К содержанию
РецензированоUZ2025

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILAYOTGAN HUQUQBUZARLIKLARNING SABABLARI

HUQUQBUZARLIKLARNING SABABLARI · Usmonova Bonuxon Qahramon qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

mazkur tezisda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, xususan, raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan kiber jinoyatchilik holatlari yoritib berilgan. Xususan, zamonaviy internet muhitining voyaga yetmaganlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri, ota-onalar va pedagoglarning nazorati, shuningdek, qonunchilikdagi bo‘shliqlar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlarning voyaga yetmaganlar orasida kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tajribalari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar, huquqbuzarlik, kiber jinoyat, internet xavfsizligi, raqamli huquqbuzarlik, ota-ona nazorati, kiber huquq, profilaktika, ommaviy axborot vositalari. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha jabhalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yosh avlod - voyaga yetmaganlar uchun internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli aloqa vositalari hayot tarziga aylangan. Shu bilan birga, bu imkoniyatlar ayrim xavf-xatarlarni, xususan, huquqbuzarliklar, jinoyatga moyillik va axloqiy buzulishlar shaklida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar orasida an’anaviy jinoyatlar bilan bir qatorda raqamli makon orqali sodir etiladigan kiber jinoyatlar - masalan, kiber zo‘ravonlik, firibgarlik, soxta akkauntlar yaratish, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish kabi holatlar ham uchramoqda. Bu esa huquqiy, psixologik va ijtimoiy jihatdan chuqur tahlilni talab qiladi. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi - bu 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan amaldagi qonunlarga zid ravishda sodir etilgan ijtimoiy xavfli, huquqiy javobgarlikni yuzaga keltiradigan harakatlardir. Bunday harakatlar jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik yoki axloqiy normalarga zid xatti- harakatlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Kriminolog olim S. V. Borodin “Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi - bu ijtimoiy nazorat mexanizmlarining zaiflashuvi, tarbiya va ijtimoiylashtirish tizimlarining yetarli darajada ishlamasligi natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-huquqiy hodisadir”.1 Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa tegishli organlar statistik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar sonida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Ayniqsa, raqamli jinoyatlar bo‘yicha yoshlar orasida firibgarlik va kiber zo‘ravonlik holatlari ortib bormoqda. Bunday holatlarning 60% dan ortig‘i ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelmoqda. Voyaga yetmaganlar orasida uchraydigan kiber jinoyatlarni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: 1 Bartollas, C., Schmalleger, F., & Turner, M. G. (1985). Juvenile delinquency. Wiley. 277 Iyun, 2025-Yil Axborot texnologiyalarining haddan tashqari ochiqligi - ko‘pchilik ota-onalar tomonidan bolalarning internetdagi faolligini nazorat qilinmasligi; Oila va maktabning yetarli tarbiyaviy yondashuvining yo‘qligi; Internetda anonimlik - yoshlar o‘z shaxsini yashirib, har qanday harakatni amalga oshirish mumkin deb hisoblashadi; Yoshga mos bo‘lmagan kontentga erkin kirish - YouTube, TikTok, Telegram, Instagram kabi platformalarda yoshga oid cheklovlar zaif nazorat qilinadi. AQSHda Kiber jinoyatlarga qarshi maxsus qonunlar: Voyaga yetmaganlar uchun internetdagi harakatlar, shu jumladan kiber zo‘ravonlik (cyberbullying) bo‘yicha alohida qonunlar mavjud (masalan, “Children’s Online Privacy Protection Act” - COPPA). Maktablar darajasida raqamli madaniyatni o‘rgatish: Har bir shtatda maktab o‘quvchilariga internetdagi xavf-xatarlar, axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha majburiy darslar joriy qilingan. Onlayn nazorat vositalari: Ota-onalarga farzandlarining internetdagi faoliyatini kuzatish imkonini beruvchi dasturlar ishlab chiqilgan (Net Nanny, Bark, Qustodio kabi).2 Voyaga yetmaganlar sud tizimi: Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar uchun alohida sud tizimi mavjud bo‘lib, ularda jazolashdan ko‘ra, tuzatish va qayta ijtimoiylashtirishga urg‘u beriladi. Germaniyada yoshlar jinoyatchiligiga qarshi quyidagilar amalga oshiriladi: Jinoyat-preventiv markazlar: Har bir hududda bolalar va o‘smirlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar faoliyat yuritadi. Raqamli tarbiya: “Medienkompetenz” dasturi orqali maktab o‘quvchilari raqamli savodxonlik va mas’uliyatli internetdan foydalanishga o‘rgatiladi. Internetdagi noqonuniy kontentga qarshi kurash: Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiluvchi qonun (NetzDG) asosida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi zararli kontentlarni tarqatganlarga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llaniladi.3 Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar - jamiyatning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, ma’naviy va tarbiyaviy masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi huquqbuzarliklarning asosiy sabablari oila muhit

Доказательный фрагмент

«mazkur tezisda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, xususan, raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan kiber jinoyatchilik holatlari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur tezisda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, xususan, raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan kiber jinoyatchilik holatlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ota-ona nazorati, kiber jinoyat, raqamli huquqbuzarlik, voyaga yetmaganlar, profilaktika, huquqbuzarlik, internet xavfsizligi, kiber huquq, ommaviy axborot vositalari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники