К содержанию
РецензированоRU2025

KASB TANLASHDA SHAXSIY QIZIQISH VA IQTIDORNING O‘RNI

NEW RENAISSANCE · Jalgasova Gulshad Kazakbaevna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

В данном тезисе рассматривается важность выявления личных интересов и способностей учащихся в процессе выбора профессии. Освещены вопросы психологических подходов, диагностических средств и педагогической поддержки, направленных на осознанный выбор будущей профессии у молодежи. Также даны рекомендации по предотвращению ошибок при определении профессионального направления. Ключевые слова: выбор профессии, интерес, талант, личность, психологический подход, ориентация. Yoshlarning kasb tanlovi ularning kelgusi hayot sifati, ijtimoiy moslashuvi va professional muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Afsuski, ko‘pchilik o‘quvchilar kasb tanlashda o‘zlarining individual imkoniyatlari, qiziqishlari va iqtidorlarini chuqur o‘rganmagan bo‘ladi. Kasbiy yo‘nalishda to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun shaxsning quyidagi jihatlari hisobga olinishi lozim: -Qiziqishlar doirasi – o‘quvchi nimaga ishtiyoqmand? Qiziqishlar – bu insonni biror faoliyatga, soha yoki mashg‘ulotga ongli ravishda tortuvchi ichki ehtiyojdir. O‘quvchi o‘ziga yoqadigan, ishtiyoq bilan shug‘ullanuvchi faoliyat turlariga nisbatan kuchli ichki qiziqishga ega bo‘ladi. Bu esa uning kasb tanlash jarayonida yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashda muhim omil hisoblanadi. Misol uchun: -Texnika, mexanizmlar bilan shug‘ullanishni yoqtiradigan o‘quvchi – muhandislik sohasiga moyil bo‘lishi mumkin. -Insonlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radiganlar – psixologiya, pedagogika, tibbiyot kabi sohalarga mos keladi. -Rassomlik, dizayn yoki musiqa bilan shug‘ullanishni yoqtiradiganlar – ijodiy kasblarga yaqin bo‘ladi. Qiziqishlarni aniqlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:  So‘rovnomalar (masalan, Holland testi,)  Kasbiy yo‘nalish bo‘yicha savolnomalar  O‘quvchining bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi tahlili  O‘qituvchi, ota-ona va psixolog kuzatuvlari 384 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 Qiziqishlar o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘quvchi o‘zini sinab ko‘rishi, turli faoliyat turlarida ishtirok etishi orqali o‘z yo‘nalishini aniqlashtiradi. Muammo shundaki, ayrim o‘quvchilar o‘z qiziqishlarini to‘liq anglab yetmagan bo‘ladi. Shuning uchun maktab davridayoq kasbga yo‘naltiruvchi ishlar boshlanishi zarur. Iqtidor va salohiyat – qaysi sohada tabiiy qobiliyatlar mavjud? Iqtidor – bu insonning muayyan faoliyat turida yuqori natijalarga erishish imkonini beradigan tabiiy qobiliyatlar majmuasidir. Salohiyat esa bu iqtidorni rivojlantirish va unga mos faoliyatda muvaffaqiyatga erishish imkonini bildiradi. Har bir o‘quvchi tug‘ma yoki erta yoshda shakllanadigan turli sohalarga oid iqtidorga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: -Matematik salohiyat – raqamlar bilan ishlash, mantiqiy fikrlash qobiliyati kuchli bo‘lgan o‘quvchilar uchun muhandislik, informatika, iqtisod sohalari mos keladi. -Til va muloqot qobiliyati – nutqi ravon, til o‘rganishga qiziqqan, tushuntira oladigan o‘quvchilar pedagogika, jurnalistika, tarjimonlik kabi kasblarda muvaffaqiyatli bo‘lishadi. -Ijodiy iqtidor – musiqaga, rasmga, drama yoki yozuvga moyillik – san’at, dizayn, arxitektura kabi yo‘nalishlarga mos keladi. -Jismoniy salohiyat – sport, harakatli mashg‘ulotlarga moyillik – sportchi, harbiy, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lish imkonini beradi. -Texnik iqtidor – qurish, mexanizmlarni tushunish, tajriba qilishga qiziqish – muhandislik, texnologiya sohalarida foydali bo‘ladi. -Insonlar bilan ishlashga moyillik – mehribonlik, boshqalarga yordam berish ishtiyoqi – tibbiyot, psixologiya, ijtimoiy sohalarda talab etiladi. Iqtidorni aniqlash uchun foydalaniladigan usullar:  Psixologik testlar (masalan, "IQ", "Kattell", "Raven", testlari)  Ijodiy topshiriqlar va kuzatuvlar  O‘qituvchilarning tavsiyalari  Foydali mashg‘ulotlar (to‘garaklar, amaliy ishlar) O‘quvchi iqtidorini erta aniqlash, uni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali u o‘z kasb tanlovida ongli va muvaffaqiyatli yo‘l tutadi. Motivatsion omillar – kasbga nisbatan ichki ehtiyoj va maqsadlar Motivatsiya – bu insonni harakatga undovchi ichki turtki, ya’ni maqsad sari intilishdir. Kasb tanlashda motivatsiya o‘quvchining shaxsiy qiziqishi, hayotiy orzusi va o‘z kasbida o‘zini ko‘ra bilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki motivatsiya – bu o‘quvchining biror faoliyatni o‘z ixtiyori, zavqi, maqsadi asosida tanlashi. Tashqi motivatsiya esa – bu atrofdagilarning bosimi, ijtimoiy maqom, moddiy foyda yoki ota- onaning talabiga binoan kasb tanlashdir. Ichki motivatsiyaning belgilariga quyidagilar kiradi: O‘quvchi kasbni zavq bilan tanlaydi, Ishga bo‘lgan ishtiyoq yuqori bo‘ladi, Mustaqil ravishda maqsad qo‘yadi, Faoliyatdan qoniqish hosil qiladi Kasb tanlashdagi motivatsion maqsadlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: O‘z orzularini amalga oshirish (masalan: “shifokor bo‘lishni orzu qilaman”), 385 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 Jamiyatga foyda keltirish (masalan: “insonlarga yordam berish uchun psixolog bo‘lmoqchiman”)

Доказательный фрагмент

«В данном тезисе рассматривается важность выявления личных интересов и способностей учащихся в процессе выбора профессии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данном тезисе рассматривается важность выявления личных интересов и способностей учащихся в процессе выбора профессии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
выбор профессии, интерес, талант, личность, психологический, yo‘naltirish., iqtidor, kasb tanlovi, shaxs, qiziqish, psixologik yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники