К содержанию
РецензированоUZ2025

KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARDA KUZATILADIGAN KO’Z KASALLIKLARI

KO’RISHIDANUQSONIBO’LGAN BOLALARDAKUZATILADIGAN KO’Z · Xosilova Ziyofat Begmuratovna · Bo’riyeva Shahzoda Nuriddinqizi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ko’rishida nuqsoni bor bolalarda uchraydigan asosiy ko‘z kasalliklari va ularning sabablari tahlil qilinadi. Bolalik davrida ko’rish qobiliyatining pasayishiga olib keluvchi omillar, irsiy va tug‘ma patologiyalar, shuningdek, orttirilgan ko‘z kasalliklari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, miopiya, gipermetropiya, astigmatizm, ambliopiya, katarakta, glaukoma kabi kasalliklarning xususiyatlari va ularni erta aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bayon etiladi. Ko’rishida nuqsoni bor bolalarning ko‘z salomatligini saqlash va ularning ta’lim-tarbiyasida tibbiy-pedagogik yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: Ko‘rish nuqsonlari, tiflopedagogika, ko‘zi ojizlik, zaif ko‘ruvchilik, miopiya, gipermetropiya, astigmatizm, ambliopiya, katarakta, glaukoma, ko‘rish analizatori, maxsus ta’lim, tiflopsixologiya, pedagogik-korreksion ishlar, ko‘rish patologiyasi, estetik tarbiya, ijodiy qobiliyat, ijtimoiylashuv. Ko’rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko’rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko’z bilan idrok etiladi. Bola ko’rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurga egabo’ladi. Tiflopsixologiyada ikki turlicha yo‘nalgan jarayon - ko‘rishda nuqsoni bo’lganlarni nisbatan chuqurdifferensiatsiyalash: - totalko’zi ojiz; - yorug’liknihis qiladigan ko’zi ojiz; - qoldiqliko’rishga ega ko’zi ojiz; - chuqurzaifko’ruvchi; - zaifko‘ruvchi. Bu tendensiyalar ko’rishdanuqsoni bo’lganbolalarning psixologik tavsifiga ta’sir o’tkazadi, ko‘rish patologiyasi turli shakllarining bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi va kuchini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korreksiyalash mashg’ulotlarida ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini belgilaydi. Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo’ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytida zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklarkatta rolo‘ynaydi. Ko’rishdanuqsoni bo’lgan bolalar ko’ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2turga bo’linadi: 1.Total ko’rlar –ko’rish o‘tkirligi 0. 247 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 2.Qisman ko’rlar. Ko‘rish o’tkirligi 0,05gacha. Mashg‘ulotlarda ularasosan o‘quvmaterialini sezish,eshitish idroki asosida o’zlashtiradilar. Brayl tizimi bo’yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar saqlangan ko’rish imkoniyatidan o‘qishvayozishda foydalanishlari mumkin. Zaifko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligigako’raquyidagicha turga bo’linadi: 1.Ko’ruv o‘tkirligi 0,05dan 0,1gacha 2.Ko’ruv o‘tkirligi 0,ldan 0,2gacha 3.Ko’ruv o‘tkirligi 0,2dan yuqori 0,4gacha. Ko’rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan bo’lishi ham mumkin. (Ko’rish o’tkirligi 0,1 bo’lgan bolalar). Bularning barchasi o’quv materialini idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texnik va optik vositalar yordamida o’qitilishi maqsadgamuvofiqdir. Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ko’ruv idrokini rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Ko’rishdagi nuqsonlarbolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar va kattalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni o‘rganuvchi ilmiy ta’limotlami o‘rganuvchi fan tiflopedagogikafani hisoblanadi. Ko‘rishning zaiflashuvisabablari: 1. Albinizm - odamlarning terida, ko’zda, sochda rangning (pigmentning) bo’lmasligi bilan tug‘ilish. Ularda rangsiz teri va juda yorqin oq-sariq soch bo’lishi mumkin. Albinizm ko’ruv faoliyatiga ta’sirqiladi. 2. Katarakta -bu ko’z linzalarining xiralashuvi oqibatida yorqin ko’rishni qiyinlashtiradi. Katarakta ko’p hollarda bir necha sabablar bilan bog‘liq. Ko’p bolalar katarakta bilan tug‘iladi. Katarakta ko’zdagi qizarishlar, shishlar va boshqa ko’z kasalliklaridan bo‘lishi mumkin. Bunda bolaning ko’zi odatdagidan kichikroq bo‘ladi. Homiladorlik davridagi infeksiyalar ham kataraktagasabab bo’lishimumkin. 3. Diabetga aloqador ko’z kasalligi. Ko’p davlatlarda ko’rish zaiflashuvining asosiy sababchisi sifatida ko’rsatiladi. Bundan glaukoma, katarakta diabetik retionapiya kelib chiqishi mumkin. 4. Glaukoma – ko’ruv nervi miyaga ma’l

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ko’rishida nuqsoni bor bolalarda uchraydigan asosiy ko‘z kasalliklari va ularning sabablari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ko’rishida nuqsoni bor bolalarda uchraydigan asosiy ko‘z kasalliklari va ularning sabablari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ambliopiya, ko‘zi ojizlik, ijodiy qobiliyat, ijtimoiylashuv., miopiya, katarakta, pedagogik-korreksion ishlar, ko‘rish analizatori, maxsus ta’lim, glaukoma, astigmatizm, tiflopsixologiya, gipermetropiya, ko‘rish patologiyasi, estetik tarbiya, Ko‘rish nuqsonlari, zaif ko‘ruvchilik, tiflopedagogika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники