Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA SAN’AT YUKSALISHI
Narzullayeva Durdona Panji qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir. Amir Temur va uning vorislari — xususan, Mirzo Ulug‘bek — ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va tasviriy san’atni davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida rivojlantirdilar. Bu davrda Samarqand, Hirot, Buxoro kabi shaharlarda madaniy va ilmiy markazlar shakllandi. Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk siymolar ilm-fan, san’at va adabiyotda yuksak cho‘qqilarni zabt etdilar. Temuriylar homiyligida qurilgan me’moriy obidalar, yozma manbalar va miniatyura san’ati Sharq Uyg‘onishining yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bu davr madaniy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy o‘zligida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada temuriylar davrida san’atning o‘rni va rivojlanishi yoritiladi Kalit so‘zlar: San’at maktablari, milliy cholg‘u asboblari, udi komil, ahlu amal, yatugan, shadirg‘u, qo‘lyozma miniatyuralar, gushtirlik, madaniy marosimlar. Temuriylar davri — o‘zbek xalqi va umuman Markaziy Osiyo tarixida madaniyat va san’atning yuksalgan, taraqqiyotning yuksak bosqichiga ko‘tarilgan davridir. Temuriylar hukmronligi davrida Samarqand, Hirot, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlar Sharq sivilizatsiyasining madaniy, ilmiy va san’at markazlariga aylangan. Ayniqsa, Samarqand “Yer yuzining ziynati” sifatida tanilgan bo‘lib, bu yerda Qur’on nusxalari, ilmiy risolalar, tarixiy bitiklar va miniatyura asarlari keng tarqalgan. Me’morchilikda Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi kabi obidalar zamonaviy san’atshunoslikda dunyo miqyosida tan olingan yodgorliklardir. Amir Temur davrida harbiy cholg‘u asboblari qatorida to‘y- bazmlarda torli, zarbli va puflab chalinadigan musiqa asboblari faol ishlatilgan. Xususan, Samarqandda o‘z navbatida turk va turk-mo‘g‘ul cholg‘u asboblari keng tarqalgan. XV asr oxiri va XVI asr boshlarida taniqli sozandalar bu cholg‘ularda kuy ijro etishgan. O‘sha davr tarixiy manbalarida (Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida) Xitoy lyutnyasi – pipa ham kirib kelgani yozilgan. Bu va boshqa cholg‘u asboblari (yatugan, shadirg‘u) haqida Abdulqodir Marog‘iy o‘zining «Maqosid al-alhon» («Navolarning maqsadlari») asarida ham to‘xtalib o‘tgan. Olimning e’tirofiga ko‘ra, u o‘z asarida o‘sha davrda mashhur bo‘lgan va amaliyotda keng qo‘llanilgan (ahlu amal) cholg‘u asboblari haqida yozib o‘tgan. Marog‘iy asboblarni to‘rt qismga bo‘lgan: inson xalqumi (ovozi), puflab chalinadigan, torli va zarbli cholg‘u asboblari. U cholg‘ular orasida inson ovozini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Qolganlaridan udni alohida ajratib ko‘rsatgan. Marog‘iy to‘rt torli qadimgi va o‘n juft tori bo‘lgan «mukammal ud» (udi komil) haqida ham ma’lumot bergan. 9 06 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga e’tibor kuchaydi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq o‘tmishda yaratilgan madaniy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish dolzarb masalalar qatoriga qo‘yildi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday tarixiy shaxslardan biridir. Hazrat sohibqiron markazlashgan davlatga asos soldi, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va halqlarni birlashtirdi. Uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, temuriylar davri renesansiga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasining biinchi prezidenti I.A. Karimov temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida shunday degan edi: «Kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak!» Sohibqiron Amir Temur hazratlari – millatimizning suyangan tog‘laridan biri, xalqimizning abadiy faxri va g‘ururidir. Ul zot Turonzaminni mo‘g‘ullar istilosi asoratidan ozod etdi, mamlakat va xalq daxlsizligini, tinchligini va osoyishtaligini, obodlik va farovonlikda rivojlanishini to‘liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudga keltirdi, uning amru irodasi ostida bu yerda hayot har taraflama gullab-yashnadi. Turonzamin Amir Temur davrida Buyuk Ipak yo‘lining qaynoq, gavjum, fayzli-barakali go‘shalardan biriga aylandi. Amir Temur va temuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqyea va hodisalarni unin
Доказательный фрагмент
«Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюTemuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yatugan, ahlu amal, San’at maktablari, shadirg‘u, qo‘lyozma miniatyuralar, gushtirlik, udi komil, milliy cholg‘u asboblari, madaniy marosimlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014