К содержанию
РецензированоUZ2025

MOVAROUNNAHR ZAMINIDAN CHIQQAN ILMLAR YULDUZI - MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY SIYMOSI

ZAMAXSHARIY SIYMOSI · Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li · Hikmatova Shaxlo Aslonovna · Kashshof” Al-Azhar

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ko’hna Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan ko’plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul Qosim Zamaxshariy ana shunday ulug’ siymolardan biridir. Kalit so’zlar: Xorazm, “Muqaddimat ul- adab”, Al- Mufassal, Tabariston, Abivard, Jorulloh, Baytulloh(al- Haram),Qohira, Bayrut, Bag’dod, Hijoz, Gurganj, Ibn Vahhos, Al- Kashshof” Al-Azhar, Az-Zamaxshariy, Jorulloh. Xorazm shahri azaldan jahon ilm - fani va ma’daniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma Mahmud az - Zamaxshariydir. Uning to’liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad bo’lib, hijriy 467 sana, rajab oyining yigirma yettinchisida chorshanba kuni 1075- yilning 19-martda Xorazmning yirik qishloqlaridan biri- Zamaxsharda tavallud topgan va shu boisdan ham az - Zamaxshariy nisbasini olgan. Mahmud az- Zamaxshariyning otasi unchalik badavlat bo’lmasada, o’z davrining savodli, taqvodor, diyonatli kishisi bo’lgan. Onasi ham taqvodor va fozila, ma’rifatli ayollardan hisoblangan. Mahmud az-Zamaxshariyning yoshligida bir oyog’i sinib, nogiron bo’lib qoladi va yog’och oyoqda yuradi. Otasi endi og’ir mehnatga yaramaydi, deb uni tikuvchiga shogirdlikka bermoqchi bo’ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand Mahmud otasidan madrasaga o’qishga yuborishini so’raydi. O’g’lidagi ilmga bo’lgan zo’r ixlos va havasni sezgan otasi uni Gurganjdagi madrasaga beradi. U madrasada o’qitiladigan barcha ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy yo’nalishdagi ilmlarni qunt bilan egallashga kirishadi. O’sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallab, o’z tirikchiligini bir qadar o’nglab oladi. Keyinchalik Mahmud az-Zamaxshariy bilimini yanada oshirish maqsadida Buxoroga yo’l oladi. Mashhur olim Abu Mansur as-Saolibiyning (961–1138) iborasi bilan aytganda “Buxoro somoniylar davridan boshlab shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o’z davrining fozil kishilari yig’ilgan (joy) edi”. U Buxoroda tahsilni tugallagach, bir necha yillar Xorazmshohlar xizmatida munshiylik bilan shug’ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha munosib e’tibor ko’rmagach, o’zga yurtlarga safar qiladi. Allomaning o’z davri ilmlarini to’liq egallashga, olimlik darajasiga yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta bo’lgan. Mana shunday ustozlardan biri – til, lug’at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir (1113-yili Marvda vafot etgan). Al- Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan. Bu o’lkada mutaziliylar ta’limotining joriy bo’lishi ham shu al-Isfahoniy nomi bilan bog’liqdir. Mahmud az-Zamaxshariy Bag’dodda shayx ul-islom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Saad ash-Shaqqoniy, Abul Xattab ibn Abul Batar kabi 349 Iyun, 2025-Yil mashhur olimlardan hadis ilmidan saboq oldi. Makkada esa nahv va fiqh bo’yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Yabiriy al-Andalusiy, ash-shayx as-Sadiyd al-Xayyatiy, lug’at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn al-Xadar al-Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o’rgandi. Buyuk alloma hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag’dod va Hijozda yashadi, ikki marta Makkada bo’ldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili sarf va nahvi (grammatikasi) va lug’atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf- odatlarini chuqur o’rgandi, mintaqa jug’rofiyasiga oid qimmatli ma’lumotlarni to’pladi. Biron-bir allomaga nasib etmagan yuksak maqomga — Jorulloh (“Allohning qo’shnisi”) degan laqabga faqat buyuk vatandoshimiz Mahmud az-Zamaxshariy musharraf bo’la olgan. Alloma talay asarlarini Makkadaligida yaratadi. O’sha davrda Mahmud az-Zamaxshariy ko’p vaqtini Baytulloh (al-Haram) da o’tkazib, hamisha uning atrofini adab ilmining toliblari, she’riyat ixlosmandlari o’rab olib, undan saboq olganliklarini arab olimi ash-Shayx Muhammad Abu Zahro alohida ta’kidlab o’tgan. Uning ustozlari-yu shogirdlari turli elat va millatlarga mansub insonlar bo’lgan. Chunonchi, unga bevosita shogird bo’lib olimdan to’g’ridan-to’g’ri saboq olgan shogirdlari Zamaxshardan, Xorazmdan, Tabaristondan, Abivarddan, Samarqanddan, Bag’doddan yoki Damashqdan bo’lib qolmay, balki yetuk asarlari orqali undan saboq olib, o’zini g’oyibona Mahmud az-Zamaxshariyning shogirdiman, deganlar ham musulmon dunyosining turli burchaklarida ko’plab topilardi. Mahmud az- Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib, Xorazmda bir necha yil umrguzaronlik qilib, xastalik tufayli 1144-yil 14-aprelda vafot etadi. Alloma ijodida arab tilshunosligi va grammatikasining turli jihatlariga oid asarlar salmoqli o’rin egallaydi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid “Al- Mufassal” (1121-yil) nomli asarini u Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. “Al-Mufassal” arab tili nahvu sarfini o’rganishda muhim qo’llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G’arbda ham shuhrat topgan asarlardan hisoblanadi. Ko’p

Доказательный фрагмент

«Ko’hna Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan ko’plab buyuk allomalar yetishib chiqqan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ko’hna Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan ko’plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bayrut, Gurganj, Jorulloh., Qohira, Jorulloh, Tabariston, Hijoz, “Muqaddimat ul- adab”, Az-Zamaxshariy, Al-Kashshof” Al-Azhar, Abivard, Al- Mufassal, Ibn Vahhos, Bag’dod, Xorazm, Baytulloh(al- Haram)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники