К содержанию
РецензированоUZ2026

KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN DASTLABKI BILIMLAR

Oripova Oygul Alidjonovna · Fargʻonaviloyati Rishton tuman -son Politexnikumi · DASTLABKI BILIMLAR

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilar uchun kiberxavfsizlik asoslarini o‘rgatishning ahamiyati, zamonaviy raqamli xavf-xatarlar sharoitida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish zarurati yoritilgan. Informatika fani o‘qituvchilari uchun kiberxavfsizlik mavzusida ta'limiy faoliyatni qanday tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va o‘quvchilarning Internetdagi xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan savol-javob topshiriqlari keltirilgan. Maqola o‘quvchilarda raqamli madaniyat va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar:kiberxavfsizlik, o‘quvchilar, raqamli madaniyat, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, Internet xavfsizligi, kuchli parol, kiberzo‘ravonlik, raqamli texnologiyalar, informatik ta'lim, xavfsiz onlayn muhit. So‘nggi yillarda texnologiya va raqamli axborot tizimlari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa o‘quvchilar yoshligidan raqamli qurilmalardan foydalanishni o‘rganmoqda: onlayn darslar, ijtimoiy tarmoqlar, o‘yinlar, ma'lumot izlash va muloqot qilish ular uchun odatiy faoliyatga aylangan. Biroq raqamli dunyoda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar bilan bir qatorda, turli xavf va tahdidlar ham yuzaga chiqmoqda. Kiberhujumlar, shaxsiy ma'lumotlarning o‘g‘irlanishi, zararli dasturlar va kiberzo‘ravonlik (cyberbullying) kabi salbiy holatlar bolalar uchun katta xavf tug‘diradi. Shu nuqtayi nazardan, o‘quvchilarni yoshligidan kiberxavfsizlik asoslari bilan tanishtirish, ularga Internetda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish qoidalarini o‘rgatish va shaxsiy axborotni himoya qilish madaniyatini shakllantirish zarur bo‘lib qolmoqda. Kiberxavfsizlik bo‘yicha dastlabki bilimlar o‘quvchilarga nafaqat o‘zlarini himoya qilishga, balki atrofdagilarning xavfsizligiga ham befarq bo‘lmaslikka o‘rgatadi. Zero, raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik madaniyati jamiyatda xavfsiz, ongli va mas'uliyatli raqamli fuqarolarni yetishtirishda asosiy omil hisoblanadi. Kiberxavfsizlik tushunchasi va uning ahamiyati. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Bu jarayon, albatta, ta'lim tizimidan ham chetda qolmayapti. O‘quvchilar raqamli qurilmalardan keng foydalanib, o‘quv resurslariga kirishadi, bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar. Ammo Internet imkoniyatlaridan foydalanish bilan birga, turli kiberxavflar va tahdidlar ham yuzaga keladi. Shuning uchun kiberxavfsizlikni o‘rganish va unga amal qilish zamonaviy ta'limning ajralmas qismigaaylangan. Kiberxavfsizlik — bu shaxsiy, akademik va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlarni himoya qilish, raqamli muhitda xatarsiz harakat qilishni anglatadi. O‘quvchilar yoshligidan bu sohada boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsalar, kelajakda ular nafaqat o‘z shaxsiy xavfsizliklarini ta'minlaydilar, balki jamiyatda raqamli madaniyatni shakllantirishga ham hissa qo‘shadilar. Kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quvchilarga berilishi kerak bo‘lgan asosiy bilimlar quyidagilardan iborat: 519 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Shaxsiy ma'lumotlarning muhofazasi. O‘quvchilar shaxsiy ma'lumotlarni, jumladan, ismi, familiyasi, maktabi, telefon raqami, yashash manzili kabi ma'lumotlarni begona shaxslarga bermasliklari kerak. Ularni Internetda faqat ishonchli va rasmiy platformalarda, kerakli darajada himoyalangan holdaulashish mumkinligini o‘rgatish lozim. Kuchli va xavfsiz parollar yaratish. O‘quvchilarga parollarni to‘g‘ri va xavfsiz shakllantirish qoidalari o‘rgatilishi zarur. Kuchli parol — kamida 8 ta belgi, katta va kichik harflar, raqamlar va maxsus belgilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Parollarni doimiy ravishda yangilab turish vaboshqashaxslar bilan ulashmaslik odati shakllantirilishilozim. Internetda ehtiyotkorlik va hushyorlik. Internetdan foydalanayotganda noma'lum havolalarni ochmaslik, spam xabarlariga javob bermaslik, har qanday ilovalarni rasmiy do‘konlardan yuklab olish kabi oddiy, ammo hayotiy qoidalarni o‘quvchilarga o‘rgatish muhimdir. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina real hayotda tanilgan insonlar bilan do‘stlashish, maxfiylik sozlamalarini to‘g‘ri o‘rnatish kabi masalalar ham alohida e'tiborni talab qiladi. Kiberzo‘ravonlikdan himoyalanish. Raqamli makonda nafaqat texnik xavflar, balki psixologik xavf — ya'ni kiberzo‘ravonlik ham mavjud. O‘quvchilarga kiberzo‘ravonlikning qanday shakllari mavjudligi, agar unga duch kelsalar, qanday harakat qilishlari kerakligi (ota- onaga, o‘qituvchiga yoki mas'ul organlarga murojaat qilish)bo‘yicha ko‘rsatmalar berish lozim. Qurilmalar va dasturiy ta'minotni himoya qilish. O‘quvchilar o‘z qurilmalariga antivirus dasturlarini o‘rnatish, op

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilar uchun kiberxavfsizlik asoslarini o‘rgatishning ahamiyati, zamonaviy raqamli xavf-xatarlar sharoitida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish zarurati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilar uchun kiberxavfsizlik asoslarini o‘rgatishning ahamiyati, zamonaviy raqamli xavf-xatarlar sharoitida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish zarurati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsiz onlayn muhit., o‘quvchilar, raqamli texnologiyalar, kuchli parol, Internet xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik, raqamli madaniyat, kiberzo‘ravonlik, informatik ta'lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники