К содержанию
РецензированоUZ2019

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Isomidinova MohizarxonG‘ofurjon qizi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 113-152 · 2019

Аннотация

The article analyzes the link between sustainable economic development and foreign investment, highlighting the role of investments through different economic theories and local expertperspectives. Kalit so‘zlar:Barqaror rivojlanish, xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy nazariyalar, ekologik muvozanat, innovatsiyalar, iqtisodiy maktablar. Ключевые слова: Устойчивое развитие,иностранные инвестиции, экономические теории, экологическое равновесие,инновации,экономическиешколы. Keywords: Sustainabledevelopment, foreign investment, economic theories, ecological balance, innovation,economic schools. Barqaror rivojlanish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻrtasidagi bogʻliqlik barqaror rivojlanish maqsadlarini joriy etish orqali qayta tiklandi. Biroq, rivojlanish va investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikbir necha o‘nyillar oldin paydo bo‘lgan. 2019-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlarisammitida “Barqaror rivojlanish uchun oʻn yillik harakatlar va yetkazib berish” orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtirish boʻyicha deklaratsiyani qabul qildi.1 BMT va uning O‘zbekistonda “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishish ustida ish olib borilmoqda: O‘zbekiston va butun dunyo aholisi duch kelayotgan asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan 17 ta o‘zaro bog‘liq va ulkan maqsaddan iborat. O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi global kun tartibida qo‘yilgan vazifalarni bajarish va “Barqaror rivojlanish maqsadlari” sohasidagi 16 ta milliy maqsadga erishish uchun ko‘plab manfaatdor tomonlar ishtirokidagi sheriklikkakeng qamrovli yondashuvga sodiqekanini tasdiqladi. Mamlakatimiz ijtimoiy– iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy rivojlanish strategiyasining bosh masalasi bo‘lib, barqaror va jadal sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hisoblanadi. Respublika iqtisodiy taraqqiyoti juda serqirra jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga iqtisodiy o‘sish, aholi 1UnitedNations,‘Politicaldeclarationofthe high-level politicalforumonsustainable development convenedunder theauspicesoftheGeneralAssembly’,NewYork,2020,https://undocs.org/en/A/RES/74/4(09.04.2020) 679 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X turmush faravonligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy o‘sishko‘rsatkichi qabul qilingan. Iqtisodiy o‘sish – bu jamiyat aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi yoxud yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga hisoblangan miqdori bilan ifodalanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sish – bu milliy iqtisodiyotda barqaror narxlar darajasi, ishsizlikning past darajasi, milliy valyutaning barqarorligi, kapitalni erkin harakati, uzoq muddatli davrda inflyatsiyaning past darajasida davlat tomonidan investitsiya va jamg’armalarni oshirishga sharoit yaratishdir. Barqaror rivojlanish – bu jamiyat a’zolarining o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlarini xavf ostida qoldirmagan holda, bugungi kun ehtiyojlarining qondirilishi tushuniladi. Barqaror iqtisodiy taraqqiyot – bu iqtisodiy o‘sishni, ijtimoiy rivojlanishni va ekologik holatni yaxshilashni birgalikda ta’minlaydigan, kelajak avlodning ehtiyojlarini qondirmasdan hozirgi avlodningehtiyojlarini qondirishga qaratilgan rivojlanishdir. Boshqacha qilib aytganda, barqaror iqtisodiy taraqqiyot – bu iqtisodiy rivojlanishning shunday turi bo‘lib, u kelajak avlodning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini kamaytirmay, hozirgi avlodning ehtiyojlarini qondiradi. Bu rivojlanishning uchta asosiy qismi bor: iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik; bu tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birga aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy rivojlanishdir. U ushbu resurslarni kelajak avlodlar uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash uchun monitoring va boshqarishni o‘z ichiga oladi. Bu narx bosimini keltirib chiqarmaydigan, resurslarni kamaytirmaydigan va atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazmaydigan iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qolishdemakdir. Barqaror iqtisodiy taraqqiyot iqtisodiy o‘sish jarayonining uzoq muddatli, ijtimoiy va ekologik jihatdan muvozanatli bo‘lishini anglatadi. Ushbu tushuncha BMT tomonidan Brundtland komissiyasining 1987-yilda chop etilgan “Bizning umumiy kelajagimiz” (Our Common Future) hisobotida keng yoritilgan. Hisobotga ko‘ra, barqaror taraqqiyot kelajak avlodlarning ehtiyojlarini xavf ostiga qo‘ymagan holdahozirgi avlodning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir. Barqaror rivojlanish Ekologik Iqtisodiy Ijtimoiy 1-rasm. Barqaror rivojlanish asosiy yo‘nalishlari.2 B

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the link between sustainable economic development and foreign investment, highlighting the role of investments through different economic theories and local expertperspectives.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the link between sustainable economic development and foreign investment, highlighting the role of investments through different economic theories and local expertperspectives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sustainabledevelopment, foreign investment, economic theories, ecological balance, xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy nazariyalar, iqtisodiy maktablar., Barqaror rivojlanish, innovatsiyalar, ekologik muvozanat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники