К содержанию
РецензированоUZ2025

TURKIYNING TURKIGO’Y KUYCHISI

TURKIYNING TURKIGO’Y KUYCHISI · Norboyeva ZarinaYusufqizi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi muommosi o‘rganilib, muallif ijodida turkiylar taqdiri, Turkiston muhabbati mavzusini keng yoritishdabadiiy mahorat masalalari ilmiy-nazariy tadqiqetiladi. Kalit so’zlar:badiiy so’z qudrati, shoirning badiiy niyati, lirik ohang, badiiy til, lirik tasvir mahorati, turkona uslub,badiiy xotira Badiiy adabiyot go’zalliklari, adabiyot qudrati keng va bisyorki, uni to’lig’icha idrok etish imkoniyatdan tashqaridadir. Negaki, adabiyot ma’lum qolipga solingan qonun-qoidamaski, uni yodlab olsak. Adabiyot har shuurda, har qalbda qaytadan tug’iladi. Har gal adabiyot haqida so’z ketganda u haqida soatlab gapirish, to’xtovsiz gapirish, to’lqinlanib gapirish mumkin. U sehrli, u dilkash, u yuqumli… Adabiyot so’z qudrati bilan o’n sakkiz ming olam yaralgandayoq tug’ilgan dunyoning emikdoshidir. Ne-ne og’ir davrlar zahmidan tilingan, “kirlangan qalblarimizni tozalaydigan toza ma’rifat suvi”, ko’ngil maylimiz xuftonsifat tus olib, tuyg’ularimiz shom rangiga cho’kib turgan pallada bir sarkashlik, bir dilkashlik bilan aytilgan birgina misra bilan dildagi hazinlikni lablar erkiga ayirboshlovchi ustomondir u. Darhaqiqat, u ko’ngi mulki, odobmasalasidir. Siz-u bizga sir emaski, yurtimizni Xudo shoirdan siylagan, berardan siqmagan. So’z qudrati bilan ma’naviyat dovonlarini zabt eta olgan jahongirlar yurti bu. Qaysiki baytni o’qimaylik, qaysiki kitobniochmaylik ruhi olamimizbir qalqish, bir zirqirash tuyadi. Negaki, biz shunday adabiyotga, badiiyatga ega millatmizki, so’z bobida, til bobida oldimizga tushadigani yo’q.Biz xushzabon,so’zi davron, iqboli omon millatmiz. Ana shunday so’zda sobit ijodkorlardan biri Rauf Parfi O’zturkdir. Parfi Muhammad Amin Norquchoq o’g’li bo’lgan bu shoir yoshlayin badiiy so’z qudratini teran his qiladiki, qalamidan to’kilgan har misra kishini ba’zan o’ylantirib, ba’zan to’lqinlantirib yuboradigan badiiy qudratga ega. So’z maydonining bahodiri bo’lgan bu ijodkor misralaridagi yashovchanlik kishini lol qoldirmog’i turgan gap. Hamza ta’biri bilan aytganda:”Ikkisin xizmati farzdir, ikkisindin jon qarz”1 shiori ostida kuylagan shoir Turkiyning haqiqiy turkigo’y kuychisidir. Uning yozganlarida haqiqiy shoirning yuragi urib turadi. Maslagi, shiori, qismati she’riyatning o’q tomirlariga tutashib ketgan. Tasvirdagi mahorat, so’zdagi jasorat haqiqiy raufona uslub bilan kitobxonni qayta-qayta hayrat dengizga g’arq qilishi tabiiy. Shoirning o’zi shunday ta’kidlaydi:”Bitta gap aytishim mumkin: she’r yozish o’ta shaxsiy ish. Va shuningdek ba’zan uning yozilish sababini, shuningdek uning kimga bag’ishlanganini sir tutishga to’g’ri keladi”2. Darhaqiqat, ushbu ijodkor she’rlari narvonsiz osmonga ko’tarib qo’yilgan shaxslar haqida emas. 1HamzaHakimzodaNiyoziy.Tanlanganasarlar.Birinchitom.O’zSSRdavlatbadiiyadabiyot nashriyoti.Toshkent.1960.B-71 2RaufParfi.Tanlanganasarlar.Adabiyotnashriyoti.Toshkent.2023.B-14 148 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Har maqtalganda to’nlar kiydiradigan zamonlar haqida emas. Uning she’riyati nohaqlikdan yorib chiqqan yaralar haqida. Ba’zan begonalar oyog’i ostida ezilgan tuproq, toptalgan shan, unutilgan qadr-qimmat haqida. Joni yonib tursa-da bir “oh” deyolmagan mazlum, hokisor odamlar haqida. Yurak haqida, yuragi borlar haqida. Uning she’rlari ko’tarinki ruhiyat, ulkan yurak bilan o’qiladi. Misralararo mo’ltirab turgan haqiqat bazan o’qirman halqumiga tosh yanglig’ qadaladi. E’tiborli jihati shundaki, Rauf Parfi she’rlari hajman u qadar katta yozilmagan bo’lsa-da, mazmunan keng ko’lamda ifoda etilgan. Unda millatning, qo’yingki butun bashariyatning ustuvor mavzulari, qayg’ulari kuylanadi. Ba’zan shoir she’rlaridagi ayrim jumlalar hazmi kitobxonga bir qadar og’irlik qiladi. Negaki, birgina jumlada butun bir she’r uyg’otadigan taassurot, kayfiyat mujassam bo’ladi. Har bir jumla yaxlit bir she’rdek dunyoga kelgan. Quyida ayrimlarini berib o’tamiz: “Bu balki so’nggi she’r, bu balki vido”, “Axir hayot yo’qdir oftobsiz”, “Kechki quyosh turmaklar sochin”, “Mayda gapga javob sukunat”, “Xushomadni yoqtirmas ko’nglim”, “Men qaytib kelmasman hech qachon”, “Faqat sening yig’lashing yaxshi”, “Puflar kuyib ketgan quyoshni”, “Buyuk sevgi armoni qoldi”3. Darhaqiqat, har bir she’r bir koinotdirki, uning mo’jizalari hissi dunyoyimizda o’zgacha bir yangiliklar yasaganidek, undagi birgina jumla ruhi olamimizni to’s-to’polon qilib yubormog’i ham mumkin. Rauf Parfi ana shunday kishi ruhiyatiniyaxshi anglagan ustaomonso’z zargari edi. Istiqlol davrida shoir ijodiga qiziqish, u ilgari surgan g’oyalardan ilhomlangan, uning ijodini o’rganishga kirishish h

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi muommosi o‘rganilib, muallif ijodida turkiylar taqdiri, Turkiston muhabbati mavzusini keng yoritishdabadiiy mahorat masalalari ilmiy-nazariy tad…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi muommosi o‘rganilib, muallif ijodida turkiylar taqdiri, Turkiston muhabbati mavzusini keng yoritishdabadiiy mahorat masalalari ilmiy-nazariy tad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shoirning badiiy niyati, badiiy so’z qudrati, lirik tasvir mahorati, badiiy xotira, badiiy til, lirik ohang, turkona uslub
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники