К содержанию
РецензированоUZ2025

XORIJIY TILLARNI O'RGANISHNING HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI VA XALQARO IMKONIYATLAR

XALQARO IMKONIYATLAR · EgamberganovaGulhayo Adamboyqizi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola xorijiy tillarni o'rganishning hayotimizdagi ahamiyati va u orqali ochiladigan xalqaro imkoniyatlar haqida muhokama qiladi.Bilamizki, til faqatgina aloqa vositasi bo'libgina qolmay u madaniyatlararo kóprik, tajriba va bilim almashinuvi vositasi ham hisoblanadi. Shuningdek, maqolada chet tillarini o'rganish borasida hozirda yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar vaularning afzalliklari kengyoritibberiladi. Kalit So’zlar:Xorijiy tillar, xalqaro grandlar, tadqiqotlar, almashinuv dasturlar, UGRAD, ERASMUS+,NSP, SUSI Bugungi globallashib borayotgan davrda chet tillarni o'rganish zamon talabiga aylanmoqda. Buning natijasida ko'plab yoshlarga xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoq yanada ortmoqda. Ilgari chet tilini bilish qo‘shimcha bilim sifatida qaralgan bo‘lsa,bugungi kunda u har bir inson uchun zaruratga aylangan. Xalqaro biznes, ta’lim, texnologiya va ilm-fan sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun kamida bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi. Hozirgi kunda mehnat migrasiyasi tabiiy jarayon hisoblanadi. Xalqaro Mehnat tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozirda dunyoda 170 milliondan ortiq mehnat migrantlari bor. Xorijiy tillarni bilmagani tufayli migrantlarning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda faoliyat olib bormoqda. Tilni yetarli darajada bilmaslik va yetarli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmaslik natijasida ko‘p fuqarolarimiz ushbu davlatlarda malaka talab tilmaydigan ishlarda mehnat qilyotgani sir emas, albatta[1]. Shu boisdan chet tillarni o'rganishning har tomonlama biz uchun afzalliklarga ega ekanligini anglashimiz darkor. Masalan, ingliz tili hozirda dunyo miqyosida xalqaro til sifatida qabul qilingan bo‘lib, ko‘plab kasb va sohalarda asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Shuningdek, xitoy, nemis, fransuz, rus, arab va ispan tillari ham ko‘plab davlatlarda muhim o‘rin tutadi.Bundan tashqari, chet tillarni bilishning bir qancha arzirli foydalari ham mavjud. Xususan, birinchi navbatda, karyera va ish imkoniyatlarini kengaytirish misolida olib qaraganda, chet tillarni bilish mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi. Hozirda xalqaro kompaniyalar bir nechta tilni biladigan mutaxassislarga katta ehtiyoj sezmoqda. Xorijiy tillarni bilish orqali yuqori maoshliish o‘rinlariga egabo‘lish,chet elda ta’limolish yoki biznes yuritish imkoniyati oshadi. Ikkinchidan, Ilm-fan va texnologiyadan xabardor bo‘lish imkoniyati jihatidan qaralganda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va texnologik yangiliklar asosan, ingliz yoki boshqa xalqaro tillarda nashr etiladi. Agar chet tilini bilsangiz, yangi bilimlarni o‘z vaqtida o‘rganish va o‘z sohangizda oldinda bo‘lish imkoniga ega bo‘lasiz. Uchinchidan esa, sayohat qilish va yangi madaniyatlarni o‘rganishdir. Chet tilini bilish sayohatlarni osonlashtiradi. Yangi joylarga borganingizda mahalliy aholi bilan bemalol muloqot qilishingiz, ularning madaniyati va urf- odatlarini chuqurroq o‘rganishingizmumkin. To’rtinchi navbatda, aqliy rivojlanish va xotira mustahkamligini aytish o’rinlidir. Chunki, ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, chet tilini o‘rganish inson miyasi uchun ajoyib mashq hisoblanadi. Bu xotirani mustahkamlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va so’ngi yoshlar uchun eng foydali taraflaridan biri bu- xalqaro ta’lim grantlari va almashinuv dasturlaridir. Ya’ni yoshlar chet tillarini o'rgatish orqali xalqaro grandlarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ham egadirlar. Xususan, ingliz tilini 289 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X o'rganib, almashinuv dasturlari orqali eng nufuzli chet el universitetlarida ta’lim olishi mumkin. Xususan, Erasmus+, UGRAD (Global Undergraduate Exchange Program), SUSI (Study of the U.S.Institutes)NSP(National Scholarship Program)grand loyihalari shularjumlasidandir. Davlatimiz prezidenti: "Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib o‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim" [2], – deb ta’kidlab o’tgani bejiz emas. Chunki kundan kunga chet tillarini o'rganishga bo'lgan e'tibor kuchaytirilib "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarini o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonun ham qabul qilingan va qonunda quyidagi jihatlar alohida e'tibor q

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola xorijiy tillarni o'rganishning hayotimizdagi ahamiyati va u orqali ochiladigan xalqaro imkoniyatlar haqida muhokama qiladi.Bilamizki, til faqatgina aloqa vositasi bo'libgina qolmay u madaniyatlararo kópri…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola xorijiy tillarni o'rganishning hayotimizdagi ahamiyati va u orqali ochiladigan xalqaro imkoniyatlar haqida muhokama qiladi.Bilamizki, til faqatgina aloqa vositasi bo'libgina qolmay u madaniyatlararo kópri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ERASMUS, tadqiqotlar, xalqaro grandlar, UGRAD, SUSI, Xorijiy tillar, almashinuv dasturlar, NSP
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники