Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMTA’LIM MAKTABLARI TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK JIHATLARINI TADQIQ ETISH
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK · JIHATLARINI TADQIQ ETISH · Karimova Maxbuba Мukimjonovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
тhis article reveals the theoretical and methodological aspects of the use of digital technologies to improve the quality of education in secondary schools. Keywords: quality of education, international quality standards, quality of education, approaches, models, digital technologies, secondary schools. Mamlakatimizning umumta’lim maktablarida axborotning an’anaviy va elektron tashuvchilari, virtual kutubxonalar, elektron didaktik apparatlar bazasi yaratilmoqda. Ta’lim ehtiyojlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish va shu sohadagi texnologiyalarni joriy etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF- 5712-son farmonida «umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish, mavjud darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘qitish usullarini takomillashtirish, muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy tavsifdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish» kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Dunyo hamjamiyatida AK va raqamli texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishi ta’lim sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy dasturiy vositalar ta’lim axborot muhitining alohida infratuzilmasi hisoblanadi va ta’lim jarayonida keng qo‘llaniladi. Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli 3 61 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv yurtlaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Uzluksiz ta’lim tizmida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini takomillashtirish, ularga zaruriy va yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish asosida ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari, hukumat qarorlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari (UO‘TM)da mavjud muammolarining yechimini topish, ta’lim sifatini oshirishni demokratik tamoyillar va innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirishni taqozo etmoqda. UO‘TMda pedagogik jarayonlarni tashkil etish, ta’lim sifatini nazorat qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilarga zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishda faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini tanlash, qaror qabul qilish; UO‘TM faoliyati va imkoniyatilari, vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko‘ra vazifalarni taqsimlash; pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish; moddiy-texnik va zamonaviy ilmiy-metodik mahsulotlar bilan ta’minlash; ilg‘or pedagogik tajribalar va zamonaviy axborotlar texnologiyalarni tatbiq etish; DTS talablarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib borishni tashkil etish; UO‘TM rivojlanish moyilligi va dinamikasi bo‘yicha axborotlar to‘plash va tahlil qilish; pedagoglarning innovatsion faoliyat natijalariga qiziqishini shakllantirish va rag‘batlantirish asosida innovatsion faoliyatni tashkil etish; qabul qilingan qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish UO‘TM rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi. UO‘TM rahbarlarining funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni ko‘zlangan natijalarga erishishda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash, pedagog xodimlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ta’lim sifatini axborot texnologiyalari vositasida rivojlantirishni ta’minlash zaruratini ifodalaydi. M.Mirqosimovning fikricha, ta’lim sifatini rivojlantirish birinchi galda kishilarning iqtisodiy va moddiy holatini, ijtimoiy faoliyatini, ularni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi, jamoada uyushqoqlik, tartib, mehnat taqsimoti bo‘lmasa, kishining jamoadagi o‘rni va vazifalari tayin bo‘lmasa, mehnat jamoasi bo‘lishi mumkin emas. Tabiiyki, UO‘TM da ta’lim sifatini oshirish va boshqaruvsiz, muayyan tartibni o‘rnat
Доказательный фрагмент
«тhis article reveals the theoretical and methodological aspects of the use of digital technologies to improve the quality of education in secondary schools.»
Образец извлечения
Демо-превьютhis article reveals the theoretical and methodological aspects of the use of digital technologies to improve the quality of education in secondary schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quality of education, international quality standards, quality of education, xalqaro sifat standartlari, modellar, raqamli texnologiyalar, yondashuvlar, ta’lim sifati, umumta’lim maktablari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025