Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH
Fayziyev Anvar Isoqulovich · Sadullayeva Maftuna · Fayziyeva Barno
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, topshiriqlar ustida ishlashga oid zamonaviy fikrlar yuritiladi. Kalit so‘zlar: Inson, shaxs, yosh avlod, Vatanga sadoqat, ko‘nikma, rivojlantiruvchi topshiriqlar, vizual material, mustaqil fikr, tushunish. Insonning shaxs sifatida shakllanishida bolalik davri eng muhim davr hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi inson ruhiy olamining poydevori qo‘yiladigan davr bo‘lib, bu jarayonda axloqiy, estetik va vatanparvarlik tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, vatanparvarlik tuyg‘ularini erta yoshdanoq o‘quvchilarda shakllantirish — ularning ongli, halol, fidoyi fuqarolar bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi. Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni o‘z milliy ildizlariga sodiq, Vatanga muhabbat va sadoqat bilan qaraydigan shaxslar qilib tarbiyalash davlatimizning ta’lim siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining pedagogik mahorati va shaxsiy namuna bo‘la olish qobiliyati bolalarning ruhiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti va barqarorligi, avvalo, vatanparvar, yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan avlodni tarbiyalashga bog‘liq. Bu jarayonning poydevori esa aynan maktabda, xususan, boshlang‘ich sinfda qo‘yiladi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining dunyoqarashi endigina shakllanayotgan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar singib borayotgan muhim bosqichdir. Aynan shu davrda ularda vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, yurtga sadoqatli bo‘lish, milliy qadriyatlarni hurmat qilish fazilatlarini singdirish nihoyatda muhim hisoblanadi. Vatanparvarlik — bu yurtni sevish, uning qadriyatlarini e’zozlash, milliy an’analarni hurmat qilish va himoya qilishga tayyor bo‘lishdir. Bu tuyg‘u bolalarda erta yoshdan boshlab shakllantirilsa, kelajakda yurtparvar, fidoyi, yuksak ma’naviyatli shaxslar yetishib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bugungi o‘quvchi — ertangi yetakchi, millatning kelajagi.” Vatanparvarlik qadimdan buyon xalqimizning eng ulug‘ fazilatlaridan biri sifatida qaralgan. Har bir inson uchun Vatan muqaddas tushuncha bo‘lib, uni sevish va ardoqlash tabiiy ehtiyojdir. Bu tushuncha bugungi globallashuv davrida yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, yosh avlodning ongu tafakkurida yurtga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash hissini uyg‘otish orqali ularni ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlashga tayyor fuqarolarga aylantirish mumkin. Vatanparvarlik — bu yurtdoshlarimiz, ajdodlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimiz, tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan muhabbatdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bu tushunchani birinchi bo‘lib maktabda anglaydi. 852 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Shu bois, ushbu bosqichda beriladigan har bir dars, o‘qituvchining har bir so‘zi, bolalarda Vatanga bo‘lgan tuyg‘ularni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinfda vatanparvarlikni shakllantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: Davlat ramzlarini o‘rganish (bayroq, gerb, madhiya); Mustaqillik va tarixiy sanalarni tantanali nishonlash; Mahalliy tarix, qadriyatlar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish; Darsliklarda milliy g‘urur uyg‘otadigan matnlardan foydalanish; Sinfdan tashqari tadbirlar orqali yurtga sadoqatli bo‘lish ruhiyatini mustahkamlash. Masalan, Ona tili darslarida “Vatan haqida” she’rlar, hikoyalar o‘qilishi, tarbiya soatida esa ajdodlarimizning yurt uchun ko‘rsatgan fidokorligi haqida suhbatlar o‘tkazilishi mumkin. Vatanparvarlik tarbiyasining natijasi sifatida o‘quvchilarda quyidagi xislatlar shakllanadi: Yurtga mehr; Burchni his qilish; Milliy qadriyatlarga hurmat; Ajdodlar merosiga sadoqat; Yurt tinchligi va taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari — bu 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib, ularning psixologik va ijtimoiy rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu yoshda bolaning xarakteri, dunyoqarashi, axloqiy qarashlari shakllanadi. Ular o‘qituvchining, ota- onaning va atrof-muhitning ta’siriga nihoyatda ochiq bo‘ladi. Shu sababli bu davrda tarbiyaviy ishlar, jumladan, vatanparvarlik ruhidagi ta’lim-tarbiya eng samarali natija beradi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘pincha obrazli tafakkur bilan o‘ylashadi, hayollariga kuchli ta’sir o‘tkazadigan voqealarni yaxshi eslab qolishadi. Ular uchun ertaklar, tarixiy hikoyalar, qahramonlik haqidagi afsonalar katta ta’sirga ega. Aynan shu imkoniyatlardan foydalanib, ularga Vatan haqida chuqur tushunchalar berish, milliy g‘ururini uyg‘otish mumkin. Masalan, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi tarixiy shaxslarning hayoti bilan tanishtirish bolalarda vatanparvarlik, jasorat va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalar o‘zaro taqlid qilishga moyil bo‘lishadi. Agar o‘qituvchi va ota-ona vatanparv
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, topshiriqlar ustida ishlashga oid zamonaviy fikrlar yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, topshiriqlar ustida ishlashga oid zamonaviy fikrlar yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tushunish., mustaqil fikr, ko‘nikma, Inson, Vatanga sadoqat, yosh avlod, vizual material, shaxs, rivojlantiruvchi topshiriqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024