Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARBIY XIZMAT FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK ISHLARNING AHAMIYATI
EgamovElnur Esono‘g‘li
Международный журнал научных исследователей · 11 · 439-447 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada harbiy xizmatning turli sharoitlarda psixologik ishlarni olib borish, harbiy xizmatchilarning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va psixologik ishlarnitashkil etishning o‘ziga xoshususiyatlari nazariy jihatlari to‘g‘risidaso‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar:psixologiya, ijtimoiy hayot, psixologik bilimlar, psixologik xizmat, harbiy jamoalar, psixologik salomatlik, psixologik holat, psixologik xususiyat, harbiy jamoa, zamonaviyjang, jamoapsixologiyasi. Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. So’nggi yillarda mamlakatimizda aholiga hamda harbiy xizmatchilarga psixologik xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida jamyatimizda psixologlarga bo’lgan talabni yuqori ekanligini ko’rsatmoqda. Psixologik xizmatning asosiy vazifasi - tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi. Psixologik xizmatning uchala vazifasi o‘zaro chambarchas bog‘liq,ularning birgalikda olib borilishimaqsadga muvofiq. Bugungi kunda ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan harbiy xizmat tizimida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi-psixologlar doimiy ravishda mutaxassislik va pedagogik bilimlarini oshirib borishlari, yangi pedagogik va psixologik bilimlar bilan izchil tanishib borishlari, shuningdek kasbiy tajribani o‘zlashtirishyo‘lidaamaliy harakatlarni tashkil etaolishlari lozim. Psixologik xizmat ko‘rsatish, bu – harbiy qism, harbiy ta’lim muassasalari kabi muassasalarining harbiy xizmatchilari, harbiy jamoalar, turli toifadagi komandirlarning harbiy xizmatni o‘tash jarayonida ularning individual psixologik salomatligini, ijtimoiy-psixologik holatini, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini me’yorida saqlash maqsadida tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtiruvchi, amalga oshiruvchi, ta’minlovchi tizimli tashkil etilgan faoliyat turi xisoblanadi. Bu faoliyat turi, komandilar hamda ularning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining funksional majburiyatlari doirasida bajariladigan vazifalarning mazmunini individual-shaxsiy xususiyatlar va harbiy xizmat davomida vazifalarni bajarish uchun amalga oshiriladigan harakatlarmuvozanatini ta’minlovchi hisoblanadi. Tarixga nazar solsak shaxs qiyofasining psixologik xususiyatlari, harbiy xizmatchining shaxsiy-kasbiy fazilatlarini belgilovchi psixologik omillari va harbiy xizmatchi imijining psixologik jihatlarini o‘rganish borasida ilk ilmiy tadqiqotlar xorij psixolog olimlari izlanishlarida o‘z aksini topgan bo‘lsada, jahon harbiy san’atiga bebaho hissa qo‘shgan, buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur o‘z “Temur tuzuklari”da davlatni boshqaruvi va harbiy xizmatini tashkil etishda rahbar va amaldorlarning ruhiy sifatlarini e’tirof etib, ular qattiqo‘l, nihoyatda adolatli, lekin rahmdil, insonparvar, halol va pok bo‘lishini ko‘rsatgan. Shuningdek, sarkardalarni saralash va lavozimlarga qo‘yishda ularning nasl-nasabiga, aql- farosatiga, xalqparvarligiga, tinchlik sevarlik, sabr-toqatlilik, adolatparvarlik, ko‘tarinki ruhiy 446 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X holatiga, ziyrakligiga, malakasi va odamlar bilan murosa qilish fazilatlariga alohida e’tibor bergan”. Bu esa, Amir Temur o‘z faoliyatida hozirgi zamon psixologiyasining ijtimoiy- psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, etnopsixologiya, operativ faoliyat psixologiyasi va kasb psixodiagnostikasi ta’limotlaridan oqilonafoydalanganligini ko‘rsatadi [1;72b]. Shunday qilib, psixolog ishlarning asosiy ob’ekti sifatida shartnoma va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, safarbarlik resurlari, shuningdek, jangovar xarakatlar holatida harbiy burchni bajarishga jalb etilganlar hamda vaqtincha bo‘lsa ham tuzilgan harbiy jamoalardir. Shunga muvofiq psixologik ishlarning predmeti harbiy xizmatchi psixikasining harbiy-kasbiy faoliyatning turli sharoitlarida namoyon bo‘lishining o‘ziga xosliklari, shuningdek, psixologik jarayonlar, harbiy jamoa uchun xarakterli holatlar va xususiyatlarni. Psixologik ishlarning asosiy maqsadi harbiy xizmatchi va harbiy jamoada (qism, bo‘linmada) psixologik qonuniyatlarni ochib berish, jang va xizmat uchun zarur bo‘lgan jangovar sifatlar, shuningdek, tinchlik sharoitida va jangovar vaziyatlarda shaxsiy tarkib faoliyati samaradorligini oshirishning psixologik yo‘llarinishakllantirishdan iborat. Harbiy xizmat faoliyatining harbiy xizmatchi psixikasi va harbiy jamoa psixologiyas
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada harbiy xizmatning turli sharoitlarda psixologik ishlarni olib borish, harbiy xizmatchilarning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va psixologik ishlarnitashkil etishning o‘ziga xoshususiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada harbiy xizmatning turli sharoitlarda psixologik ishlarni olib borish, harbiy xizmatchilarning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va psixologik ishlarnitashkil etishning o‘ziga xoshususiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik bilimlar, harbiy jamoalar, psixologik salomatlik, zamonaviy jang, psixologik xizmat, psixologiya, psixologik holat, psixologik xususiyat, jamoa psixologiyasi., ijtimoiy hayot, harbiy jamoa
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025