Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANISHIDA QOBILIYAT VA ISTEDODNING O‘RNI
R. O’rinboeva
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi. Rivojlanish jarayonining har bir o‘tish davri, qobiliyat faqat harakatda, rivojlanishda mavjudligi yoritilgan. Kalitso‘zlar: o‘smir, intellektual salohiyatini, qobiliyat, iste’dod, maxsus qobiliyat, tabiiy hususiyat. O‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va tez o‘zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin bu qobiliyat va iste’dod, barcha yoshlarimizga tug‘ma talant nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila, mahalla, o‘quv muassasalari va korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi. Iste’dod tushunchasining asosiy mazmuni “qobiliyat» degan tushunchani ham anglatadi. Bizningcha, amaliyotda qo‘llaniladigan «qobiliyat» tushunchasi uchta asosiy qismga ega. Birinchidan, qobiliyat psixologik o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, bir odamni boshqasidan farqlaydigan qobiliyat tushuniladi, barcha odamlar xos bo‘lgan qobiliyat haqida gap ketganda hech kim bu iborani ishlatmaydi. “Qobiliyat” so‘zi marksizm-leninizm asoschilari bashora qilganidek bu - «Har kim qobiliyatiga yarasha» degan shiorda qo‘llanilgan, xolos. Ikkinchidan, qobiliyat iborasi umuman olganda odamdagi o‘ziga xos har qanday turli xususiyatlarni anglatmay, balki faqat turli faoliyatlarni bajarishda erishgan muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Ba’zi odamlar shubhasiz o‘ziga xos fazilatlarga ega: jizzakilik, lanjlik, yalqovlik kabi hususiyatlarni odatda qobiliyat deb bo‘lmaydi, chunki har qanday faoliyatda ham har doim muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Uchinchidan, «qobiliyat» tushunchasi ayrim shaxslarda, ya’ni uning bilimi yoki bilarmonligiga qarab belgilanmaydi. Ko‘pincha, pedagog o‘quvchining faoliyatidan uncha qoniqmasada, lekin shunga qaramay yaxshi o‘zlashtirolmayotgan bola boshqa o‘rtoqlaridan ortda qolmay fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga harakat qilishi bilan o‘qituvchini xursand qiladi. Pedagog o‘zining noroziligini o‘quvchi bilan yetarlicha shug‘ullanamasligini asoslab: o‘quvchining «qobiliyatiga e’tibor berib», o‘quvchi bilan ko‘proq shug‘ullansa bilimni yaxshi o‘zlashtira olish qobiliyati bor degan xulosa keladi. 3 47 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Har qanday o‘smirni faoliyati va bilimdonligi asosida tashkiliy ishga nomzodlikka ko‘rsatib va bu ko‘rsatishni «yaxshi tashkiliy qobiliyat» bilan asoslashadi, albatta, «tashkiliy qobiliyat»ga ega bo‘lish bu – «tashkiliy mahorat va bilarmonlik»ka ega degani emas ekanligi haqida o‘ylashmaydi. Balki aksincha bo‘lib chiqishi ham mumkin: hali tajribaga ega bo‘lmagan yosh xodimni «tashkiliy qobiliyati»ni asoslab nomzodlikka ko‘rsatishganda balki u hali shu davrda yetarli mahorat va tajribaga ega bo‘lmasligi mumkin-u, lekin o‘zining bilimdonlik qobiliyati tufayli tez orada mahorat va tajriba orttirib, muvaffaqiyatga erishishi ham mumkin. Yuqoridagi misollardan kelib chiqib, hayotda qobiliyat tushunchasi ostida odatda mavjud bo‘lgan bilim, mahorat va mahoratdan iborat bo‘lgan, lekin, bu bilim va mahoratlarga tez va oson erishishni anglatadigan o‘ziga xos hususiyatlar ko‘zda tutiladi. Biz qobiliyatni shaxsni tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz mumkin emas, chunki, qobiliyatni biz « har bir shaxsning o‘ziga xos psixologik hususiyatlari» deb aniqladik, shuning uchun bu har qanday shaxsda mavjud bo‘lgan tabiiy xususiyat deb xulosa chiqarish aslo mumkin emas. Tabiiy bo‘lib faqat anatomo-fiziologik hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning rivoji asosida yotgan iste’dod bo‘lishi mumkin, qobiliyatning o‘zi ham doimiy rivojlanish natijasida paydo bo‘ladi. Qobiliyat - odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo‘lib, bu xususiyatlarni haddan tashqari keng to‘ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko‘ra bir-biri bilan chambarchas bog‘liq faoliyatning muvaffaqiyatli bajarish imkoni aslo yo‘q emas. Bir shaxsda qobiliyatning yetishmasligi keng rivojlangan boshqa bir shaxs bilan o‘rtalarida juda katta chegara qoplangan bo‘lishi mumkin. Aynan chegaraning qoplashning imkoniyati har xil: muammon, musiqiy iste’dod va musiqaga yoki biror bir shunga o‘xshash sohaga bo‘lgan qobiliyat bilan bog‘langan faoliyat iste’dod bo‘lmasa har qanday urunishlar oqibatda omadsizlikka olib kelishi muqarrar. Qobiliyatlilikning u yoki bu boshqa maxsus ko‘rinishlardagi tushunchalarning mazmuni xam ahamiyatli tarzda o‘zgarishga yuz tutadi, bu albatta tegishli faoliyatning ushbu davrda va ushbu jamiyat formats
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iste’dod, maxsus qobiliyat, tabiiy hususiyat., o‘smir, intellektual salohiyatini, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025