К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA FANIDA MATNLI MASALALAR YECHISH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Sherqulova O‘g‘iloy · QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH (GulistonDavlat Pedagogika Instituti,Dotsenti,Pedagogika fanlarnomzodi)

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning matnli masalalar yechish qobiliyatlarini rivojlantirishga,fikrlash qobiliyatini o‘stirishgaqaratilgan. Kalit so‘zlar:Matnli masala,fikrlash qobiliyati,dars ,faoliyat tajribasi,arifmetik amallar,pedagogik texnologiyalar. Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo’yicha bilimlar berish bilan birga ularga o’rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo’lishini ta'minlash, ularni qo’llay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari uchun zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta'limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Shu nuqtai nazardan o’quv jarayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli, ularning to’plagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish usullariga va ularni qo’llashga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta'lim mazmuni va o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish ,o’zaro aloqadorlikda va o’quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo’shgan holda o’qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo’llash o’qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf matematikasida matnli masalalar muhim o‘rinni egallaydi. Arifmetik amallar orasidagi mavjud mazmunni ochishda tegishli oddiy matnli masalalardan foydalaniladi. Matnli masalalar bolalarni matematik munosabatlar bilan tanishtiruvchi muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Matnli masalalar bir qator geometrik masalalarni shakllantirishda, shuningdek algebra elementlarini qarab chiqishda yordam beradi. Bolalarni, masalan, baho, miqdor, qiymat, vaqt, tezlik va masofa orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan tanishtirishda matnli masalalarning ahamiyati juda katta. Oddiy masalalar birinchi sinfdan boshlab o‘rgatiladi va yechiladi. Matnli masalalar boshlang‘ich matematika darslarida boshqa muhim vazifalarni ham bajaradi, ular bolalarda mantiqiy fikrlashni, tafakkur qilishni, dunyoqarashni kengaytiruvchi va malakalarini oshiruvchi foydali vosita ham bo‘ladi. Bolalarga matnli masalalarni yechishga o‘rgatishning ahamiyati ular ustida ish olib borish uslubiga bog‘liq. Matnli masalalar yechishda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga matematika o‘qitishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining dars o‘tish jarayonida foydalanadigan uslubiga bog‘liq. Bu dars jarayoninig jihozlanishi va ko‘rgazmali qurollardan foydalanilishi ham muhim ahamiyatga ega. Matnli masalalar – bu real hayotiy vaziyatlarga asoslangan, o‘quvchilarni mustaqilfikrlashga undaydigan topshiriqlardir. Ularorqali: 287 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X  O‘quvchining mantiqiy fikrlash qobiliyati oshadi;  Matematik tildafikrlash vayozish malakasi shakllanadi;  Hayotiy muammolarni hal qilishgayo‘naltirilgan amaliy ko‘nikmalar rivojlanadi;  Mustaqil qaror qabul qilish, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matnli masalalarni yechishda ko‘pincha quyidagi muammolarga duch keladilar: 1. Matnni tushunmaslik – o‘quvchilar masala matnini to‘liq anglab yetmaydi, so‘zlar ma’nosinito‘g‘ri tushunmaydi. 2. Tahlilqilaolmaslik –berilgan ma’lumotlarorasida bog‘liqlikni aniqlashdaqiynaladi. 3. Matematik model tuza olmaslik – masalani tenglama yoki arifmetik amal orqali ifodalashda muammolarmavjud. 4. O‘z fikrini ifoda eta olmaslik – natijani tushuntirib bera olish malakasi sust rivojlangan bo‘ladi. Ushbumuammolarnibartaraf etish yo‘llari:  Interaktiv metodlardan foydalanish: rolli o‘yinlar, guruhlarda ishlash, "fikrlar jarchisi", "savol-javob" texnologiyalari orqali o‘quvchini faol o‘rgatish.  Grafik va vizual yordamlar: sxema, chizma, jadval, rasmlar orqali masala mazmunini tushuntirish.  Bosqichma-bosqich o‘rgatish: masalani tahlil qilish, reja tuzish, hisoblash va natijani tekshirishbosqichlarini alohidamashq qilish.  Hayotiy misollarga asoslanish: o‘quvchilar uchun qiziqarli va real hayotga yaqin masalalar tuzishorqali ularni faol ishtirok etishga undash.  Didaktik o‘yinlardan foydalanish: "Top, hisobla, izohla", "Kim tezroq va to‘g‘ri yechadi?"kabi o‘yinlar orqali qiziqishnioshirish. Zamonaviy texnologiyalarning roli: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va raqamli resurslar matnli masalalarni o‘rganishda samarado

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning matnli masalalar yechish qobiliyatlarini rivojlantirishga,fikrlash qobiliyatini o‘stirishgaqaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning matnli masalalar yechish qobiliyatlarini rivojlantirishga,fikrlash qobiliyatini o‘stirishgaqaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Matnli masala, pedagogik texnologiyalar., arifmetik amallar, faoliyat tajribasi, fikrlash qobiliyati, dars
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники