Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ-OVQAT CHIQINDILARI VA ULARNING QAYTA ISHLANISH IMKONIYATLARI
Xurramov Nodir Norboy o‘g‘li · Murodov Diyorxon Ivadulla o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Food waste has become a major environmental and economic issue globally. This paper discusses the types of food waste, their impact on the environment, and the methods for reducing and recycling waste. Special attention is given to innovative recycling technologies and efficient waste management systems. The paper also presents proposals for education, incentives, and economic measures to reduce food waste. Keywords: food waste, recycling, composting, biogas, environment, waste reduction, innovative technologies, ecological impact, waste management, green economy. Dunyo miqyosida oziq-ovqat chiqindilari muammosi har yili tobora jiddiylashib bormoqda. Boshqa barcha chiqindilar kabi oziq-ovqat chiqindilari ham ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelmoqda. Biroq, oziq-ovqat isrofi, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi va 8 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ resurslarning kamayishi davrida, tobora muhim masalaga aylanib bormoqda. Jahon iqtisodiyoti va ekologik tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni inobatga olgan holda, oziq-ovqat chiqindilarining qanday boshqarilishi va qayta ishlanishi global darajada barqaror rivojlanishga, ijtimoiy tenglikka va ekologik xavfsizlikka xizmat qilishi zarur.Oziq-ovqat chiqindilari – bu ishlab chiqarilgan va iste’mol qilinmagan, odatda iste’molga yaroqsiz deb hisoblangan oziq- ovqat mahsulotlari. Ushbu chiqindilar turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: texnologik nosozliklar, noto‘g‘ri saqlash, iste’moldagi isrofgarchilik, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat tizimlaridagi samaradorlikni yo‘qotishlar. FAO (BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti)ning 2021-yilgi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 1.3 milliard tonna oziq-ovqat chiqindilari yuzaga keladi. Bu, umuman olganda, ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismini tashkil etadi.Bunday ulkan miqdordagi oziq-ovqat chiqindilari o‘z navbatida iqlim o‘zgarishini tezlashtiradi. Chiqindilarni boshqarishning noto‘g‘ri usullari – ya'ni ularning to‘g‘ri qayta ishlanmasligi yoki kompostlanmasligi – atmosferaga metan gazlarini chiqarishga olib keladi. Metan, o‘z navbatida, karbon dioksidga qaraganda 28-36 marta kuchliroq issiqxona gazi hisoblanadi. Oziq-ovqat chiqindilarining parchalanishi natijasida havoga chiqariladigan metan gazining ko‘pligi iqlim o‘zgarishini kuchaytiradi va ekologik muvozanatni buzadi.Bundan tashqari, oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan tabiiy resurslar, shu jumladan, suv va yer kabi qiymatli resurslar isrof bo‘ladi. Misol uchun, bitta kilogramm go‘sht ishlab chiqarish uchun taxminan 15 000 litr suv sarflanadi. Shunday qilib, oziq-ovqat isrofi nafaqat iqlim o‘zgarishiga, balki global suv tanqisligi va erlarni eskirishi kabi muammolarga ham olib keladi.O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilari global miqyosdagi muammo bilan o‘xshash holatda kuzatilmoqda. O‘zbekistonning aholisi yildan-yilga o‘sib borayotgan bir paytda, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ham kengaymoqda. Ammo, shu bilan birga, oziq-ovqat isrofi va chiqindilar ham oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining 2020-yilgi hisobotiga ko‘ra, mamlakatda yillik oziq-ovqat isrofi miqdori bir necha million tonnaga yetmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida hosilning katta qismining chiqindiga aylanib ketishi ekologik barqarorlikni ta'minlashda jiddiy to‘siqlar yaratmoqda.O‘zbekistonda oziq-ovqat isrofi va chiqindilarni qayta ishlash tizimi hali ham nisbatan yangi va rivojlanayotgan bosqichda. Mahalliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat chiqindilari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun bir qator tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo bu sohada ko‘plab qiyinchiliklar mavjud. Xususan, oziq-ovqat chiqindilarini ajratish va qayta ishlash tizimi yetarlicha rivojlanmagan va ko‘plab joylarda bu jarayon to‘liq amalga oshirilmayapti.Oziq-ovqat chiqindilarining ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri ham jiddiy ahamiyatga ega. Birinchidan, oziq-ovqat isrofi iqtisodiy yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi, chunki ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslar (ishlab chiqarish, transport, marketing, va h.k.) zarar ketgan mahsulotlar uchun isrof bo‘ladi. Oziq-ovqat chiqindilari ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta muammo bo‘lib, ular o‘z aholisi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlarni yetkazib berishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.Ikkinchidan, oziq-ovqat chiqindilari global ocharchilik muammosining salbiy ta'sirini kuchaytiradi. Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoning eng kambag‘al hududlarida oziq-ovqat etishmasligi va ocharchilikning yuqori darajasi hali ham mavjud. Oziq-ovqat isrofi va ularning isrof bo‘lishi – bu resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishining ko‘rsatkichidir. 8 40 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oziq-ovqat chiqindilari — bu insonlarning iste’moliga yaroqsiz bo‘lgan yoki ishlab chiqarish jarayonida
Доказательный фрагмент
«Food waste has become a major environmental and economic issue globally.»
Образец извлечения
Демо-превьюFood waste has become a major environmental and economic issue globally. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- food waste, recycling, composting, biogas, environment, waste reduction, kompostlash, isroflarni kamaytirish, atrof-muhit, chiqindilarni boshqarish, yashil iqtisodiyot., oziq-ovqat chiqindilari, biogaz, qayta ishlash, innovatsion texnologiyalar, ekologik ta'sir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025