К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDCHILIK HARAKATI VA UNING FAOLIYATI

Meliboyeva Odina Bahodirxonqizi · Fargʻonaviloyati Rishton tumani-son Politexnikumi tarixfanio‘qituvchisi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuzaga kelgan jadidchilik harakati va uning asosiy yo‘nalishlari tahlil etiladi. Jadidlar tomonidan olib borilgan islohotlar, zamonaviy maktablar tashkil etilishi, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, maqolada jadidlarning madaniy- ma’rifiy faoliyati, ular duch kelgan to‘siqlar va sovet davridagi qatag‘onlar haqida ham fikr yuritiladi. Mustaqillikdan so‘ng jadidlar merosining qayta tiklanishi, ularning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni vadolzarbligi ilmiyasosda yoritiladi. Kalit so‘zlar:jadidchilik, jadid maktablari, islohot, ma’rifat, milliy uyg‘onish, ma’naviy meros, Turkiston,ziyolilar, sovet qatag‘oni,tarixiyxotira. O‘zbek xalqining ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik harakati muhim burilish davri sifatida alohida o‘rin tutadi. Bu davr, ayniqsa, Turkiston o‘lkasi xalqlari uchun o‘ta murakkab va tahlikali ijtimoiy- siyosiy sharoitda kechdi. Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlaka qilib olingan Turkiston hududida aholining siyosiy huquqlari cheklangan, mahalliy madaniyat va dini qadriyatlar cheklov ostiga olingan, ijtimoiy tengsizlik kuchaygan, ta’lim-tarbiya tizimi esa o‘rta asrlarga xosdarajada qolib ketgan edi. Aynan ana shunday murakkab tarixiy vaziyatda, jamiyatni isloh qilish, xalqni jaholatdan, orqada qolganlikdan qutqarish, ilm-fan va taraqqiyot yo‘liga olib chiqish niyatida yangi bir ma’rifiy-siyosiy harakat – jadidchilik oqimi maydonga chiqdi. “Jadid” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “yangi” degan ma’noni anglatadi. Jadidlar hayotning barcha sohalarini – ta’lim, adabiyot, matbuot, teatr, siyosat va hatto diniy qarashlarni zamon talablari asosida yangilashni o‘zoldilariga maqsad qilibqo‘ygan edilar. Jadidchilik harakati nafaqat ilm-ma’rifatni yoyish, balki xalqda milliy o‘zlikni anglash, ozodlik, huquq vaadolatga bo‘lgan ehtiyojni uyg‘otishga qaratilgan edi. Harakatning peshvolari – Ismoil G‘aspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi ilg‘or ziyolilar o‘zlarining asarlari, nutqlari va amaliy faoliyati orqali butun bir avlodni uyg‘otishga, zamonaviy fikrlashga, islohotlarga tayyorlashga intildilar. Jadidchilik harakatining shakllanishi va tarixiy sharoiti. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Turkiston general-gubernatorligi tuzilib, ruslashtirish va ma’naviy siquv kuchaytirildi. Shu bilan birga, bu davrda g‘arbiy dunyodagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, bosmachilik siyosatiga qarshi kurashayotgan musulmon xalqlari tajribasi, Yevropa va Turkiyada sodir bo‘layotgan islohotlar mahalliy ziyolilarga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu omillarfonida jadidchilikharakati shakllandi. Ismoil G‘aspirali (1851–1914) tomonidan ilgari surilgan “Til birligi, fikr birligi, ish birligi” tamoyili Turkistonda ham keng yoyila boshladi. U “Tarbiyayi atfol” (Bolalar tarbiyasi) va “Tongi yulduz” kabi asarlari orqali yangi usuldagi maktablar ochishni, turkiy xalqlarning uyg‘onishini targ‘ib qildi. Uning “Tarjimon” gazetasi butun musulmon Sharqida, xususan, Turkistonjadidlariga kattaturtki berdi. 534 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari. Jadidlar o‘z harakatlarini quyidagi asosiy g‘oyalar ustigaqurdilar: Ma’rifatparvarlik – har bir inson ilmli bo‘lishi, jaholatdan qutulishi kerak, degan fikr ilgari surildi. Islohotparvarlik – ta’lim, tarbiya, jamiyat, din va davlat boshqaruvida islohotlar zarurligi ilgari surildi. Milliy uyg‘onish – xalq o‘z milliy tiliga, adabiyotiga, tarixiga, diniga, o‘zligiga qaytishi kerak, degan da’vatlar ilgari surildi. Modernizm – g‘arbiy dunyodagi taraqqiyotdan ijobiy jihatlarni olib, milliy qadriyatlar bilanuyg‘unlashtirishga intildilar. Bu g‘oyalar orqali jadidlar xalqni uyg‘otish, jamiyatda o‘zgarishlar qilish, orqada qolganlikka barham berish yo‘lini tutdilar. Jadid maktablari va ta’lim islohotlari. Jadidlar harakatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri – yangi usuldagi maktablar tashkil etish edi. Eski usuldagi maktablarda faqat Qur’on yodlash, diniy savod chiqarish asosiy maqsad bo‘lib, zamonaviy bilimlar berilmas edi. Jadidlaresa:  O‘quvchilarga o‘qish, yozish, hisob-kitob, geografiya, tarix, jismoniy tarbiya kabi fanlarni o‘qitishniboshladilar.  Ta’limda vizual ko‘rgazmali vositalar, interaktiv uslublar, o‘zbek tilidagi darsliklar qo‘llanildi.  Ayollar ta’limiga ham e’tibor berila boshl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuzaga kelgan jadidchilik harakati va uning asosiy yo‘nalishlari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuzaga kelgan jadidchilik harakati va uning asosiy yo‘nalishlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkiston, ziyolilar, tarixiy xotira., sovet qatag‘oni, milliy uyg‘onish, jadidchilik, islohot, jadid maktablari, ma’naviy meros, ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники