К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT VA HUQUQIY JAVOBGARLIK

SUN’IYINTELLEKT VA HUQUQIYJAVOBGARLIK

Международный журнал научных исследователей · 11 · 1043–1104 · 2026

Аннотация

Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining jinoyat huquqida javobgarlikka tortilishi masalasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi SI texnologiyalarining kundalik hayotga tobora keng kirib borayotganligi bilan bog‘liq. Jinoyat tarkibining asosiy elementlari – Aktus Reus va Mens Rea nuqtai nazaridan tahlil qilinar ekan, SI harakatlarida ong, niyat va ruhiy holat kabi subyektiv belgilar mavjud emasligi ko‘rsatiladi. Tahliliy va solishtirma-huquqiy metodlar asosidajinoyat javobgarligining amaldagi shakllari SIga tatbiqetilishi qiyin ekani asoslanadi. Tayanch so‘zlar: sun’iy intellekt, jinoyat javobgarligi, elektron shaxs, huquqiy subyekt, jinoyat tarkibi, mens rea, aktus reus, algoritmik qarorlar, niyat, javobgarlik modeli. Аннотатсия:В статье рассматривается вопрос возможности привлечения систем искусственного интеллекта к уголовной ответственности. Актуальность темы обусловлена всё более широким применением ИИ в повседневной жизни. С точки зрения состава преступления, подчёркивается отсутствие у ИИ таких субъективных признаков, как намерение, вина и психическое состояние. С применением аналитического и сравнительно-правового методов показано, что существующие формы уголовной ответственности трудно применимы к ИИ. Делается вывод о целесообразности возложения ответственностинаразработчикаилипользователя ИИ-системы. Ключевые слова:искусственный интеллект, уголовная ответственность, электронная личность, правовой субъект, состав преступления, mens rea, actus reus, алгоритмические решения,намерение,модель ответственности. Annotation:The article examines the issue of whether artificial intelligence systems can be subject to criminal liability. The relevance lies in the growing presence of AI in daily life. From the perspective of criminal elements, it is highlighted that AI lacks subjective characteristics such as intention, guilt, and mental state. Using analytical and comparative legal methods, the study argues that current forms of criminal liability are difficult to apply to AI systems. It concludes that responsibility is more appropriately assigned to the developer or user of the system. Key words:artificial intelligence, criminal liability, electronic personhood, legal subject, elements ofcrime, mens rea, actus reus, algorithmicdecision-making, intent, liabilitymodel. Zamonaviy dunyoda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanib, insoniyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kirib bormoqda. Kompyuter tizimlari endilikda nafaqat oddiy hisob-kitoblarni bajarish vositasi balki murakkab qarorlar qabul qilish, o‘z-o‘zini o‘rgatish va ma’lum ma’noda mustaqil harakat qilishimkoniyatiga ham ega bo‘lib bormoqda. Bu 560 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X esa, o‘z navbatida, huquqiy munosabatlar doirasida yangi tushuncha – “elektron shaxs” tushunchasini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Biroq, sun’iy intellektning huquq subyekti maqomini, ayniqsa uning huquqiy javobgarlik masalasini hal qilish zamonaviy yuridik fanning engmurakkab vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sun’iy intellektning shiddat bilan rivojlanishi yaqin kelajakda huquq nazariyasini tubdan qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi, chunki SI o‘zining intellektual qobiliyatlari bilan inson darajasiga yaqinlashgani sari, huquqiy munosabatlar doirasida uning o‘rni haqidagi savollardolzarblashib boradi [1]. Darhaqiqat, agar SIo‘zining harakatlari natijasidazarar еtkazsa, javobgarlik kimga yuklatilishi kerak – ishlab chiqaruvchiga, foydalanuvchiga yoki SI tizimining o‘zigami?Bu savolgajavob topish nafaqat nazariy, balkiamaliy ahamiyatga ham ega. Mustaqil qaror qabul qilishqobiliyatiga ega sun’iy intellekt tizimlari ko‘payib borayotgan bir paytda, ularga yuridik shaxs maqomini berish taklifi ilgari surilmoqda. Yevropa Parlamenti 2017 yilda robotlarga “elektron shaxs” maqomini berish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqqan bo‘lsa-da, bu taklif keng qo‘llab-quvvatlanmadi [2]. SI tizimlarining hozirgi rivojlanish bosqichida ularga huquq subyekti maqomini berish uchun zarur bo‘lgan asosiy komponent – haqiqiy ong va o‘zlikni anglash mavjud emasligi taklifni qo‘llab-quvvatlamaslikka sabablardan birideyish mumkin. Sun’iy intellekt javobgarligining asosiy muammosi uning bir maromli bo‘lmagan tabiatidir. Murakkab SI tizimlarida qaror qabul qilish jarayoni shunchalik ko‘p o‘zgaruvchilar va algoritmlarni o‘z ichiga oladiki, hatto uni yaratgan dasturchilar ham ba’zan SI nima uchun aynan shu qarorni qabul qilganini tushuntira olmaydilar. Bu esa, zarar еtkazilgan taqdirda, aybdorni aniqlashni murakkablashtiradi. SIvahuquqiy javobgarlik

Доказательный фрагмент

«Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining jinoyat huquqida javobgarlikka tortilishi masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining jinoyat huquqida javobgarlikka tortilishi masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, criminal liability, electronic personhood, legal subject, javobgarlik modeli., jinoyat tarkibi, niyat, algoritmik qarorlar, elektron shaxs, mens rea, aktus reus, huquqiy subyekt, sun’iy intellekt, jinoyat javobgarligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники