoqlar, sog‘liq mahsulotlari PS (Polistirol) 6 Ko‘pik plastmassa (styrofoam), stakanlar Boshqa Boshqa(aralash yoki maxsus 7 Har xil maxsus plastmassa) plastmassalar Ushbu plastiklar tabiatda 100 yildan ortiq muddatda ham parchalanmay qolishi mumkin. Mikroplastiklar: Yashirin tahdid 875 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Mikroplastiklar – bu o‘lchami 5 mm dan kichik bo‘lgan plastmassa zarralaridir. Ular ikki xil manbadan kelib chiqadi: Birlamchi mikroplastiklar – kosmetika vositalarida yoki kiyim yuvish vositalarida ishlatiladigan zarrachalar. Ikki lamchi mikroplastiklar – katta plastmassalarning tabiatda parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu zarralar daryolar, ko‘llar va dengizlarga tushadi, baliqlar va boshqa jonzotlar tomonidan iste’mol qilinadi va oziq-ovqat zanjiriga kirib boradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mikroplastiklar inson organizmiga ham o‘tib, ichki organlarga zarar yetkazishi mumkin. Ekologik ta’siri Plastik ifloslanishi quyidagicha ekologik zararlar keltiradi: Hayvonlarga zarar: Qushlar, baliqlar va boshqa hayvonlar plastikni oziq deb adashib yeb qo‘yadi va bu ularning o‘limiga sabab bo‘ladi. Tuproq sifatining buzilishi: Plastik zarralari tuproqda oziqa moddalar aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Suv ifloslanishi: Plastik daryolar va ko‘llarni ifloslantirib, suv hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yong‘in xavfi: Quyoshda uzoq yotgan plastmassa tez yonib ketishi mumkin. Ekotizimga salbiy ta’sir: Plastik chiqindilar tabiiy m
Доказательный фрагмент
«This research explores the origin of plastic pollution, its environmental and health impacts, and potential solutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis research explores the origin of plastic pollution, its environmental and health impacts, and potential solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Plastic, pollution, microplastics, environmental issue, recycling, sustainable, ifloslanish, ekologik muammo, mikroplastik, barqaror rivojlanish., qayta ishlash, Plastik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025