К содержанию
РецензированоUZ2026

KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA JINOYATCHI SHAXS MUAMMOLARI

JINOYATCHI SHAXS MUAMMOLARI · Majitov Alijon Vali o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasi, korrupsiyaga oid jinoyatlarning kriminologik tavsifiga alohida to`xtalib, korrupsiyaviy jinoyatchilikning yuzaga kelish omillari, sabablari va imkon bergan shart-sharoitlari, korrupsiyaga oid jinoyatlarning kriminologik tavsifi va jinoyatchi shaxs muammolari hamda ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish masalalari, ushbu sohaga oid qonunchilikning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan hamda milliy qоnunchiligimizni takоmillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: korrupsiya, kriminologik tavsif, jinoyatchi shaxs, latent jinoyat, korrupsioner, xulq-atvor kodeksi, maishiy korrupsiya, ochiqlik. Material va metodlar: Maqola tayyorlashda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati, xalqaro huquqiy me’yorlar, davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, shuningdek, ilg‘or ilmiy va yuridik adabiyotlardan keng foydalanildi. Matnda bir qator xorijiy va milliy olimlarning izlanishlari, Daniya, Singapur, Ukraina, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning qonunchilik tajribasi, Transparency International xalqaro reytinglari va O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari, tahliliy, mantiqiy, tizimli va qiyosiy-huquqiy metodlar asosida tahlil qilindi. Kirish. Bugungi zamonaviy dunyoda korrupsiyaviy jinoyatlarni ishonch bilan nafaqat bizning davlatimizda, balki dunyoning boshqa ko‘plab sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida ham mavjud bo‘lgan an’anaviy va yetarlicha keng tarqalgan jinoyat turi deb atash mumkin. Xususan, BMT bosh kotibi Аntonio Guterrish so‘zlariga ko‘ra, bir yilda dunyo bo‘yicha poraxo‘rlik jinoyatlari hajmi bir trillion dollarga teng bo‘lib, oqibatda global iqtisodiyot 2,6 trln dollar, yaʼni umumjahon YaIM 5 % dan ortigʼini tashkil etadi1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasi” muqaddimasida “Korrupsiya jamiyat barqarorligi va xavfsizligiga tahdid soladigan, demokratik institutlar, axloqiy qadriyatlar va adolatga putur yetkazadigan hamda barqaror rivojlanish va qonun ustuvorligiga zarar yetkazuvchi muammolar va tahdidlarning jiddiyligi”2 deya qayd etilgan. Aytishimiz mumkinki, korrupsiya faqat mahalliy muammo emas, balki barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga ta'sir qiluvchi transmilliy hodisaga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston jamiyatdagi korrupsiyaga qarshi faol kurash yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. Bugungi kunda mamlakatimiz uchun korrupsiya muammosi, uning turli ko‘rinishlarini yo‘q qilish va tarqalishiga qarshi 1 https://news.un.org/ru/story/2018/12/1344641 2 United Nations Convention against Corruption (Adopted by General Assembly resolution 58/4 of 31 October 2003). httрs://www.un.оrg/ru/dоcuments/decl_cоnv/cоnventiоns/cоrruрtiоn.shtml. 338 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 kurashish, korrupsiyaga qarshi samarali siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish juda keskin va hayotiy ahamiyatga ega. Aynan shu maqsadda keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan bo‘lib, unda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish asosiy ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o`laroq mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o`rni yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Jumladan, Trancparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida davlatimiz 2021-yilda 140-o`rin, 2022-yilda 126-o`rin, 2023-yilda 121-o`rinni egalladi3. Ammo shunga qaramasdan Respublikamizda 2023-yilda sudlar tomonidan ko‘rilgan ayblov hukmi chiqarilgan korupsiyaga oid jinoyat ishlari soni 4128 tani tashkil etib, jami 6535 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan4. Afsuski bu raqamlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘siq bo‘lib kelmoqda. Asosiy qism. Har qanday ijtimoiy-salbiy hodisani yoki jinoyatchilikni, shu jumladan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda mazkur illatni vujudga keltiruvchi sabablar va unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni o‘rganish, tahlil qilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ushbu ijtimoiy-salbiy hodisani vujudga keltiruvchi sabablar va unga imkon beuvchi shart-sharoitlarni o‘rganish va aniqlash orqaligina korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish imkoniyati vujudga keladi. Professor G.A.Avanesovnin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasi, korrupsiyaga oid jinoyatlarning kriminologik tavsifiga alohida to`xtalib, korrupsiyaviy jinoyatchilikning yuzaga kelish omillari, sabablari va imkon bergan shart…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasi, korrupsiyaga oid jinoyatlarning kriminologik tavsifiga alohida to`xtalib, korrupsiyaviy jinoyatchilikning yuzaga kelish omillari, sabablari va imkon bergan shart… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kriminologik tavsif, ochiqlik., korrupsioner, korrupsiya, maishiy korrupsiya, xulq-atvor kodeksi, latent jinoyat, jinoyatchi shaxs
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники