К содержанию
РецензированоUZ2025

INKLYUZIV TA’LIMDA RAQAMLI TEXNILOGIYALARNI JORIY ETISHNING MAVJUD HOLATI VA ISTIQBOLLARI

MAVJUD HOLATI VAISTIQBOLLARI · YusupovBekzod Ergashevich · Norqulova RisolatBaxromovna

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni tashkillashtirish va inklyuziv ta’limda joriy etishdagi qulayliklari ,qiyinchiliklari xususida so’z boradi. Inklyuziv ta’limni kelajakda yanada yuksaltirish uchun raqamli texnologiyalarning jahon miqyosidagi raqamlashtirish faoliyat turidan foydalanish, uning qulayliklari jamiyatda kelajakdagi eng ilg’or texnologiyalar bilan yonma- yon bo’lish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Bu esa davlatimizni yanada ravnaq topishiga va o’z salohiyatini o’stirishga keng qamrovli qulayliklardan oqilona foydalanishi uchun jaxon miqyosidagi raqamlashtirish texnologiyasi umuman olganda xayotimizning barcha sohalarida o’z o’rnigaega bo’lishiga zarurligi haqidafikirlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Nogironlar, ta’lim uzviyliksizligi, internet olami, aralash guruhlar, samaradorlik, natijalartahlili. Kirish: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni boʻlgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlaramalga oshirib borilmoqda. Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi. Oʻsib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolani mustaqil, hech kimga qaram boʻlmagan holda hayot kechirishga tayyorlash omillaridir.[6]Shunday ekan bugungi kunda axborot olamida internet, internet televideniya,internet- radioron, electron pochta, onlayn-video kabi ko’plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’siri doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo’lmoqdamiz.Axborot kommunikatsiya 264 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X varaqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyati o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga ,ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga , axborot olish ,uni qayta ishlash umumlashtirish xulosa chiqarishga o’rgatib, yoshlarning dunyoqarashi,intellektual saloxiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi.Inklyuziv ta’limda raqamli texnologiyalarnin joriy etilishining asosiy sabablaridan biri shundaki barcha qishloq,shahar,tuman,viloyatlarda tashkil etilgan inklyuziv ta’lim samaradorligini yanada oshirish maqsadida va kelajakda ushbu ta’lim yo’nalishida tahsil olgan barcha yoshlarning keyingi ish va o’qish faoliyatlaridan raqamli texnologiya orqali tez va oson topish imkoniyatini beradi. Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2007 yilda «Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim» loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy shahridagi «Umr» imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish markazi, Samarqand shahridagi «Hayot» nomli nogironlarga yordam berish markazi, Jizzax shahridagi «Istiqbolli avlod» markazi,Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi «Umid» tashabbuslarga koʻmak berish va rivojlantirish markazi, Termiz shahridagi «Imkon»imkoniyati cheklangan bolalar va oilalarga koʻmak berish markazi,Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi «Ziyo» maxsus zaruratli bolalarga ijtimoiy koʻmak berish markazi, maqsadli hududlar hokimliklari, Oʻzbekistondagi Shvetsariya elchixonasi hamkorlik qilishdi. Ushbu loyiha doirasida Toshkent, Guliston, Qarshi, Samarqand, Termiz, Andijon, Qoʻqon, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlarida joylashgan ayrim maktabgacha ta’lim muassasa, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda imkoniyati cheklangan bolalar aralash guruhlarda inklyuzivtexnologiya asosida ta’lim-tarbiya olishdi.[7] Masalan: Qashqadaryo viloyatida va qarshi tumanida nechta inklyuziv maktab tashkil etilgan.Qarshi shahrining o’zida nec

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni tashkillashtirish va inklyuziv ta’limda joriy etishdagi qulayliklari ,qiyinchiliklari xususida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni tashkillashtirish va inklyuziv ta’limda joriy etishdagi qulayliklari ,qiyinchiliklari xususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
internet olami, ta’lim uzviyliksizligi, natijalar tahlili., Nogironlar, samaradorlik, aralash guruhlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники