К содержанию
РецензированоUZ2026

SARLAVHA INTERTEKSTUALLIKNING TURI SIFATIDA

SARLAVHAINTERTEKSTUALLIKNING TURI SIFATIDA

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sarlavha va matn o‘rtasidagi bog‘liqliklar, uning matn tarkibidagi roli, adabiy va ilmiy asarlardagi sarlavhalar intertesktual sarlavhalar tahlili haqida fikr va mulohazalar haqida so‘z boradi. Jumladan, sarlavhaning intertekst sifatida qaralishi haqida fikrlar keltiriladi, ta’rif beriladi, sarlavhaning intertekstuallik turi sifatidagi o‘rni va badiiy matn kontekstidauninglingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Kirish. Bizga ma’lumki, tilshunoslikda intertekstuallik tushunchasi matnshunoslik va stilistika doirasida keng o‘rganiladi. Bunda sarlavha matn tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos lingvistik va semiotik yuklamaga ega bo‘lib, matn bilan bog‘liq intertekstual aloqalarni yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Sarlavha nafaqat matnning nomi, balki o‘quvchida ma’lum bir assotsiatsiyalarni shakllantiruvchi, boshqa matnlar bilan bog‘liq intertekstual maydon yaratadigan vosita hisoblanadi. Sarlavhadagi eng muhimjihatlar, odatda, quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Qisqalik. Sarlavha qisqa va aniq bo‘lishi kerak, u o‘quvchini tezda jalb qilishi kerak. U juda uzun bo‘lmasligi kerak, chunki uzun sarlavhalar o‘quvchining e‘tiborini yo‘qotishi mumkin. 2. Mazmun. Sarlavha maqolaning asosiy mazmuniniaks ettirishi lozim.O‘quvchi sarlavhani o‘qib, nimahaqidagapirilganini bilishikerak. 3. Qiziqarli bo‘lishi. Sarlavha o‘quvchini qiziqtirishi, ularni maqolani o‘qishga undashi kerak. Bu uchun ba’zansavol yoki jozibali iboralar ishlatiladi. 4. Yangi va dolzarb bo‘lishi. Agar maqola aktual mavzu haqida bo‘lsa, sarlavha o‘sha mavzuga oidyangi vadolzarb elementlarni o‘zichiga olishi kerak. Sarlavha badiiy matnning ajralmas qismi bo‘lib, u nafaqat matnning mavzusi yoki g‘oyasini ifodalaydi, balki o‘quvchini ma’lum intertekstual maydonga olib kiradi. Badiiy adabiyotda sarlavhalar ko‘pincha boshqa matnlarga ishora qiladi yoki tarixiy-kulturologik kontekstniaks ettiradi. Masalan: a) iqtiboslar asosidagi sarlavhalar: mashhur iboralar, tarixiy matnlar, diniy manbalar bilan bog‘liqsarlavhalar; b) alluziyaviy sarlavhalar: Adabiy va madaniy konnotatsiyalar yaratish orqali matnni oldindanma’lum birdoiraga joylashtirish; c) reministsensiya asosidagi sarlavhalar: Oldingi matnlar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqbo‘lgansarlavhalar. Sarlavha matn va o‘quvchi o‘rtasidagi ilk aloqa nuqtasi bo‘lib, uning asosiy vazifalari bor. Avvalo, matnning mazmunini anglatish va o‘quvchini yo‘naltirish, o‘quvchida ma’lum assotsiatsiyalarni uyg‘otish hamdamatn ichidagi intertekstual bog‘lanishlarni shakllantirish. Asosiy qism. Badiiy matn sarlavhasi odatda yashirin yoki bevosita intertekstual ishoralarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali u o‘quvchiga muallifning boshqa matnlarga bog‘liq ma’nolarini anglashga yordam beradi. Sarlavha badiiy matnda muhim intertekstual bog‘lovchi sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi: matnning semantik maydonini kengaytirish – o‘quvchi sarlavha 81 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X orqali boshqa matnlarga ishora topishi mumkin. Keyingisi o‘quvchining ma’lum bilim va tajribasiga asoslanish bo‘lib, unda sarlavha boshqa matnlar bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘quvchi uni o‘z bilimiasosida to‘ldiradi. Sarlavhaning badiiy matndagi semantik yuklamasi, uning ma’nosiga qo’shimcha bir qavat yoki qatlam qo‘shib, o‘quvchi yoki tinglovchiga chuqurroq va rang-barang tushunchalarni yetkazadigan elementlarni anglatadi. Badiiy matnda sarlavha nafaqat matnning asosiy mazmunini aks ettiradi, balki u o‘quvchini qiziqtirish, uning e’tiborini jalb qilish hamda matnningestetik va hissiyyuklamasini oshirishuchun ishlatiladi. Semantik yuklama esa, sarlavhada ko‘rsatilgan so‘zlar yoki iboralar orqali o‘quvchiga muayyan tasavvur, his-tuyg‘u yoki ruhiyatni yaratish jarayonini anglatadi. Badiiy matnning sarlavhasidagi semantik yuklama quyidagi yo‘llarorqali ifodalanishi mumkin: Metafora va boshqa badiiy uslublar: Sarlavha ko‘pincha bevosita ma’nodan ko‘ra, tasvirli yoki ramziy ma’noda ishlatiladi. Masalan, “Olovli tong” sarlavhasi nafaqat ertalabki vaqtni anglatadi, balki ehtimol,biron birqiyinchilik yoki yangi boshlanishni ramzlashishimumkin. Ton varuhiyat: Sarlavha o‘quvchiga muayyan ruhiyatni yoki kayfiyatni yetkazishi mumkin. Masalan, “Sukunat so‘nggisi” sarlavhasi muqobil ravishda tinchlik yoki yo‘qotish bilan bog‘liq noaniq vaog‘ir kayfiyatni ifodalashi mumkin. Konnotatsiya: Sarlavhada ishlatilgan so‘zlar o‘zlarining asosiy ma’nosidan tashqarida, qo‘shimcha tasavvur yoki his-tuyg‘u bilan bog‘lanishi mumkin. Misol uchun, “Xayolotning izlari” sarlavhasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosi bilan birga, muayyan sirli yoki o‘tmishga oid tasavvurlarni ham keltirishimumkin. Xu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sarlavha va matn o‘rtasidagi bog‘liqliklar, uning matn tarkibidagi roli, adabiy va ilmiy asarlardagi sarlavhalar intertesktual sarlavhalar tahlili haqida fikr va mulohazalar haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sarlavha va matn o‘rtasidagi bog‘liqliklar, uning matn tarkibidagi roli, adabiy va ilmiy asarlardagi sarlavhalar intertesktual sarlavhalar tahlili haqida fikr va mulohazalar haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bog liq, sarlavha matn, nafaqat matnning, boshqa matnlarga, badiiy matn, liq intertekstual, sarlavha nafaqat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники