Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“HUJUM” HARAKATINING SABABLARI VA UNING OQIBATLARI
Matchanova Sanobar
Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola 1920-1930-yillarda O’rta Osiyoda amalga oshirilgan ijtimoiy- siyosiy jarayonlardan biri bo’lgan “Hujum” harakati haqida, uning sabablari va oqibatlari xususida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, sintez, taqqoslash, xronologik metodlardan foydalanildi. “Hujum” harakatining amalga oshirilishi o’zbek ayollari uchun bir qator ijobiy o’zgarishlarni olib kelgan bo’lsa-da, uni amalga oshirishdagi shoshma-shosharlik, majburlov usullaridan foydalanish natijasida bir qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Uni xolis o’rganish zarurati paydo bo’ldi. Kalitso’zlar: ”Hujum”harakati, paranji, chachvon, gender tenglik,”Millionlarshartnomasi” Kirish. O’zbekistonda ko’proq ayol arboblar masalan, artistlar va shoiralar haqida yoziladi. Ammo oddiy ayolning hayoti hali tarixchilar nazariga tushmay kelmoqda. [1.B.36.] O’tmishda xotin-qizlarning tajribasi, faoliyati, hayot sohasi tarixiy qimmatga ega emasdek tuyulgani uchun ham e’tibordan chetda qolgan. Vaholanki, xotin-qizlar tarixi erkaklar tarixi kabi umumiy hisoblanishi kerak, [2.B. 367] chunki u nafaqat insoniyatning yarmiga balki hammasiga tegishlidir. [3.B.371] Ayollar mavzusini o’rganishda sobiq SSSR davrida amalga oshirilgan “Hujum” harakati va uning oqibatlarini o’rganish, shu davrdagi ayollar qismati, bu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlarini tadqiq qilish tariximizning muhim qismini tashkil etadi. Aytib o’tish kerakki, ayollarni ozod qilish ya’ni ularning ta’lim olish, jamoat ishlarida qatnashish, erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlash g’oyalari “Hujum” harakatidan ancha oldin jadidlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ularning g’oyaviy qarashlarida ayollarni ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirmasdan turib, butunmillatni ilmliva ma’rifatli qilib bo’lmasligi ta’kidlangan edi. Sobiq SSSR davrida o’lkamizda ayollarni ozod qilish bo’yicha amaliy ishlar 1919-yil 12- noyabrda RKP Turkiston o’lka qo’mitasining xotin-qizlar bo’limini tashkil etish bilan boshlandi. Dastlab u asosiy e’tiborni viloyat va tuman xotin-qizlar bo’limlarini ochishga qaratdi. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, kommunistik mafkura ayollar muammosini avvalo sotsialistik qurilish strategiyasiga bo’ysundirdi, bu ayollar uchun teng huquqlilik tushunchasini buzdi. Bu ayollarga qo’shimcha huquqlar berish (ularning ikki tomonlama uyda va ishdagi mas’uliyatini hisobga olgan holda) gender tengligi sifatida emas, balki birinchi navbatda erkaklar bilan mehnatdatenglik sifatidaqarala boshlandi. O‘rta Osiyo hududi sovet davlati tarkibiga kiritilgach, mahalliy boshqaruv tizimi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar yangicha asosda qurila boshladi. Bu jarayonda hukumat mahalliy xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni “zamonaviylashtirish”, jamiyatda erkaklar bilan teng faoliyat yuritishini ta’minlash (keyinchalik ular mehnatidan keng foydalanish) masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi. Ushbu jarayonni yanada tezlashtirish masalasi O‘rta Osiyo partiya komiteti xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan kengashda muhokama etilib (1926-yil sentabr), ayollarni majburiy ravishda “ozodlikka chiqarish”, ya’ni paranjidan xalos etishga qaror qilindi. [4. B. 105] 301 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Materiallar va usullar. 1926-yil “Hujum” harakati boshlanib, asosiy masalalardan biri ayollar paranjisini olib tashlash edi. O’sha vaqtda buni ko’pchilik ijobiy idrok etishga tayyor emas edi. Buning natijasida xotin-qizlar ijtimoiy foydali mehnatga, jamoatchilik ishlariga faol tortila boshlandi. VKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1926-yil sentabrdagi maxsus qarori asosida bu harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi. Oqibatda bu majburiy harakat «Hujum» nomini oldi. Uni o‘zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi. Chunki, ochiq yurish, ilm olish, erkaklar bilan teng huquqli bo‘lish ularning ham asriy orzusi edi. Biroq bu borada qo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usullari o‘zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi. 1927-yilga kelib o’z safida mahalliy millatlardan 25 ming a’zoga ega bo’lgan O’zbekiston kompartiyasiga Hujumning tashkilotchisi bo’lish va namuna ko’rsatish vazifasi yuklandi. Ular kommunist sifatida o’z xotinlarini paranji yoqiladigan joyga majburan olib borib paranjisini yoqtirishar, ertasiga yana paranji yopinishga majburlashar edi. 1927-yil oktabrdagi partiya komitetida bunday harakatlar “maishiy jinoyat”deb belgilandi va ularni partiya safidan o’chirishgacha bo’lgan jazo qo’llanishiga qaror qilindi. Uning ijrosini ta’minlash uchun partiya saflarida tozalash o’tkazildi. [6.B.377] 1927–1928-yillarda «
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola 1920-1930-yillarda O’rta Osiyoda amalga oshirilgan ijtimoiy- siyosiy jarayonlardan biri bo’lgan “Hujum” harakati haqida, uning sabablari va oqibatlari xususida ma’lumot berishni maqsad qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola 1920-1930-yillarda O’rta Osiyoda amalga oshirilgan ijtimoiy- siyosiy jarayonlardan biri bo’lgan “Hujum” harakati haqida, uning sabablari va oqibatlari xususida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ”Hujum” harakati, ”Millionlar shartnomasi”, gender tenglik, paranji, chachvon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025