К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY-ME’MORIY YODGORLIKLAR VA ULARNI QAYTA TIKLANISHI

Yo'ldosheva Gulnoza Shukurovna

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026

Аннотация

Restoration of monumentsimplies not only therestoration oftheirappearance, but also their recreation in a state as close as possible to the original, while preserving the historical truth. Restored monuments will also contribute to the development of the tourism sector, increased economicactivity and strengthening thereputation of Uzbekistan in theinternational arena. Tarixiy-me’moriy yodgorliklar har bir xalqning o‘tmishi, madaniyati, san’ati, diniy e’tiqodi va me’morchilik salohiyatining ifodasidir. Ular o‘zida ming yillik tarixni, qadimiy urf- odatlarni, jamiyat taraqqiyot bosqichlarini mujassam etadi. Har bir tarixiy yodgorlik xalq xotirasining haykali bo‘lib, o‘tgan avlodlar hayot tarzini, tafakkurini, ijtimoiy va diniy qadriyatlarini aks ettiradi. Shu sababli bunday obidalarni asrab-avaylash, ularni tiklash vakelgusi avlodlarga yetkazish har bir jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi1. O‘zbekiston hududida joylashgan qadimiy shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Termizdagi me’moriy yodgorliklar jahonda mashhur bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos badiiy uslub, g‘oya va tarixiy mazmunga ega. Bu yodgorliklar orasida masjidlar, madrasalar, maqbaralar, minora va saroylar mavjud bo‘lib, ular o‘z zamonasining me’moriy taraqqiyoti va san’at darajasidan dalolat beradi. Aynan shuning uchun ham bu obidalarni tiklash ishlariga yondashuv chuqur ilmiy asoslangan, murakkab va mas’uliyatli jarayondir2. Yodgorliklarni tiklash nafaqat ularning tashqi ko‘rinishini tiklashni, balki tarixiy haqiqatni saqlab qolgan holda, asliyatga imkon qadar sodiq bo‘lgan holatda ularni qayta yaratishni nazarda tutadi. Tiklash jarayonida arxeologik qazilmalar, ilmiy izlanishlar, tarixiy manbalar va qadimgi loyihalardan foydalaniladi. Bunda ustalar, san’atshunoslar, tarixchilar, me’morlar va restavratorlar hamkorlikda ishlaydi. 3Maqsad 1I.A.Karimov–Yuksakma’naviyat–yengilmaskuch 2Sh.Raxmonov–O‘zbekistontarixiyobidalari 3H.Axmedov–Tarixiyyodgorliklarvaularnirestavratsiyaqilishasoslari 573 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X yodgorlikning faqat tashqi jozibasini emas, balki uning ichki ruhini, tarixiy funksiyasini, estetik qiyofasini tiklashdan iborat bo‘ladi. Qayta tiklangan yodgorliklar bugungi avlod uchun tarix bilan tirik muloqot qilish imkonini beradi. Ular orqali yoshlar o‘z o‘tmishi bilan tanishadi, ajdodlar ijodidan ilhom oladi, milliy g‘urur tuyg‘usi bilan yashaydi. Tiklangan yodgorliklar shuningdek, turizm sohasini rivojlantiradi, iqtisodiy faollikni oshiradi, xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘sini mustahkamlaydi. Ayniqsa UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan obidalarni tiklash ishlari xalqaro e’tibor markazida bo‘lib, bu boradagi tajriba boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda yurtimizda tarixiy yodgorliklarni qayta tiklash ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan SamarqanddagiShohi Zinda, Xivada Ichan qal’a, Buxorodagi Poyi Kalon majmuasi, Shahrisabzdagi Amir Temur saroyi qoldiqlari, Termizdagi Hakim Termiziy maqbarasi va boshqa ko‘plab me’moriy obidalar qayta ta’mirlandi va asl holatiga keltirildi. Bu boradagi ishlar zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy ustalik maktabi asosida olib borilmoqda. Tiklash ishlarida ekologik muvozanat, tarixiy haqiqat, hududiy landshaft va obidalar bilan uyg‘unlikka alohida e’tibor berilmoqda4. Yodgorliklarni tiklash orqali biz nafaqat ularning tashqi qiyofasini, balki xalqning tarixiy ongini, o‘zligiga bo‘lgan hurmatini, milliy g‘ururini ham tiklayapmiz. Chunki tarixiy obidalar orqali xalqning kimligi, qadriyatlari, tafakkur darajasi va madaniy merosi namoyon bo‘ladi. Shu sababli tiklash ishlari davomida har bir detaldagi mazmun, har bir naqshdagi ma’no chuqur tahlil qilinadi va ehtiyotkorlik bilan tiklanadi. Bu borada xalqaro tajriba, mahalliy an’analar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari uyg‘unlashadi. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va tiklash ishlari. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va tiklash ishlari har bir jamiyat uchun muhim va mas’uliyatli vazifadir. Yodgorliklar vaqt o‘tishi, tabiiy ofatlar, inson omili va boshqa sabablar tufayli yemirilishi,ko‘rinishini yo‘qotishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Shuninguchun ularni o‘z holicha saqlab qolish, asliga mos tarzda tiklash ishlari doimiy e’tiborni talab qiladi.5 Tiklash va saqlash jarayonlari nafaqat texnik, balki ilmiy va tarixiy izlanishlarga asoslanadi. Har bir detali, material tanlovi, ranglar uyg‘unligi va qurilish uslubi sinchiklab o‘rganiladi. Bu jarayonda arxiv hujjatlari, tarixiy rasmlar, yozma manbalar va mahalliy aholi xotiralari

Доказательный фрагмент

«Restoration of monumentsimplies not only therestoration oftheirappearance, but also their recreation in a state as close as possible to the original, while preserving the historical truth.»

Образец извлечения

Демо-превью

Restoration of monumentsimplies not only therestoration oftheirappearance, but also their recreation in a state as close as possible to the original, while preserving the historical truth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tiklash ishlari, tarixiy yodgorliklarni, moriy yodgorliklar, obidalarni tiklash, mas uliyatli, yodgorliklarni tiklash, tiklash nafaqat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники