Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERTAK TERAPIYA ORQALI BOLALARDA HISSIY-IRODAVIY HOLATLARNI BOSHQARISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
BOSHQARISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH · Sarqıtbaeva Durdana Bazarbay qızı
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
В воспитании молодого поколения образованными, мудрыми и нравственными роль очень важна. Сказка для ребёнка - скорее нравственное учение и наставление .Эта статья рассказывает о том, как сказки влияют на детскую психологию. Ключевые слова: сказочная терапия, развитие ребенка, психологическая безопасность, духовность, сказка, метафора, терапия, дети школьного возраста. Ertak terapiyasi atrof-muhitni ijodiy bilishga asoslangan art-terapiya sohalaridan biridir. U o‘zida pedagogika, falsafa, psixologiya va tibbiyotni o‘zida mujassam etgan. Ertak terapiyasi - bu hikoya qilish yoki ertak o‘qish orqali terapiya. U uyg'unlik holatini tiklashga qaratilgan va o'smirning psixofizik muvozanatini yaxshilashga yordam berishi aytilgan (Czernianin, 2019). U bilan ishlashning tashkiliy shakli ertak terapevtik vaziyatda tuzatuvchi harakatlarni o'z ichiga oladi, shuning uchun bu jihatdan u musiqa terapiyasi, drama terapiyasi va boshqalardan farq qilmaydi. Boshqa xolatlarda ham, masalan, maxsus ta'lim, logopediya, lingvistikada qo'llanilishi mumkin. Ertak terapiyasi isbotlangan, tizimli va qasddan qilingan shaklli faoliyatdir. Ertak terapiyasini maktablardagi tuzatuvchi va kompensatsion mashg'ulotlar bilan taqqoslash mumkin. Ularning umumiy xususiyati bolaning terapevt bilan, talaba - o'qituvchi yoki bolaning ota-ona bilan o'zaro munosabatida namoyon bo’ladi. Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda va ko‘ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakillantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo‘lib bormoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor berib borilsa, u o‘zining katta samarasini beradi.Bolalarimizda kitobga mehr, ishtiyoq uyg‘otish uchun, avvalo, o‘zimiz unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz lozim. Adabiyotga mehr qo‘yishning o‘zida bir hikmat bor. Ertaklar aqlga ham, yurakka ham faol ta’sir ko‘rsatadi: aqlni to‘ldiradi, yurakni hissiyotchan qiladi. Barchamiz bolalarimizning jasur va intiluvchan, diyonatli, e’tiqodli, aqlli bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Buning uchun esa, uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan, aqliy salohiyatini o‘stiradigan ertaklardan foydalansak bo‘ladi.Ertakterapiya atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatni mukammallashtirish hamda emotsional buzilishlarni to‘g‘rilashda foylaniladigan usuldir. Ertaklar bolaga umid beradi. Bola qanchalik Yangi yil kechasi sovg‘a olib keladigan Qorboboga ishonsa, u shunchalik hayotga optimist ko‘z bilan qaraydi. Ertaklar orqali biz 321 Iyun, 2025-Yil bolani tarbilaymiz, uning ichki dunyosini boyitamiz, qalbini davolaymiz, hayot haqida bilim beramiz, xayolini o‘stiramiz. Haqiqiy ertakning asosiy belgisi bu - uning yaxshilik bilan tugashidir. Bu bolaga psixologik himoyalanganlik tuyg‘usini beradi. Ertaklarda nimaiki sodir bo‘lmasin,yaxshilik bilanyakun topadi, ertak qahramonlarining boshiga tushgan barcha sinovlar ularni yanada kuchli va aqlli qiladi. Boshqa tomondan, bola yomon xatti-harakatlarni amalga oshirgan qahramonlarning, albatta, qilmishlariga yarasha jazo olishlarini ko‘radi. Barcha sinovlardan mufaqqiyatli o‘tgan, o‘zining barcha ijobiy hislatlarini namoyon qilgan qahramonlarning esa albatta mukofotlanishiga amin bo‘ladi. Ana shunda hayotning asosiy qonuni yaqqol ko‘rinadi: Sen hayotga qanday munosabatda bo‘lsang, u ham senga shunday javob qaytaradi. Ertaklarga o‘z ijodida jahon psixologlaridan E.Fromm, E.Bern, E.Gordner, I.V.Vajkov, M.Osorina, E.Lisina kabi psixologlar murojaat qilganlar. Ertaklardan bolalar adolat va adolatsizlik haqida o‘zlarining ilk tasavvuriga ega bo‘ladilar. Ertak bolaning murakkab hayotiy muammolarini hal qilish usullarini ongida saqlab qolishga va qayg‘urishga majbur qiladi. Bunda hayotga qarama- qarshi kuchlarning to‘qnash kelishi va ularni hal qilish borasidagi tajriba ortib boradi hamda ijodiy tasavvur rivojlanadi. Aynan xotira bilan uyg‘unlashgan tasavvur bolaga hayotda shu kabi muammolarga duch kelganda qisqa vaqt ichida to‘g‘ri va samarali yechimni topishga imkon beradi. Ertak esa qahramonlarning xatti-harakatlarini misli ko‘rilmagan holatlarda aks ettiruvchi, ammo bolaning xotirasi va ongiga eng asosiy, ba’zan esa ilojsizdek tuyulgan, qiyin holatlarning ham baribir yechimi bor, degan tushunchani singdiruvchi hayotning o‘zidir. Hayotda boshi berk ko‘chalar bo‘lmaydi. Ko‘pincha inson shunchaki, ulardan chiqib ketishga tayyor bo‘lmaydi. Ertakterapiya bolaga nima beradi? 1. Ertakterapiya yordamida xayol, ijodiy tasavvur rivojlanadi, ko‘ngil xotirjamligiga erishiladi. 2. Bola o‘zgalar xatti-harakatlarini tahlil qilishni va bu bilimlarini o‘z xatti-harakatlarida qo‘llashni o‘rganadi. 3. Guruhdagi muloqot orqali ishtirokchilar o‘rtasida kommunikativ aloqa o‘rnatiladi. 4. Ertakterapiya kattalarga ham o‘z fobiya, qo‘rquvlarini yengishga yordam beradi, ulardagi agressivlik va xavotirlikni kamaytiradi. Ertaklar orqali biz bola qalbidagi muammolarni ochishimiz va yechishimiz mumkin. Bunday ertaklar terapevtik ertaklar deb noml
Доказательный фрагмент
«В воспитании молодого поколения образованными, мудрыми и нравственными роль очень важна.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ воспитании молодого поколения образованными, мудрыми и нравственными роль очень важна. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- сказочная терапия, развитие ребенка, психологическая, ertak, bola rivojlanishi, ertak terapiyasi, metafora, ma’naviyat, psixologik xavfsizlik, terapiya, maktab yoshidagi bolalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014