К содержанию
РецензированоUZ2026

KLINIK TERMINLARNING YASALISHIDA LOTIN TILINING AHAMIYATI

Kaxorova Muhabat Askaraliyevna

Современная наука и исследования · 2 · 159-161 · 2026

Аннотация

Klinik terminlarning yasalishida lotin tilining morfologik imkoniyatlari markaziy o‘rin tutadi. Lotin tilidagi prefikslar, suffikslar va negizlar asosida yasalgan atamalar tibbiy ma’lumotni aniqlik va qisqalik bilan ifodalashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: qiyinchilik ko'nikmalari, analitik usullar, strategiyaga asoslangan ta'lim, klinik atamashunoslik, fonetik va morfologik tushunchalar. Kirish. Tibbiyot fanining jadal rivojlanishi tibbiy atamalar- klinik terminlarning aniqligi, tushunarli va xalqaro standartlarga mos bo‘lishini talab etadi. Tibbiy terminologiyaning asosiy qismini tashkil etuvchi lotin tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu til tibbiyot sohasidagi ilmiy muloqot, ta’lim, klinik amaliyot va farmatsevtika sanoatida asosiy aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Lotin tili - qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili bo‘lib, ilk asrlardan boshlab ilm-fan, din, huquq va tibbiyotda asosiy yozuv va muloqot vositasi bo‘lgan. Ayniqsa, tibbiyot sohasida lotin tilining roli nihoyatda muhim bo‘lib, bu til nafaqat tarixiy meros, balki zamonaviy tibbiy terminologiyaning shakllanishida ham negiziy o‘rin tutadi. Lotin tilining tibbiyotdagi ahamiyatini tushunish uchun, avvalo qadimgi yunon va Rim tibbiyot maktablarining o‘zaro aloqasini e’tiborga olish kerak. Yunon tabiblari - Gippokrat (Hippocrates) va undan keyingi olimlar -birinchi bo‘lib tibbiyot fanini nazariy asoslar bilan boyitgan bo‘lsalar, Rim tabiblari, xususan, Galen (Claudius Galenus), ushbu bilimlarni lotin tilida tizimlashtirgan. Galen asarlarining ko‘pchiligi yunon tilida yozilgan bo‘lsa-da, keyinchalik ular lotinchaga tarjima qilinib, o‘rta asrlarda Yevropada tibbiyot ta’limining asosini tashkil qilgan. O‘rta asrlarda lotin tili butun Yevropa bo‘ylab ilm-fan va ta’limning rasmiy tili sifatida keng tarqalgan edi. Tibbiyot sohasidagi barcha risolalar, universitet darsliklari, tashxis yozuvlari va dori retseptlari aynan lotin tilida yuritilgan. Masalan, Italiyaning Salerno va Boloniya universitetlarida tibbiyot talabalari lotin tilida ta’lim olgan, ularning yozma ishlari va dissertatsiyalari ham lotin tilida bo‘lgan. Lotin tilidagi adabiyotlar tibbiy bilimlarni avloddan avlodga uzluksiz yetkazib berishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. Renessans davrida (XIV– XVI asrlar) ilm-fan va san’at rivojiga katta e’tibor berila boshlangan va bu davrda lotin tili ikkinchi bor yuksalish bosqichiga chiqqan. Ilmiy izlanishlar, yangi kasalliklar va davolash usullarining kashf etilishi tibbiy terminologiyani boyitgan va bu borada lotin tili asosiy asos sifatida ishlatilgan. Taniqli olimlar — Andreas Vesalius, Paracelsus, William Harvey va boshqalar o‘z tibbiy izlanishlarini aynan lotin tilida e’lon qilganlar. Bugungi kunda ham lotin tilining ta’siri tibbiyotda davom etmoqda. Anatomik nomlar, kasalliklar tavsifi, dori vositalari va biologik atamalar lotincha yoki lotin asosida yasalgan terminlardir. Masalan, “Musculus gluteus maximus”, “Fractura femoris”, “Hypertonia arterialis” kabi terminlar tibbiy hujjatlarda doimiy uchraydi. Bu atamalar nafaqat tarixiy an’analarning davomchiligi, balki mantiqiy va ilmiy tushunarlilikni ta’minlovchi vositadir. 708 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Klinik terminologiya - bu kasalliklar, belgilar, tashxislar, davo usullari, anatomik tuzilmalar va boshqa tibbiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar majmuidir. Ushbu terminlar nafaqat ilmiy aniqlik, balki kasbiy muloqotning muhim elementlari sifatida ham xizmat qiladi. Klinik terminlarning yasalishida lotin tilining morfologik imkoniyatlari markaziy o‘rin tutadi. Lotin tilidagi prefikslar, suffikslar va negizlar asosida yasalgan atamalar tibbiy ma’lumotni aniqlik va qisqalik bilan ifodalashga xizmat qiladi. Klinik terminlar odatda quyidagi qismlardan tashkil bo’ladi: Negiz - asosiy ma’no manbai (masalan, cardi- – yurak), Prefiks - so‘z boshiga qo‘shilib, ma’noni o‘zgartiruvchi qo‘shimcha (masalan, hyper- – ortiqcha, ko‘p), Suffiks - so‘z oxiriga qo‘shilib, terminning turini yoki holatini belgilaydi (masalan, -itis – yallig‘lanish). Masalan: “endocarditis” - endo- (ichki), card (yurak), -itis (yallig‘lanish). Bu termin yurak ichki qavatining yallig‘lanishini anglatadi. Lotin tilida barcha anatomik tuzilmalar jins, birlik-ko‘plik va egalikni ifodalovchi aniq grammatik shakllarga ega. Masalan: “Musculus biceps brachii” - qo‘lning ikki boshli muskuli; “Vena cava superior” - yuqori bo‘sh vena. Bu kabi tuzilmalar tibbiy hujjatlarni tuzishda muhim rol o‘ynaydi. Lotin tilidagi morfologik qat’iylik terminlarning chalkash tushunilishining oldini oladi. Ko‘plab klinik atamalar yunoncha negizga ega bo‘lib, lotin grammatikasi asosida yasalgan. Bu ikki tilning kombinatsiyasi ilmiy terminologiyada mukammal uyg‘unlikni ta’minlaydi. Masalan: “Gastroenterologia” - gastro- (oshqozon), entero- (ichak), -logia (ta’limot, fan); “Neuropathia” - neuro- (asab), -pathia (kasallik holati). Bu kabi terminlar semantik jihatdan chuqur ma’no

Доказательный фрагмент

«Klinik terminlarning yasalishida lotin tilining morfologik imkoniyatlari markaziy o‘rin tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Klinik terminlarning yasalishida lotin tilining morfologik imkoniyatlari markaziy o‘rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qiyinchilik ko'nikmalari, analitik usullar, strategiyaga asoslangan ta'lim, klinik atamashunoslik, fonetik va morfologik tushunchalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники