Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA TA’LIM TIZIMIDA YOSH DAVRLARI
Shukrullayev Jahongir
Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Turkiya ta’lim tizimlarida yosh davrlari va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Har ikki mamlakatda bolalarning yoshiga qarab ta’lim bosqichlariga ajratish tizimi mavjud bo‘lib, bu bosqichlar mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, tarixiy, madaniy va metodologik jihatlarda farqlanadi. Yosh davrlarini aniqlashda psixologik, pedagogik va sotsiologik yondashuvlar muhimrol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: Yosh davrlari, ta’lim tizimi, pedagogika, maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim, O‘zbekiston,Turkiya. Ta’lim tizimi – bu jamiyatda shaxsni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi asosiy ijtimoiy institutlardan biridir. Har bir insonning individual rivojlanish jarayoni, ayniqsa, yosh davrlarining to‘g‘ri aniqlanishi ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Turli mamlakatlarda yosh davrlarini ajratish metodikasi o‘ziga xos bo‘lib, u ta’lim siyosati, madaniy qadriyatlar, tarixiy rivojlanish va xalqaro tajribalarga asoslanadi.O‘zbekiston va Turkiya davlatlari mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlagan, o‘z ta’lim tizimlarini milliy va xalqaro talablar asosida takomillashtirib borayotgan davlatlardandir. Har ikki mamlakatda yosh davrlariga oid tasniflarmaktabgacha yoshdan to oliyta’limgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. 1. O‘zbekistonda yosh davrlari va ta’lim tizimi:O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi davlat tomonidan belgilangan qonun vanizomlarga asosan tashkiletilgan.Ta’limqonuniga ko‘ra, bolalar 3 yoshdan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etiladi. Umuman olganda, quyidagi yosh davrlari mavjud: Maktabgacha ta’lim (3–6 yosh): Bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqi, jismoniy rivojlanishi, emotsional-intellektual tayyorgarligi shakllantiriladi. Bog‘cha yoki oilaviy maktabgacha ta’limxizmatlari mavjud. Boshlang‘ich ta’lim (7–10 yosh): 1–4-sinflar. O‘quvchilarda o‘qish, yozish, hisoblash, tabiatnikuzatish kabi ko‘nikmalarshakllantiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim (11–15 yosh): 5–9-sinflar. Asosiy fanlar chuqur o‘rgatiladi. Psixologik jihatdan qiyin davr hisoblanadi (o‘smirlik bosqichi). O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi (15–18 yosh): Bu bosqichda o‘quvchilar akademik litsey yoki kasb-hunar maktablariga yo‘naltiriladi. Ixtisoslashuv boshlanadi. Oliy ta’lim (18 yoshdan boshlab): Bakalavriat (4 yil), magistratura (2 yil) va doktorantura (3yilgacha). Yosh davrlarini belgilashda A.V. Petrovskiy, L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin kabi psixologlar nazariyalari asos qilib olinadi. 265 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 2. Turkiyada yosh davrlari va ta’lim tizimi:Turkiya Respublikasi ta’lim tizimi ham davlat tomonidan boshqariladi va Milliy Ta’lim Vazirligi (MEB) tomonidan tartibga solinadi. Turkiyada yosh davrlari quyidagicha tasniflanadi: Okul Öncesi Eğitim (3–5 yosh): Maktabgacha ta’lim bolalar bog‘chalarida tashkil etiladi.Ijtimoiylashuv, nutq, ijodiy fikrlash rivojlantiriladi. İlkokul (6–9 yosh): 1–4-sinflar. Boshlang‘ich ta’lim maktablarida o‘quvchilar asosiy savodxonlikva axloqiy tarbiya oladilar. Ortaokul (10–13 yosh): 5–8-sinflar. Matematika, fizika, tarix, dinshunoslik fanlari o‘rgatiladi. Lise (14–17 yosh): 9–12-sinflar. Umumiy litsey, ilmiy litsey va kasbiy litsey turlari mavjud.Ixtisoslashgan o‘qitisholib boriladi. Üniversite(18+ yosh): Bakalavriat (4yil), magistratura (2 yil), doktora(3 yilgacha). Turkiya ta’limida yoshga oid yondashuvlarda Piaget, Erikson va Kohlberg kabi olimlarning nazariyalariga asoslaniladi. Shuningdek, yevropacha “kompetensiya asosida o‘qitish” yondashuvi faol qo‘llaniladi. 3.O‘xshashliklarvafarqlar: O‘xshashliklar: Har ikki mamlakatda ta’lim tizimi bosqichlarga ajratilgan va majburiy ta’lim 9-sinfgacha davom etadi. Maktabgacha ta’lim 3yoshdan boshlanadi. Boshlang‘ich ta’lim4yil davom etadi. Oliyta’limbosqichi deyarli birxil:bakalavriat, magistratura va doktorantura. Farqlar: Mezoni O‘zbekiston Turkiya Boshlang‘ich ta’lim 7yosh 6yosh yoshi 9-sinfgacha umumiy ta’lim, keyin 8-sinfgacha umumiy ta’lim, 9–12- O‘rta ta’limtuzilmasi litsey/kasb-hunar sinfdalitsey Pedagogik Yevropa tajribasi, kompetensiya Sovetchava milliyusullarasosida yondashuvlar yondashuvi Ixtisoslashuv 15yoshdan 14yoshdan boshlanishi Xulosa O‘zbekiston va Turkiya ta’lim tizimlarida yosh davrlari o‘quvchilarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishini hisobga olgan holda belgilangan. Har ikki davlatda bu jarayon pedagogik va psixologik nazariyalar asosida shakllangan bo‘lib, o‘ziga xos madaniy va tarixiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston sovet davridan qolgan tizimni milliylashtirish yo‘lida harakat qilayotgan 266 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC R
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston va Turkiya ta’lim tizimlarida yosh davrlari va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston va Turkiya ta’lim tizimlarida yosh davrlari va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkiya., o‘rta ta’lim, O‘zbekiston, maktabgacha ta’lim, pedagogika, Yosh davrlari, ta’lim tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026