К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA KELISHIKLARNING OʻRGANILISHI

Ibragimov Javohir Isamiddin o‘g‘li · Tel: +---- Email: Jibrahimov@gmail.com

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article presents information about the cases in Uzbek linguistics and the hypotheses of linguists in this regard, as well as their genesis. Keywords: case, hypothesis, "Sarf" and "Nahv", instrumental case, genesis. “Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi”1 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilining tarixiga oddiy ko‘z bilan qaramaslikka o‘rgatish bilan birgalikda bu merosni abadiy saqlash yo‘llarini o‘rgatadi. Ilk yaralishda muloqot shakli bo‘lib hosil bo‘lgan til bugunga qadar yuksalib, rivojlanib, o‘z qonun va qoidalari yaratib insonlar uchun madaniy vositaga aylana oldi. Til qonunlari va tarixi hamda tilning keyingi holati tilshunoslar tomonidan atroflicha o‘rganilib, o‘rgatilib kelinmoqda. Chunki, til birgina muloqot shakli bo‘libgina qolmay bir millatning o‘tmishi, madaniyati, qolaversa, kelajagining ko‘zgusi bo‘lib xizmat qiladi. So‘zlarning o‘zaro bog‘lanish tartibi va uning semantikasi kabi jihatlarning bir umumiy klassifikatsiyasida birlashishi bir tilning rivojlanishini ta’minlab beradi. Tilning taraqqiy etishi va imkoniyatlarning kengayib borishi so‘zlarning va ularni bog‘lovchi vositalarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Xususan, sintaktik munosabat hosil qiluvchi va bir so‘zning boshqa bir so‘zga bog‘lanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi kelishiklarning yaratilish tarixi turlichaligi bilan ajralib turadi. Dunyo tillarida va o‘zbek tilidagi kelishiklar ham ma’lum til tarixini bosib o‘tib qoliplar asosida klassifikatsiyalangan. O‘zbek tilshunos olimlarining izlanishlari natijasida kelishiklarning tavsifi turli vaqt va holatlarda ilmiy asoslash orqali boyib borgan. Dunyo tillari va o‘zbek tilining genezisi ma’lum bir bosqichda lug‘at boyligi, morfema tiplari, so‘z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o‘rtasidagi aloqa va vositalarning shakllanishi yuzasidan umumiy tavsiflanadi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti. Davlat dasturi. – URL: https://president.uz (murojaat qilingan sana: 2025.06.13). 8 89 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kelishiklar, odatda, ot va fe’l o‘rtasidagi sintaktik aloqani tashkil qilishda yordam beradi va tildagi predikatning ma’nosini to‘liq anglashda muhim ahamiyatga ega. Ularning tarixi va rivojlanishi o‘zbek tilining evolyutsiyasi bilan bevosita bog‘liq. Til taraqqiyoti tarixidan ayonki, o‘zbek tili grammatik tuzilmasining, xususan, kelishiklar kategoriyasining o‘rganilishi bir necha bosqichlarda, turli davrlar va ilmiy nuqtayi nazarlar asosida shakllangan. Mazkur jarayonning dastlabki bosqichlarida turli tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlar kelishiklarning morfologik va sintaktik funksiyalarini aniqlashga yo‘naltirilgan. O‘zbek tili morfologiyasi va sintaksisi ilk marotaba ilmiy jihatdan mustaqil fan sifatida Abdurauf Fitrat tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u tomonidan yaratilgan “Sarf” va “Nahv” nomli grammatik qo‘llanmalar 1925–1930-yillar oralig‘ida olti bor nashr qilingan. Keyingi bosqichlarda esa 1932-yilda M. Shamsiyev hamda Sherbak tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili grammatikasi” asari, 1933– 1934-yillarda H. Qayumiy va S. Dolimovlar muallifligidagi “Sarf” va “Nahv” nomli darsliklar chop etilgan. Shu bilan birga, 1938-yilda O. Usmon va B. Azizov tomonidan tuzilgan “Morfologiya” va “Sintaksis” nomli asarlar ham ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan. O‘zbek tilida kelishik kategoriyasining ilk fundamental tahlili A. G‘ulomov tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, uning “O‘zbek tilida kelishiklar” nomli tadqiqoti 1941-yilda nashr etilgan. Ushbu ish o‘zbek tilshunosligida kelishiklar masalasining mustaqil tahlil ob’ekti sifatida shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu kabi ishlar “Oʻzbek tilshunosligida kelishiklarning oʻrganilishi” mavzusini asosli tarzda tavsiflab berish imkonini beradi. O‘zbek tilining morfologiyasi va sintaksisini birinchi marta alohida fan sifatida o‘rgangan Abdurauf Fitrat o‘zining “Tanlangan asarlar” to‘plamining 4-jildida kelishiklarni “to‘ldirg‘ich so‘zlar” deb ataydi. Bunga sabab qilib: “Ega bilan kesimdangina anglashilgan o‘yning kamchiliklarini to‘ldirmoq uchun gapga turli so‘zlar qo‘shiladur. Bu qo‘shilgan so‘zlar ham ega bilan kesimga o‘xshab gapning bo‘laklari bo‘ladur”, – deya kelishiklarga oid o‘z nazariyasini ilgari suradi. “1. tushum, 2. borish, 3. chiqish 4. o‘rin, 5. birgalik, 6. chog‘, 7. nechunlik, 8. nechuklik to‘ldirgichlari”, – deb kelishiklarni sanab o‘tadi. Berilgan misollardan “Ahmad kitobni oldi” gapida tushum to‘ldirgichining semantik holatini Fitrat: “Anglashilgan

Доказательный фрагмент

«This article presents information about the cases in Uzbek linguistics and the hypotheses of linguists in this regard, as well as their genesis.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents information about the cases in Uzbek linguistics and the hypotheses of linguists in this regard, as well as their genesis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
case, hypothesis, "Sarf" and "Nahv", instrumental case, genesis, genezisi., qurol-vosita kelishigi, “Sarf”va “Nahv”, gipoteza, kelishik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники