Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEKISTONDA MAXSUS TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARASI
Yakubova AsalxonUlug'bek qizi
Международный журнал научных исследователей · 11 · 2026
Аннотация
В этой статье представлена информация о педагогической технологии,роли педагогической технологиив современномглобализационномпериоде,воспитании детей с отклонениями в развитии,положительном значении и применении педагогической технологиивразвитии ихречи. Annotation:This article provides information on pedagogical technology,the role of pedagogical technology in the current globalizing period,education of children with developmental disabilities,the positive importance and application of pedagogical technology in the development oftheir speech. Kalit so'zlar:pedagogik texnologiya,diagnostika,vosita,metod,korreksion ish,ro'lli o'yin,rivojlnishididanuqsoni bo'lgan bola,individualyondashuv,diqqat. Ключевыеслова:педагогическая технология,диагностика,средство,метод,коррекционная работа,ролевая игра,ребенок с отклонениями в развитии,индивидуальный подход,внимание. Keywords:pedagogical technology,diagnostics,tool,method,correctional work,roller game,development,child withdisabilities, individual approach, attention. Hozirgi davrda maxsus pedagogika sohasi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, nogironligi bo‘lgan shaxslar va maxsus ehtiyojli bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda yangi yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiyalar, ayniqsa, maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashish va ularning ijtimoiy moslashuvini osonlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola O‘zbekistonda maxsus pedagogikada qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarning samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Maqolada pedagogik texnologiyalarning turlari, ularning maxsus ta’limdagi o‘rni, natijalari va kelajakdagi istiqbollari ko‘rib chiqiladi.Maxsus pedagogika sohasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘quv jarayoniga moslashishini osonlashtiradi, ularning kognitiv, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va maxsus ta’lim muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar soha rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, ushbu 6 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue1,April2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X texnologiyalarning samaradorligini baholash va ularni yanada takomillashtirish zarurati dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik texnologiya - ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va uslublari majmui hamdir. Ta’lim va tarbiya jarayonini optimal tashkil etishdir. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab, o‘quvchi va o‘quvchilarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl hajmni o‘zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyaning ob’ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv jarayonlari ta’lim-tarbiyaning mazmuni, usul va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimi: fan va texnika yangiliklarini o‘zida mujassamlashtirishtiradigan o‘quv jarayonidir. Pedagogik texnologiya ta’limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: o‘quvchi va pedagog shaxsining jadal rivojlanishi; o‘quvchi va pedagoging hamkorlikdagi faoliyati va muloqotining demokratlashuvi; barkamol insonni shakllantirish faoliyati; o‘quv-tarbiya jarayonining yanada insonparvarlashuvi; ijodiy o‘qitishga yo‘nalganlik; o‘quvchining kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beradigan vositalar, metodlar va texnologiyalarning modernizatsiyasi. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta’rifini keltiradi: "Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir". Pedagogika lug‘atida pedagogik texnologiya tushunchasi mustaxkam o‘rin egalladi. Biroq uni tushunish va qo‘llashda turli farqlar mavjud: -Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini realizatsiyalashning mazmuniy texnikasi (V.P. Bespalko); -Pedagogik texnologiya - ta’limning rejalashtirilayotgan natijalariga erishish jarayoni tavsifi (V.P. Volkov); -Pedagogik texnologiya - shubhasiz o‘quvchi va o‘qituvchi uchun qulay sharoit ta’minlangan, o‘quv jarayonini loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha birgalikdagi pedagogik faoliyatning barcha detallari xisobga olingan modeli (V.M. Moxanov); Pedagogik texnologiya - texnika va inson resurslarini hisobga olgan, o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yadigin o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning butun jarayonini
Доказательный фрагмент
«В этой статье представлена информация о педагогической технологии,роли педагогической технологиив современномглобализационномпериоде,воспитании детей с отклонениями в развитии,положительном значении и применении педаг…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье представлена информация о педагогической технологии,роли педагогической технологиив современномглобализационномпериоде,воспитании детей с отклонениями в развитии,положительном значении и применении педаг… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogical technology, diagnostics, tool, method, correctional work, roller, pedagogik texnologiya, rivojlnishidida nuqsoni bo'lgan bola, diagnostika, individual yondashuv, vosita, diqqat., korreksion ish, metod, ro'lli o'yin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024