Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLARDA BOLALARNI RAQAMLI XAVFLARDAN HIMOYA QILISH TAJRIBASI
NEW RENAISSANCE · Usmonova Bonuxon Qahramon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda kiberjinoyatlar, ayniqsa voyaga yetmaganlardagi kiberbulling va boshqa maqsadli rejalashtirish-xatarlar tahlil qilingan. O'zbekiston qonunchiligi hamda boshqa davlatlar (Germaniya, Belgiya, Belgiya, Angliya, Rossiya) solishtirib o'rganilgan. Bundan tashqari, voyaga voyagalarni himoya qilish, ularga nisbatan xavfsizlik va profilaktika choralariga e'tibor qaratish mumimligi ko’rsatilingan. Kalit so‘zlar: kiberjinoyatchilik, kiberbulling, raqamli xavfsizlik, jinoyat javobgarligi, huquqiy maqom, bolalar huquqlari, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, sud-huquq tizimi, axborot texnologiyalari, tarbiyaviy choralar, psixologik yordam, ijtimoiy moslashtirish, reabilitatsiya choralari, internet xavflari. Globallashuv jarayonida Internet axborot makoni nafaqat ijtimoiy aloqalarni kengaytirish va bilim olish vositasi, balki huquqbuzarliklarning ham yangi shakllari yuzaga keladigan platformaga aylangan. Xususan, voyaga yetmaganlar orasida kiberjinoyatlar yoki Internet orqali sodir etiladigan boshqa huquqbuzarliklar sonining ortib borishi bugungi kunda jiddiy ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Bunday huquqbuzarliklar nafaqat jinoyat sodir etgan shaxsga, balki jamiyatga, axloqiy qadriyatlarga, yoshlarning psixologik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston singari aholisi tez sur’atlarda raqamli dunyoga integratsiyalashayotgan davlatda bu muammoga jiddiy e’tibor qaratilishi zarur. Bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda: bu kiberbulling (onlayn tahdid, haqorat), pornografik materiallarga kirish yoki ularni tarqatish, noqonuniy kontentga jalb etilish, boshqalarning shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy olish, onlayn firibgarlik va hatto ekstremistik g‘oyalarga ta’sirlanish holatlarigacha boradi. Yoshlar, xususan voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish nafaqat O‘zbekiston Respublikasining ichki siyosatida, balki xalqaro miqyosda ham ustuvor va umumiy tan olingan maqsadlardan biri hisoblanadi. Tadqiqotchi Sh.A. Sayfullayev o‘zining magistrlik dissertatsiyasida qayd etganidek, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi, boshqa suveren davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan1. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda bir qator huquqiy asoslar, institutsional mexanizmlar va maxsus tizimlar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Jumladan, davlat siyosatida voyaga yetmaganlarga oid jinoyat huquqi normalarini liberallashtirish, ya’ni jinoyat kodeksining tegishli moddalari doirasida ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni qo‘llash, ularni jazodan ozod etish va ijtimoiy reabilitatsiyani kuchaytirish kabi yondashuvlar 1 Sh. A. Sayfullayev. “Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish instituti: Qiyosiy-Huquqiy Tahlil” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya Ishi. Toshkent – 2022. 348 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shuningdek, jinoyat qonunchiligida mavjud yondashuvlar voyaga yetmagan shaxslarni jazo obyekti sifatida emas, balki ijtimoiy reabilitatsiyaning muhim subyekti sifatida ko‘rishga yo‘naltirilgan. Tadqiqotchi Sh. Pulatovaning fikricha, voyaga yetmaganlarni ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida saqlash ularning ijtimoiy holatiga, ruhiy salomatligiga va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, og‘ir jinoyat sodir etgan yoki jinoyatga moyil tengdoshlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning ruhiyatiga yanada salbiy ta’sir o‘tkazadi2. Shu sababli, voyaga yetmaganlar uchun belgilangan jazo turi faqat jazolash maqsadiga xizmat qilmasligi, balki tarbiyaviy va ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Yengilroq jazo turi sifatida qo‘llanilayotgan ozodlikdan cheklash chorasi esa, ba’zan “jinoiy hayotga kirish eshigini ochuvchi” omil sifatida emas, balki voyaga yetmagan shaxsni real hayotga tayyorlovchi va uni ijtimoiy muhitga qayta moslashtiruvchi bir maktab vazifasini bajarishi zarur. Bu boradagi xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab rivojlangan mamlakatlar jinoyat qonunchiligida jazolash emas, balki reabilitatsiya va ijtimoiy integratsiyani asosiy maqsad sifatida belgilagan. Shu munosabat bilan, xorijiy tajribani chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga ijobiy jihatlarini moslashtirilgan holda tadbiq etish dolzarb vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, Germaniya Jinoyat kodeksida o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan subyektlar sifatida belgilangan3. “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sudlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning javobgarligi shaxsning rivojlanish dara
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda kiberjinoyatlar, ayniqsa voyaga yetmaganlardagi kiberbulling va boshqa maqsadli rejalashtirish-xatarlar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda kiberjinoyatlar, ayniqsa voyaga yetmaganlardagi kiberbulling va boshqa maqsadli rejalashtirish-xatarlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli xavfsizlik, bolalar huquqlari, tarbiyaviy choralar, psixologik yordam, huquqiy maqom, kiberjinoyatchilik, kiberbulling, ijtimoiy moslashtirish, sud-huquq tizimi, axborot texnologiyalari, reabilitatsiya choralari, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, jinoyat javobgarligi, internet xavflari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014