Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GERARD CLAUSON LUG‘ATIDAGI CHIGʻATOYCHA OTLAR ETIMOLOGIK TAHLILI
Abdiyeva Kumushxon Qurbonboy qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Gerard Clauson tuzgan “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish” asari asosida Chigʻatoy tilidagi otlar grammatik tahlil qilinadi. Tadqiqot 821 ta otga asoslanib, ularning grammatik ko‘rinishlari, semantik yo‘nalishi va til tafakkuridagi o‘rni statistik jihatdan ko‘rsatib beriladi. Chigʻatoy tili – turkiy tillar tarixida muhim oʻrin tutgan yozma adabiy til boʻlib, uning lugʻaviy boyligi, grammatik strukturasi va semantik imkoniyatlari bugungi tilshunoslik uchun muhim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Gerard Clauson tomonidan tuzilgan lugʻat esa bu tilning qadimgi bosqichdagi leksik birikmalarini tizimli tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur maqolada aynan ot so‘z turkumiga mansub birliklar ustida to‘xtalib, ularning grammatik tasnifi statistik tahlil orqali yoritiladi. Tadqiqotda Gerard Clauson lug‘atidan ajratilgan 821 ta chigʻatoycha ot asosida ularning tematik tasnifi, grammatik shakli, semantik yo‘nalishi va sintaktik potensiali tahlil qilinadi. Quyidagi jadval Gerard Clauson lugʻatidagi 821 ta otning grammatik ko‘rinishlarini son va foizlar bo‘yicha ifodalaydi. Statistik tahlil asosida aniqlanishicha, Chigʻatoy tilida narsa otlari (89.77%) mutlaq ustunlikka ega bo‘lib, bu tilning real voqelik – buyum, narsa, ob’yekt - bilan bevosita aloqadorligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, sodda otlarning yuqori ulushi (98.05%) bu tilning ildiz 8 58 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ asosidagi nomlashga tayanishini bildiradi1. Gerard Clauson lugʻatidagi otlarning grammatik guruhlar bo‘yicha ajratilishi - ularning faqat tasnifi emas, balki tarixiy til tafakkurini yorituvchi semantik indikator sifatida ham ko‘riladi. Turk tilshunosligidagi yana bir klassik manba – “Qutadg‘u bilig”da esa bu singulyarlik semantik funksionallik bilan boyitiladi. Masalan, “beg” (rahbar), “el” (xalq), “kuch” (quvvat), “dunyo”, “baxt” kabi otlar real mavjudlik bilan birga mavhumlik semantik chizig‘iga ham ega. Clauson lug‘atida bu kabi otlar 115 ta (14.01%) ni tashkil etadi2. Jumladan, 821 ta ot orasida sodda, yakka va narsa otlari mutlaq ustunlikda boʻlib, bu holat Chigʻatoy tilining nomlash tamoyillarida konkretlik va birlikka asoslangan til tafakkurini ko‘rsatadi. Masalan, 805 ta sodda ot (98.05%) va 795 ta yakka ot (96.83%) mavjud boʻlishi, bu tilning fonetik jihatdan soddalik va singulyarlikka yo‘naltirilganligidan dalolat beradi. Qiyosiy jihatdan, “Devonu lug‘otit-turk”da ham shunga o‘xshash tendensiyalar kuzatiladi — unda ham ko‘plab otlar ildiz shaklida berilgan bo‘lib, masalan, “ot” (miniladigan hayvon), “yol” (yo‘l), “tog‘”, “oy”, “qush” kabi atamalar konkret birlik sifatida ifodalanadi3. Bu mavhum otlar ichida ko‘pincha abstrakt tushunchalar – “baxt”, “izzat”, “shon-sharaf”, “aql”, “ruh”, “qismat” kabi leksik birliklar mavjud boʻlib, ular ko‘proq didaktik, axloqiy-ma’rifiy matnlarda qo‘llanilgan. Ayni choqda, joy nomlari (faqat 5 ta, 0.61%) va shaxs otlari (2 ta, 0.24%) deyarli uchramaydi. Bu esa lug‘atning to‘liq antroponimik yoki toponimik manba emasligini, balki umumlashgan semantik birliklarga urg‘u berganini anglatadi. Turdosh otlar (72 ta, 8.77%) esa sinonimik guruhlar shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, “qilich”, “nayza”, “shamsher” kabi turli turkiy yozma yodgorliklarda sinonimik qatorda keluvchi leksik birliklar Clauson lugʻatida ham uchraydi. Lug‘atda mavjud o‘zbek (chigʻatoycha) leksemalar 10 turdagi tematik guruhlarga ajratilib o‘rganildi. Quyida ayrimlari keltiriladi: 1. Ijtimoiy-siyosiy terminlar: تلا el – “xalq, yurtdoshlar” – bu leksema qadimiy turkiy tillarda umumiy jamiyat, xalq, elatni anglatadi. Til tarixida bu so‘z turkiy xalqlarning siyosiy birlik va madaniy hamjihatligini ifodalovchi asosiy ijtimoiy birlik bo‘lgan. (Clauson, I:140) گب beg – “hokim, boshliq” – turkiy ijtimoiy-siyosiy tizimda yuqori martabali rahbar, harbiy va ma’muriy lavozim. “Beg” unvoni ko‘plab tarixiy shaxslar va hukmdorlar nomiga ulanib kelgan. (Clauson, I:302) تقوط tog‘ri – “adolatli” – boshqaruv va odil hukm mezonini bildiruvchi qadriyat. Bu leksema qadimiy nasihatnoma va falsafiy matnlarda ijtimoiy ideal sifatida talqin qilingan. 2. Harbiy istilohlar: بلا alp – “qahramon” – qadimgi epik dostonlarda uchraydigan, jasoratli, mardona fazilatli jangchi. “Alp” turkiy madaniyatda milliy ideal obrazlardan biridir. ودروا ordu – “lashkar” – ko‘chmanchi jamiyatlardagi harbiy tashkilot, turkiy davlatlar harbiy tizimining asosi. Bu atama zamonaviy turkiy tillarda ham saqlanib qolgan. 1 Clauson, G. (1972). An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish. Oxford: Clarendon Press. 2 Yusuf Xos Hojib. Qutadgʻu bilig. – T.: Fan, 1971. 3 Mahmud al-Koshgʻariy. Dīwān Lughāt at-Turk. – T.: Fan, 1960–1965. 8 59 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 3. Tabiat hodisalari: لشي yel – “shamol” – atmosfera harakati, ko‘chmanchi turkiy xalqla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Gerard Clauson tuzgan “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish” asari asosida Chigʻatoy tilidagi otlar grammatik tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Gerard Clauson tuzgan “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish” asari asosida Chigʻatoy tilidagi otlar grammatik tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gerard clauson, etymological dictionary, dictionary pre-thirteenth-century, pre-thirteenth-century turkish, ularning grammatik, semantik nalishi, clauson lug
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024