К содержанию
РецензированоUZ2025

XORAZM VILOYATI TARIXI: TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA MADANIY MEROSI

Iqbolxon Hamzayeva

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada Xorazm viloyatining qadimgi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari haqida kengroq ma’lumot berilib o’tilgan. Qadimgi Xorazm madaniyati, antik va o‘rta asr davlatlari, Xorazmshohlar davri, Xiva xonligi va XX asrda yuz bergan ijtimoiy o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Xorazmning bugungi kundagi iqtisodiy va madaniy rivojlanishi, turizm sohasidagi yutuqlari ham o‘rganilgan. Maqola davomida tarixiy voqealarga asoslangan holda, Xorazm viloyatining O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va uning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan Kalit so‘zlar: Xorazm, qadimgi madaniyat, davlat tuzilmalari, islom davri, Xiva xonligi, Sovet davri, mustaqillik, madaniy meros, turizm. Xorazm – Markaziy Osiyoning eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo‘lib, uning tarixi ming yilliklarni qamrab olgan. Ushbu hududda qadimgi davrlardan boshlab, dehqonchilik madaniyati, irrigatsiya tizimlari va savdo-sotiq aloqalari yaxshi rivojlangan. Xorazm geografik jihatdan Amudaryo bo‘yida joylashgani sababli, uning aholisi asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Xorazmning eng qadimgi tarixi mezolit (miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar) va neolit (miloddan avvalgi 7-4 ming yilliklar) davrlariga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, bu hududda dastlabki odamlar ovchilik va yig‘uvchilik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik dehqonchilik rivojlanib, doimiy turar-joylar vujudga kelgan. Xorazmning eng qadimgi aholisi Amudaryo sohillarida sug‘orish tizimlarini rivojlantirib, don ekinlari yetishtira boshlagan. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm mustaqil davlat sifatida shakllandi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, bu hudud avval Axomaniylar imperiyasi tarkibida bo‘lib, keyinchalik o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. O‘sha davrda Xorazmda sug‘orish tizimlari jadal rivojlanib, savdo aloqalari kengaygan. Bu hudud Buyuk Ipak yo‘lining muhim nuqtalaridan biri bo‘lib, Xitoy va Yaqin Sharq o‘rtasidagi savdo yo‘llarida joylashgan bo’lgan. Xorazmshohlar davri XII-XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davr Xorazm tarixidagi eng yorqin bosqichlardan biri bo‘lib, ayniqsa, Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) hukmronligi davrida Xorazm yirik imperiyaga aylangan. Bu davlat hududi bugungi O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston va Pokistonning ayrim qismlarini o‘z ichiga olgan. Biroq 1220-yilda Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar Xorazmga bostirib kirgan. Mo‘g‘ullar istilosi natijasida Ko‘hna Urganch kabi yirik shaharlar butunlay vayron qilingan, aholi qirg‘inbarotga uchragan va sug‘orish tizimlari mutlaqo izdan chiqqan. Bu bosqin Xorazm tarixida katta tanazzulga yuz tutgan va hudud uzoq vaqt davomida iqtisodiy tiklanish jarayonini boshdan kechirgan. 8 25 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ XVI asrda Xorazmda Xiva xonligi tashkil topdi. Dastlab, bu davlat Shayboniylar sulolasi tarkibida bo‘lgan va keyinchalik Qo‘ng‘irot sulolasi tomonidan mustaqil boshqarilgan. Xiva xonligi o‘zining ijtimoiy-siyosiy tizimi, qattiq markazlashgan boshqaruvi va harbiy islohotlari bilan ajralib turgan. Xiva shahri bu davr mobaynida yirik madaniy va ilmiy markaziga aylandi. Xonlikda shariat qonunlari asosida boshqaruv olib borilib, dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlandi. Shu davrda barpo etilgan Ichan-Qal’a majmuasi hozirgi kunda Yuneskoning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni bosib olish siyosatini kuchaytirdi. 1873-yilda Xiva xonligi Rossiya protektoratiga aylantirildi va xonlar Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilina boshladi. Bu davrda Xorazmda yangi infratuzilmalar qurildi, lekin mahalliy aholining iqtisodiy huquqlari cheklangan edi. 1917-yilda Oktyabr inqilobidan so‘ng, 1920-yilda Xiva xonligi tugatilib, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etildi. 1924-yilda esa Xorazm O‘zbekiston SSR tarkibiga qo‘shildi. Sovet davrida qishloq xo‘jaligi kollektivlashtirildi, sanoat rivojlandi va irrigatsiya tizimlari kengaytirildi. Biroq bu davrda mahalliy an’analarning yo‘qolishi va qatag‘onlar kuzatildi. 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Xorazm viloyati ham yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi. Bugungi kunda Xiva shahri O‘zbekistonning eng yirik sayyohlik markazlaridan biri bo‘lib, viloyat iqtisodiy rivojlanishda yetakchi hududlardan biri hisoblanadi. Xorazm viloyati uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan bo‘lib, uning qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan jarayonlari Markaziy Osiyoning umumiy tarixiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. Bugungi kunda Xorazm viloyati o‘zining boy madaniy merosi va iqtisodiy yutuqlari bilan O‘zbekiston taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada Xorazm viloyatining qadimgi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari haqida kengroq ma’lumot berilib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada Xorazm viloyatining qadimgi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari haqida kengroq ma’lumot berilib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qadimgi madaniyat, Sovet davri, turizm., davlat tuzilmalari, islom davri, Xiva xonligi, mustaqillik, Xorazm, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники