К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIAMADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI

Abdullayeva BarnoSayfutdinovna · Bo‘riyeva Shaxnoza Inatqizi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mediamadaniyatni shakllantirish zarurati hamda bu boradagi samarali metodik yondashuvlar tahlil etilgan. Mediamadaniyat bolalarda axborotni tanqidiy tahlil qilish, raqamli vositalardan madaniyatli foydalanish va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada pedagogik jarayonga integratsiyalash mumkin bo‘lgan usullar, o‘qituvchining roli, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos metodlar hamda amaliy tavsiyalar yoritilgan. Shuningdek, ota-onalar va maktab o‘rtasidagi hamkorlik orqali mediatarbiyani tashkiletish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:boshlang‘ich ta’lim, mediamadaniyat, axborot savodxonligi, tanqidiy fikrlash, raqamli madaniyat, metodik yondashuvlar, mediatarbiya, o‘quvchilarda ongli axborotiste’moli. Raqamli axborot asrida bolalar hayotiga ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va internet vositalarining kirib kelishi ta’lim tizimidan ham yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu axborot oqimiga tezda tushib qolayotgan, ammo uni tahlil qilish, to‘g‘ri anglash va undan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan qatlam sanaladi. Shu sababli ularning mediamadaniyatini shakllantirish nafaqat ma’naviy, balki pedagogik vazifa sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosini rivojlantirishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. Global axborotlashuv sharoitida katta hajmdagi axborotga egalik o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchiliklar shu bilan bog‘liqki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” rang–barang ma’lumotlarga duch keladi. Yosh xususiyatiga ko‘ra voyaga yetguncha, ma’lum dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar yosh o‘quvchi uchun mavjud axborotlarningbarchasi qiziqarli hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu psixologik va ijtimoiy rivojlanishning muhim bosqichidagi shaxslardir. Ular sezgir, qiziqishga moyil, taqlidga tez beriluvchi yosh guruhiga mansub. Shuning uchun ularning media mahsulotlarga nisbatan immuniteti zaif, ular tasviriy va emotsional axborotni tahlil qilmasdan qabul qilishadi. Bu holat, agar o‘z vaqtida zaruriy tarbiya berilmasa, ularning axloqiy dunyoqarashiga salbiyta’sirko‘rsatishi mumkin. So‘nggi yillarda medianing rivojlanishi va jamiyatni ekspansiya qilib olishi natijasida turli mafkuraviy tahdidlar kuchaydi. Mafkuraviy tahdid mediatahdidga aylandi. O‘quvchilarning mediamadaniyatini shakllantirish ularni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va asosli foydalanishni anglatish bugungi kunning pedagogik muammosi hisoblanadi. Bugun yurtimizda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Globallashuvning insoniyat, jumladan yoshlar hayotiga ta`siri juda kuchli bo‘lib, o‘z navbatida ularning globallashuvning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarining oldini olish 499 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X uchun mafkuraviy immunitet shakllantirish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib mazkur sohaga oid ilmiy tadqiqot va asarlar yaratgan olimlarning ilmiy xulosalaridan foydalanildi. Jumladan: I.V.Malon, I.X. Fushs L. Masterman o‘zbekistonlik olimlardan M.Quronov kabilar zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tasnifiga oid tadqiqot natijalari soha mutaxassislarining asarlari asosiy manba sifatida olindi. Har qanday tirik organizmning o‘ziga xos xususiyati shundaki, atrof-muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, atrofdagi dunyodan ma`lumot oladilar va undan ma’lum maqsadlarda foydalanadilar, Shuning uchun axborot nazariyasida barcha xilma- xil shakllarni elementar-ma’lumot aylanmasiga bo‘lish odatiy holdir. Ijtimoiy ma’lumotlar hilma-xildir. Inson o‘z idrokini o‘zida aks ettiradigan, ochib beradigan, ijtimoiy ma’lumotga aylantiradigan tabiiy ma’lumotlardan tashqari, atrofdagi hamma narsa bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan tafakkur qiluvchi mavjudot sifatida uni o‘zi ishlab chiqaradi - uning hajmini to‘ldiradi. Axborot olish madaniyati, ya’ni axborot savodxonligi bo‘yicha xorijiy mamlakatlarga nazar solinsa, kutubxonalar uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga alohida e`tibor qaratiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchlarning mediamadaniyatini shakllantirish bugungi kunningmuhim muammosihisoblanadi. XXI asr yoshlari o‘z navbatida shuning ichida katta bo‘lmoqda va shu sababli ularning hayotini media dunyo, yoki virtual olamsiz tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun bugungi kun pedagogikasida ularni media va virtuallilkdan cheklash emas balki undan to‘g‘ri foydalanish xususiyatini shakllatir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mediamadaniyatni shakllantirish zarurati hamda bu boradagi samarali metodik yondashuvlar tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mediamadaniyatni shakllantirish zarurati hamda bu boradagi samarali metodik yondashuvlar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodik yondashuvlar, mediamadaniyat, o‘quvchilarda ongli axborot iste’moli., media tarbiya, raqamli madaniyat, axborot savodxonligi, boshlang‘ich ta’lim, tanqidiy fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники