К содержанию
РецензированоUZ2026

OILA: MA’NAVIY VA IJTIMOIY BARQARORLIK POYDEVORI

OILA:MA’NAVIY VAIJTIMOIYBARQARORLIK POYDEVORI

Международный журнал научных исследователей · 11 · 439- 447 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda avj olib borayotgan mafkuraviy hurujlar, ularni oldini olish yo‘llari va usullari, yoshlarni ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda oiladagi tarbiyaning o‘rni va roli ko‘rsatib berilgan. Tayanch so‘zlar:oila, mafkura, xuruj, g‘oyaviy tarbiya, estetika, ijtimoiy hayot, axborot, tarbiya, ma’naviy yuksalish, dunyoqarash, milliy g‘urur. Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf–odatlarimizni asrab–avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalalarining toboro dolzarb ahamiyat kasbetayotganligi uchun birqatorvazifalarni amalgaoshirish zarur. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu vazifani amalga oshirishda oilaning rolini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida oila inqirozining tahlikali ko‘rinishi ko‘zga tashlanmoqda. Ajralishlar, nomukammal oilalar, nikohsiz tug‘ilgan bolalar, oiladan tashqarida yashovchi shaxslar soni va hokazolar tobora ortib bormoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, xudbinlik kabi illatlar oilalarni buzilib ketishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin O‘zbekistonda oila mohiyat–e’tibori bilan ishonchlilik, barqarorlik kafolati, xalq ma’naviy sog‘lomligining mustahkam tayanchi ekanligini namoyon etmoqda. Bu birinchi navbatda, oilaning an’anaviy kuchli mavqei saqlanganligi, nikoh va oilaga umrbod ittifoq sifatida qarashning majburiyligi bilan izohlanadi. Darhaqiqat, oila – insonning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya maskanidir. Oila – mafkuraviy tarbiyannig eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydi va urf–odatlarimizni saqlaydi, kelajak avlodning qanday inson bo‘lib yetishishini belgilaydi. Milliy istiqlol g‘oyasini xalqimizning ongi va qalbiga singdirish orqali ularda ma’naviy, mafkuraviy immunitetni shakllantirar ekanmiz, u avvalo oiladan boshlanadi. Aynan bobolar o‘giti, otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali milliy g‘oya avloddan –avlodga, insondan–insonga o‘tadi, ong va shuurda muhrlanib boradi. Har tomonlama iqtisodiy, ma’naviy–ma’rifiy, madaniy, axloqiy, g‘oyaviy– tarbiyaviy jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila negizidagi jamiyat va mamlakat mustahkam bo‘ladi. Oiladagi sog‘lom muhit–sog‘lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Har qaysi millatning o‘ziga xoc ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topadi. Oila muhitida paydo bo‘ladigan ota –onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Darhaqiqat, insonning eng sofvapokizatuyg‘ulari, ilk hayotiy tushunchavatasavvurlari birinchi galda oiladashakllanadi. Ma’lumki, tarbiya - inson shaxsi, ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta’lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berishdir. Inson 449 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog‘langan jarayondir. Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiyaning mushtarakligi haqida shunday yozadi: «Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchi - tarbiya oluvchi, amal qiluvchi demakdir»1. O‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning kattalari – bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. Aytish mumkinki bir oilada uch avlod bir bo‘lib yashashadi. Uch avlodnnig hayotiy tajribasi bir qozonda qaynaydi. Agar bir odam misol uchun 70 yoshga kirsa, u o‘zidan yetmish yil oldingi tajribalarni ham katta-kichikdan eshitib yurib o‘zlashtirib oladi. Ana shu tajribalarni kattalar kichiklarga o‘rgatadilar, an’analar silsilasi uzilish bilmay davom etaveradi. Azaliy udumga binoan, bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra bobo buvilarning ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi. Bunday tarbiya an’anasi buyuk ajdodlarimiz taqdirida muhim o‘rin tutgan. Masalan, Amir Temurning nevaralari tarbiyasi bilan ularing onalari emas, ulug‘ bobolari – buvilari shug‘ullangan. Xususan, Shohruh Mirzo, Muham

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda avj olib borayotgan mafkuraviy hurujlar, ularni oldini olish yo‘llari va usullari, yoshlarni ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda oiladagi tarbiyaning o‘rni va roli ko‘rsatib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda avj olib borayotgan mafkuraviy hurujlar, ularni oldini olish yo‘llari va usullari, yoshlarni ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda oiladagi tarbiyaning o‘rni va roli ko‘rsatib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy g‘urur., tarbiya, xuruj, axborot, oila, g‘oyaviy tarbiya, dunyoqarash, mafkura, estetika, ma’naviy yuksalish, ijtimoiy hayot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники