К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIY TA’LIMDA KASBIY YO‘NALTIRILGAN MASALALAR ORQALI BIOFIZIKA FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

TIBBIYTA’LIMDAKASBIY YO‘NALTIRILGAN MASALALARORQALI

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Maqolada tibbiy ta’limda fizik qonuniyatlar, hodisalarning inson organizmida sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan bog‘liqligi, tibbiy va biologik fizika fanini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan eksperimental - pedagogik tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqot doirasida biofizika kursining asosiy bo‘limlari doirasida tibbiy amaliyot bilan bog‘langan kasbiy masalalardan foydalanish orqali talabalarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash darajasi, kasbiy kompetensiyalari va o‘quv motivatsiyasi tahlil qilindi. Eksperimental guruh va nazorat guruhi natijalari o‘rtasidagi qiyosiy tahlil kasbiy yo‘naltirilgan masalalarning o‘qitish jarayonida sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada biofizika kursining asosiy bo‘limlari, tibbiyot amaliyotidagi fizik jarayonlarning o‘rni va kasbiy yo‘naltirilgan masalalarning tasnifi yoritilgan. Kalit so‘zlar:fizik masala, biofizika, kasbiy yo‘naltirilgan masalalar, integratsiyalashgan ta’lim, tibbiykompetensiyalar, diagnostika, ta’limsamaradorligi, tovush tezligi, ultratovush to‘lqini. Kirish. Soʻnggi yillarda tabiiy fanlar, xususan, fizika fanining tibbiy taʼlimga integratsiyalashuviga butun dunyo boʻylab oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning eʼtibori tobora ortib bormoqda. Tibbiyot sohasida ayrim jarayonlar asosiy fizik qonuniyatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson tanasida sodir bo‘ladigan ko‘plab fiziologik jarayonlar ushbu qonuniyatlarga asoslanadi. Diagnostika va davolash usullarining aksariyati fizik hodisalar hamda jarayonlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Yuqori sifatli tibbiy xizmatlarga va texnologik jihatdan malakali mutaxassislarga talab ortib borayotganligi sababli tibbiyot muassasalarida biofizika fanini o‘qitish samaradorligini oshirish ta’limning dolzarb yo‘nalishiga aylandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tibbiy ta’limda talabalarga biofizikani o‘qitishda “kasbiy yo‘naltirilgan masalalarni” qo‘llash, nazariy bilimlarni tibbiy amaliyot bilan bog‘lash talabalarning motivatsiyasini oshiradi va murakkab biofizik tushunchalarni tushunishni yaxshilaydi. Masalan, R. M. Nurlanova tibbiy fizika bo‘yicha ma’ruzalarga tibbiy misollar va diagnostika uskunalari misollarini kiritish talabalarning faolligi va eslab qolishini sezilarli darajada yaxshilashini ta’kidladi. Xuddi shunday, E.V. Shevchenko va A.V. Korjuyev ta’kidlaganidek, tibbiy fizikani o‘qitishda fizika fanini kasbiy faoliyatga bog‘lashdagi bo‘shliqlar motivatsiyaning pasayishiga va tibbiyot talabalari tomonidan o‘zlashtirilish pasayishiga olib keladi[1,2]. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tibbiy va biologik fizika fanini o‘qitishning integratsion mashg‘ulotlar, jumladan, tibbiyot muassasalari markazlarida amaliy darslar tashkillash, raqamli platformalar va klinik vaziyatlarga yo‘naltirilgan fanlararo muammolarni yechish masalalaridan foydalanish joriy etildi. Ushbu mashg‘ulotlar shifokor uchun zarur bo‘lgan fizika masalalari tibbiyotda amaliy qo‘llaniladigan diagnostika va davolash usullari bilan bog‘liq bo‘lib, talabalarda inson organizmidagi biologik va fizikaviy jarayonlarni ilmiy asosda tushunish, turli diagnostik qurilmalarning ishlash prinsiplari bilan tanishish, nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliy muammolarni hal qilish va tahliliy 430 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy kompetensiyaga asoslangan ta’lim modellari bilan moskeladi[5,6]. Metodologiya. Tadqiqotda kasbiy yo‘naltirilgan masalalar orqali biofizika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvni baholash maqsad qilingan. Tadqiqot eksperimental-pedagogik yo‘nalishda olib borilgan bo‘lib, sifat va miqdoriy tahlil usullarida amalga oshirildi. Tadqiqot ob’yekti sifatida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy va biologik fizika kursini o‘zlashtirayotgan birinchi bosqich “Pediatriya ishi” yo‘nalishidagi 90 nafar talabalar tanlandi va ular nazorat hamda eksperimental guruhlarga taqsimlandi. Eksperimental guruhda o‘qitish jarayonida kasbiy yo‘naltirilgan fizik masalalardan foydalanildi. Bunday masalalar tibbiy-biologik muhitdagi real sharoitlar, klinik holatlar, diagnostik uskunalar vafiziologik jarayonlarbilan bevosita bog‘langan. Tadqiqot davomida biofizika kursining asosiy “Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar”, “Optika”, “Termodinamika”, “Elektromagnit maydon” kabi bo‘limlari asosida fanlararo integratsiyalashgan darslar tashkil etildi. Biofizik kattaliklarni aniqlash usullari bo‘yicha masalalar - masalan, yurak urish chastotasi, qon bosimi, harorat o‘

Доказательный фрагмент

«Maqolada tibbiy ta’limda fizik qonuniyatlar, hodisalarning inson organizmida sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan bog‘liqligi, tibbiy va biologik fizika fanini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar orqali o‘qitish samaradorlig…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada tibbiy ta’limda fizik qonuniyatlar, hodisalarning inson organizmida sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan bog‘liqligi, tibbiy va biologik fizika fanini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar orqali o‘qitish samaradorlig… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tovush tezligi, integratsiyalashgan ta’lim, diagnostika, fizik masala, ta’lim samaradorligi, kasbiy yo‘naltirilgan masalalar, biofizika, ultratovush to‘lqini., tibbiy kompetensiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники