К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT BYUDJETI

DAVLAT BYUDJETI · Abdusattorov Sunnat · Hojiqulova Feruz

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada biz davlat byudjeti va uning shakllanish jarayonlari shuningdek O'zbekistonning byudjet ko'rsatkichlar bilan tanishamiz. Kalit sozlar: davlat byudjeti, byudjet profitsiti, byudjet defitsiti, ochiq byudjet, davlat qarzi, budjet. Kirish. Budjet (qadimiy fransuzcha “baguete” – “karmon”) – belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlardir. Budjet davlat darajasida, shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Budjet davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash hamda sarflash shaklidir. Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi. Davlat budjeti – davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti – bu iqtisodiyot, ijtimoiy soha, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda undan foydalanish masalalarida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir. Davlat budjeti mablagʻlari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi budjetlari va davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti – davlatning o‘z vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar daromadlar va xarajatlar deb ataladi. Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga shakllanadi. Davlat budjeti daromadlari yoki budjet daromadlari – bu davlat tomonidan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun soliqlar va soliq bo‘lmagan manbalardan olinadigan pul. Davlat budjeti daromadlari, shuningdek, davlat xarajatlari davlat budjetining tarkibiy qismlari va hukumatning moliyaviy siyosatining muhim elementidir. Davlat budjeti daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy- iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablagʻlarning tushish shakli, ularni budjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin. Davlat budjeti daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - soliq shaklidagi daromadlar; - soliq bo‘lmagan daromadlar; - qaytarilmaydigan tarzda o‘tkaziladigan pul mablagʻlari. 696 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Davlat budjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yigʻimlari, mahalliy soliqlar va yigʻimlar, bojxona bojlari, boj yigʻimlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Soliq bo‘lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: • davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yigʻimlar to‘gʻrisidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yigʻimlardan so‘ng); • davlat budjeti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan to‘lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yigʻimlar to‘gʻrisidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yigʻimlardan so‘ng); • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olingan mablagʻlar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablagʻlar va majburiy undirilgan boshqa mablagʻlar; • moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (davlat budjeti ssudalari va davlat budjeti kreditlaridan tashqari); • soliq xarakteriga ega bo‘lmagan boshqa daromadlar. Davlat budjetining daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri davlat budjeti tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablagʻlarni qaytarilmaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Dotatsiya – budjet tizimiga kiruvchi budjetlarga, odatda respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ularning o‘z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlaridir. Subvensiya – muayyan maqsadlarga sarflash shart

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada biz davlat byudjeti va uning shakllanish jarayonlari shuningdek O'zbekistonning byudjet ko'rsatkichlar bilan tanishamiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada biz davlat byudjeti va uning shakllanish jarayonlari shuningdek O'zbekistonning byudjet ko'rsatkichlar bilan tanishamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
byudjet profitsiti, davlat byudjeti, byudjet defitsiti, budjet., davlat qarzi, ochiq byudjet
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники