Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY JURNALISTIKADA QO‘LLANILISHI
SUN’IYINTELLEKTNING ZAMONAVIYJURNALISTIKADA QO‘LLANILISHI · Eshmirzayeva Zarnigor
Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025
Аннотация
Bugungi kunda turli aqlli texnika vositalari kirib bormagan inson faoliyatini tasavvur qilish qiyin. Aqlli mashinalar inson hayotiga har sohada kirib borib, uning ishini yengillashtirmoqda va uning vazifalari bir qismini o’z bo’yniga olmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy jurnalistikada sun’iy intellektning qo’llanilishi, uning sohaga kirib kelishi, kamchilik va yutuqlari hamda sun’iy intellektning media sohasidagi rivojlanish imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarning xorij OAV da qo’llanilishiga misollar keltiriladi: Heliograf, Quackbot, Guardian Chatbot va boshqalar. Bugungi kunda o’tkazilayotgan tajribalar asosida yangi avlod mashinalarida emotsional spektrni aniqlash imkoniyatlari ham ko’rib chiqildi. Kalit so’zlar: sun’iy intellekt, zamonaviy jurnalistika, avtomatlashgan jurnalistika, media, algoritmlar, bot,sun’iyintellektga asoslangan yangi avlod texnologiyalari. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda zamonaviy yangi avlod texnologiyalari deyarli barcha inson faoliyati doirasiga jadallik bilan kirib bormoqda. Aqlli mashinalarni biz har daqiqada, hamma joyda, hamma vaqtda uchratishimiz mumkin. Ular bugungi barcha sohada; ta’lim sohasi, sog’liqni saqlash, xizmat ko’rsatish, iqtisod va huquq - bularning barchasi hozirgi kunda aqlli mashinalarga, xususan, sun’iy intellektga kam yoki ko’proq nisbatda asoslangan. Ushbu sun’iy intellekt texnologiyalari jadallik bilan kirib kelayotgan sohalardan yana biri ommaviy axborot vositalaridir. Media sohasiga yangi texnologiyalarning kirib kelishi bilan jurnalistik amaliyotda katta o’zgarishlar ro’y bera boshladi: raqamli texnologiyalar hamda internetning rivojlanib borishi, axborot texnologiyalarning globallashuvi ommaviy axborot vositalarining ham avtomatlashuviga, sohada misli ko’rilmagan tezkorlikda ishlovchi “zamovaiy jurnalistlar”ning paydo bo’lishiga, internet jurnalistikasi, blogsoha kabi bir qator yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalardan butun dunyoda keng foydalanilishining bir qator sabablari bor bo’lib, ulardan birinchisi ushbu texnologiya insondan ko’ra bir necha barobar tez axborotni qayta ishlaydi va tahlil qiladi, ikkinchi tomondan esa, avval faqat inson tomonidan boshqarilgan jarayonlarni ham sun’iy intellekt bemalol bajarishi mumkin. Bugungi kunda sun’iy intellektning paydo bo’lishi va uning sohaga kirib kelishi bilan an’anaviy jurnalistikaning qiyofasi ham o’zgarib borar ekan, endi bu maydonda faqat ommaviy axborot vositalari-axborot iste’molchisi emas, balki sun’iy intellekt ham paydo bo’ldi.1 Ularning o’rtasidagi muloqot jarayonida borgan sari sun’iy intellektningham o’rni oshibbormoqda. 1СуходоловФ.П.,БычковаА.М.,ОванесянС.С.Теорияжурналистикиисредствмассовойинформации.Вопросы теорииипрактикижурналистики.2019,№4 337 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X “Sun’iy intellekt” iborasining muallifi aslida Jon Makkarti hisoblanadi. 1956-yilda Fond Rokfellerning moliyaviy yordami bilan Jon Makkarti tomonidan tashkil etilgan Dartmund yozgi oromgohida yig’ilgan matematik olimlar tomonidan yangi texnologiyaga qanday nom berish bo’yicha takliflar o’rtaga tashlanadi va shu tariqada “sun’iy intellekt” atamasi paydo bo’ladi. “Ushbu “sun’iy intellekt” atamasining o’zi ikki yuzta rasmiy ta’rifga ega, -deydi S.V.Karelov2,bu sohadagi rus mutaxassislaridan biri. Texnologiyaning keng doirasida, biznes sohasi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llaniladigan ushbu konsepsiya turli mazmun bilan to’ldiriladi”. Hozirgi davrda sun’iy intellektning turli ko’rinishlari mavjud bo’lib, ulardan mediasohasida ham turlicha shaklda foydalanilmoqda. Shunday zamonaviy texnologiyaga asoslangan jurnalistikaning bir ko’rinishi bu kompyuter algoritmlari yordamida yaratilgan sun’iy intellektga ega bo’lgan yordamchi botlardir. Biz sun’iy intellektga asoslangan ushbu texnologiyalarning jurnalistikadaqo’llanilishiga doir birnechta misollarni keltirib o’tdik. Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarga misollar va ularning jurnalistikada qo’llanilish doirasi3 Ishlabchiqaruvchi Ushbu texnologiyalardan Texnologiyalarning foydalanuvchiOAV qo’llanilishdoirasi Reuters News Tracer/ Reuters Ijtimoiy tarmoqlardagi ThomsonReuters asosiy kun yangiliklarini kuzatish va Twitterdagi4 ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish Wordsmith / Automated Associated Press Moliyaviy ma’lumotlarga insights5 asoslangan hisobotlarni yaratish Heliograf / The TheWashington Post Sport tadbirlari va saylov Washington Post6 kampaniyalarini yoritish7 2ГуроваТ.Хакнутьчеловечество/Т.Гурова//Эксперт.—2019.—№
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda turli aqlli texnika vositalari kirib bormagan inson faoliyatini tasavvur qilish qiyin.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda turli aqlli texnika vositalari kirib bormagan inson faoliyatini tasavvur qilish qiyin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod texnologiyalari., zamonaviy jurnalistika, avtomatlashgan jurnalistika, sun’iy intellekt, media, bot, algoritmlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014