Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOFT SKILLS” – HAR QANDAY KASBDA KERAKLI KO‘NIKMALAR
Jalgasova Gulshad Kazakbaevna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
В данной статье анализируется роль и значение soft skills - мягких навыков - в конкурентоспособности на современном рынке труда. Несмотря на то, что технических знаний (hard skills) достаточно, такие мягкие навыки, как работа в команде, общение, решение проблем, управление временем, стрессоустойчивость, необходимы для любой профессии. В ходе исследования даются предложения по изучению и развитию этих навыков. Также освещаются эффективные методы формирования soft skills в образовательном процессе. Ключевые слова: Soft skills, soft skills, профессиональное развитие, коммуникация, работа в команде, решение проблем, эмоциональный интеллект, рынок труда, личностное развитие, профессиональные компетенции. Zamonaviy mehnat bozorida faqatgina kasbiy bilimlar yetarli emas. Har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun “soft skills” deb ataluvchi shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar muhim rol o‘ynaydi. Ular insonning boshqalar bilan qanday muloqot qilishini, muammolarni qanday hal qilishini va ish muhitiga qay darajada moslashishini belgilaydi. Soft skills – bu insonning shaxslararo aloqalar, muomala, muammolarni hal etish, jamoada ishlash va boshqaruv bo‘yicha noan’anaviy ko‘nikmalaridir. Ular texnik bilimlardan farqli o‘laroq, deyarli barcha kasblar uchun zarurdir. Asosiy soft skills turlari: 1. Muloqot ko‘nikmalari – aniq, ravon va madaniyatli gapirish, tinglay olish qobiliyati; Zamonaviy jamiyatda har qanday kasb egalari uchun muloqot ko‘nikmalari – muhim hayotiy va kasbiy zarurat hisoblanadi. Bu ko‘nikmalar shaxslararo munosabatlarning poydevori bo‘lib, insonning jamoada, ish joyida yoki kundalik hayotda samarali va sog‘lom aloqalar o‘rnatishiga xizmat qiladi. Muloqot (kommunikatsiya) – bu fikr, his-tuyg‘u, ma’lumot almashinuvi jarayonidir. 2. Muloqot ko‘nikmasining ahamiyati: -Ish joyida to‘g‘ri tushunish va topshiriqlarni aniq bajarish uchun; -Mojarolarni oldini olish 337 Iyun, 2025-Yil va hal qilishda; -Boshqalar bilan sog‘lom va samimiy munosabat qurishda; -O‘z fikrini ochiq va ishonchli ifoda etishda; -Yetakchilik va ta’sir ko‘rsatish salohiyatini oshirishda. 3. O‘quvchilarda muloqot ko‘nikmasini rivojlantirish usullari: -Rol o‘yinlari (“Intervyu berish”, “Bahs-munozara”, “Do‘stga maslahat”); -Guruhli topshiriqlar va muhokamalar; -“Aktiv tinglash” mashqlari; -Noverbal signalni tushunishga oid interaktiv o‘yinlar; -Yozma va og‘zaki nutqni mashq qilish. Muloqot ko‘nikmalari nafaqat bilimli inson bo‘lish, balki ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli shaxs sifatida shakllanish uchun zarur. O‘quvchilar bu ko‘nikmalar orqali o‘z fikrini erkin ifoda eta oladi, do‘stlari va ustozlari bilan sog‘lom aloqa o‘rnatadi va kelajak kasbida muvaffaqiyatga erishish yo‘lini ochadi. 4. Jamoada ishlash – boshqalar bilan kelishib ishlay olish, rollarni to‘g‘ri taqsimlash; Zamonaviy kasb va ta’lim sohalarida jamoada ishlash ko‘nikmasi muvaffaqiyat kalitlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu ko‘nikma – o‘zaro hurmat, faol tinglash, mas’uliyat va maqsadga erishish yo‘lida hamkorlik qilish qobiliyatidir. Jamoada ishlash – bu bir maqsad sari harakat qiluvchi bir necha kishining fikr almashuvi, o‘zaro yordam va kelishuv asosida faoliyat olib borishidir. Bu ko‘nikma nafaqat ish joyida, balki o‘quv jarayonida, ijtimoiy loyihalarda, sportda, hatto oilada ham muhim ahamiyatga ega. Jamoada ishlashning asosiy komponentlari: 1. Faol tinglash va hurmatli munosabat – boshqalarning fikrini qabul qilish; 2. Mas’uliyat va ishtirok – topshiriqqa javobgarlik bilan yondashish; 3. Bahs va muhokama madaniyati – konstruktiv tanqid, kelishuvga erishish; 4. Moslashuvchanlik – turli xarakterdagi insonlar bilan ishlay olish; 5. Ma’lumot va vazifalarni teng taqsimlash – har kim o‘z rolini bilishi. Nega jamoaviy ishlash muhim? -Turli fikrlar bilan boyitilgan yechimlar yaratiladi; - Ish unumdorligi oshadi; -Mojarolarni hal qilish ko‘nikmasi shakllanadi; -Shaxslararo muloqot rivojlanadi; -Yetakchilik va ergashish madaniyati shakllanadi. Jamoaviy ko‘nikmalarni o‘quvchilarda rivojlantirish usullari: -Guruhli loyihalar (taqdimot, minitadqiqot, maktab gazetasi); - Rol o‘yinlari va simulyatsiyalar (“Boshqaruvchi – Xodim”, “Mijoz – Sotuvchi”); - Birgalikda muammoli vazifalarni hal qilish; -Refleksiya (guruhdagi ishtirokini tahlil qilish Jamoaviy ishlash shaxsni hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi, boshqalarni tinglash va ularga ishonch bildirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Har bir o‘quvchi o‘z roli va mas’uliyatini his qilib, kelajak kasbiy faoliyatiga asos yaratadi. Bu ko‘nikma ijtimoiy hayotda ham, kasbiy sohada ham katta foyda keltiradi. 338 Iyun, 2025-Yil 3.Muammoni hal qilish – kreativ yondashuv, tanqidiy fikrlash; Har qanday kasbda yoki hayotiy vaziyatda muammolarga duch kelish tabiiy hol. Eng muhim jihat – bu muammoning o‘zini emas, unga qanday yondashuv bilan yechim topilishini bilishdir. Shu bois, o‘quvchilarda muammoni hal qilish ko‘nikmasi, kreativ fikrlash va tanqidiy tahlil qilish salohiyati alohida ahamiyatga ega. Muammoni hal qilish deganda – yuzaga kelgan vaz
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется роль и значение soft skills - мягких навыков - в конкурентоспособности на современном рынке труда.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется роль и значение soft skills - мягких навыков - в конкурентоспособности на современном рынке труда. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Soft skills, soft skills, профессиональное развитие, коммуникация, muammolarni hal qilish, kommunikatsiya, emosional intellekt, mehnat bozori, professional kompetensiyalar., jamoada ishlash, shaxsiy rivojlanish, kasbiy rivojlanish, yumshoq ko‘nikmalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024