К содержанию
РецензированоUZ2026

FAZOVIY SHAKLLARNI GEOMETRIYA DARSLARIDA OSON VA QULAY USULDA OʻQITISH

Mustafayeva MuniraAbduxakimovna

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktab geometriya darslarida fazoviy shakllarni o‘rgatishning samarali va qulay metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Fazoviy tasavvurni rivojlantirish, uch o‘lchamli shakllarni tasvirlash, modellash va o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maqolada didaktik vositalar, vizual materiallar va interaktiv usullardan foydalanish orqali fazoviy shakllarni tushuntirish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sinfda va onlayn darslarda qo‘llanilishi mumkinbo‘lgan innovatsiontexnikalar misollarbilan asoslanadi. Kalit so‘zlar:fazoviy shakllar, geometriya darslari, vizualizatsiya, didaktik materiallar, innovatsionmetodlar, maktab ta’limi, fazoviytafakkur. Asosiy qism. Fazoviy shakllar va ularni o‘qitishdagi muammolar. Fazoviy shakllar — buuch o‘lchamli jismlarbo‘lib, ularuzunlik, kenglik va balandlik kabi o‘lchovlarga ega. Bunday shakllarga kub, prizma, piramida, silindr, konus va shar kabi jismlar kiradi. Geometriya darslarida bu shakllarni o‘rganish orqali o‘quvchilar nafaqat ularning geometrik xossalarini, balkireal hayotdagi qo‘llanilishini ham tushunibboradilar. Ammoushbu shakllarni tushuntirish vao‘rgatishda birqancha muammolar yuzaga chiqadi: Ko‘rgazmali vositalarning yetishmasligi: Maktablarning ko‘pchiligida fazoviy jismlarning modellarini ko‘rsatish uchun yetarli didaktik vositalar mavjud emas. Bu o‘quvchilarning tasavvur qilish qobiliyatini cheklaydi. O‘quvchilarda fazoviy tafakkurning rivojlanmaganligi: Ba’zi o‘quvchilar uch o‘lchamli jismlarni faqat rasmda yoki tekislikda ko‘rishadi, ularni hajmli tasavvur qilishda qiynaladilar. An’anaviy dars metodlarining cheklanganligi: Nazariy tushunchalarning ko‘pligi va amaliy mashg‘ulotlarning yetarli emasligi darslarni zerikarli va tushunarsizholga keltirishi mumkin. Texnologik vositalardan foydalanilmasligi: Ko‘plab maktablarda raqamli texnologiyalar, 3D modellashtirish dasturlari yoki interaktiv doskalar mavjud bo‘lmagani sababli, o‘qitish jarayoni faqat og‘zaki vataxtadagi chizmalarbilan cheklanadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun o‘quv jarayoniga zamonaviy metodikalar, ko‘rgazmali vositalar va texnologiyalarni jalb qilish lozim. Keyingi bo‘limda ana shunday samarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Vizual va amaliy yondashuvlarning ahamiyati. Geometriya darslarida fazoviy shakllarni samarali o‘rgatishda vizual (ko‘rgazmali) va amaliy yondashuvlar katta rol o‘ynaydi. Chunki fazoviy tushunchalar faqat nazariy ma’lumotlar orqali emas, balki ko‘rish, ushlash, aylantirish, taqqoslash kabi faol harakatlar orqali yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Vizual yondashuvning afzalliklari: O‘quvchilar murakkab shakllarni ko‘z oldida canli ko‘rib, yaxshiroq tushunishadi. Rangli, harakatlanadigan 3D modellar yoki grafik tasvirlar diqqatni jalb qiladi va motivatsiyani oshiradi. Interaktiv doskalar orqali shakllarning kesimlari, burilishlari yoki hajmi dinamik tarzda namoyish etilishi mumkin. Amaliy yondashuvning afzalliklari: O‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan karton, plastilin, yog‘och, qog‘oz yoki boshqa materiallardan fazoviy jismlarni yasash orqali mavzunimustahkam anglaydilar. 276 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Jismoniy modellar bilan ishlash fazoviy tafakkur, koordinatsion qobiliyat va muhandislik asoslariga oid bilimlarni rivojlantiradi. Guruh bo‘lib modellashtirish orqali o‘quvchilar orasida ijtimoiy ko‘nikmalar va jamoaviy ishlash madaniyati shakllanadi. Masalan, prizma yoki piramida yasash topshirig‘i berilganida, o‘quvchilar har bir qirra, sirt va cho‘qqining qanday joylashganini amalda ko‘rib chiqadilar. Bu esa mavzuni chuqurroq anglashga va uni eslab qolishga yordam beradi. Vizual va amaliy yondashuvlar birgalikda qo‘llanilganda darslar jonli, interaktiv va samarali kechadi. Bu metodlar orqali hattoki qiyin mavzular ham oson tushunarli bo‘libqoladi. Zamonaviy texnologiyalar va o‘qitishdagi innovatsion usullar. Axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga chuqur kirib kelgan hozirgi davrda fazoviy shakllarni o‘rgatishda raqamli vositalardan foydalanish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Quyida ushbu sohadagi eng samarali usullar keltiriladi: 3D modellashtirish dasturlari: SketchUp, GeoGebra 3D, Tinkercad kabi bepul onlayn platformalar orqali o‘quvchilar turli fazoviy shakllarni yaratish, ularni aylantirish, kesish va hajmini o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu dasturlar orqali shakllarni har xil burchakdan ko‘rib, ularning tuzilishini chuqurroq tushunishadi. Virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR): Mobil qurilmalardagi AR ilo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktab geometriya darslarida fazoviy shakllarni o‘rgatishning samarali va qulay metodik yondashuvlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktab geometriya darslarida fazoviy shakllarni o‘rgatishning samarali va qulay metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab ta’limi, didaktik materiallar, fazoviy shakllar, fazoviy tafakkur., vizualizatsiya, innovatsion metodlar, geometriya darslari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники