К содержанию
РецензированоUZ2026

BUDJET-SOLIQ SIYOSATI

BUDJET-SOLIQ SIYOSATI · Abdusattororov Sunnat · Hojiqulova Feruza

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada biz byudjet-soliq siyosatining mohiyati, maqsad va vazifalarini shuningdek turlari va shakllari bilan tanishamiz. Kalit sozlar: fiskal ekspansiya, fiskal restriktsiya, byudjet – soliq siyosati, diskret fiskal siyosat, nodiskret fiskal siyosat. Kirish. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga pul-kredit siyosati vositalari qatori budjet soliq siyosati orqali ham erishiladi. Budjet-soliq siyosati fiskal siyosat deb ham yuritiladi. Budjet-soliq siyosati deganda, noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar tushuniladi. Budjet-soliq siyosatining ikki turi farqlanadi: 1.rag‘batlantuvchi budjet-soliq siyosati (fiskal ekspansiya) - iqtisodiy turg‘unlik yoki pasayish davrida qo‘llaniladi; 2. cheklovchi budjet- soliq siyosati (fiskal restriksiya) - iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llaniladi. Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi budjet-soliq siyosati – fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, budjet-soliq siyosati davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi. Diskret va nodiskret budjet-soliq siyosati. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi. Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret budjet-soliq siyosati deyiladi. Diskret budjet-soliq siyosati yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida yalpi talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Nodiskret budjet-soliq siyosati – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret budjet-soliq siyosati o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq stavkalari, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret budjet- soliq siyosati davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa yalpi talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib keladi. 701 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham yalpi talabni oshirib, yalpi taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat budjeti kamomadini moliyalashtirishda quyidagi budjet-soliq siyosati usullaridan foydalaniladi: 1. Pul-kredit emissiyasi; 2. Davlat zayomlarini chiqarish; 3. Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirish; 4. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish. Davlat budjeti kamomadi pul emissiya qilish orqali qoplanganda muomalada pul massasining ko‘payishi inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo‘ladi, ya’ni soliq to‘lovchilar tomonidan davlatga to‘laydigan soliqlar to‘lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin to‘lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo‘yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‘z navbatida foiz stavkasini ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari, sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro‘y beradi va u budjet-soliq siyosatining rag‘batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo‘yadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada, inflyatsiya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada biz byudjet-soliq siyosatining mohiyati, maqsad va vazifalarini shuningdek turlari va shakllari bilan tanishamiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada biz byudjet-soliq siyosatining mohiyati, maqsad va vazifalarini shuningdek turlari va shakllari bilan tanishamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nodiskret fiskal siyosat., fiskal ekspansiya, byudjet – soliq siyosati, diskret fiskal siyosat, fiskal restriktsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники