Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KAR VA YAXSHI ESHITMAYDIGAN BOLALARNING JISMONIY REABILITATSIYASIGA SUZISH MASHG‘ULOTLARINING TA’SIRI
Mamatov Mamarasul Raxmatovich
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 5 · 2025
Аннотация
Tadqiqotning maqsadi maktab-internat sharoitida jismoniy tarbiya darslarida suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari asosida zaif eshituvchi bolalarni reabilitatsiya qilish metodikasini takomillashtirishdan iborat. Olingan natijalar sog‘lomlashtiruvchi korreksion mashqlar majmuasini qo‘llash orqali suzish mashg‘ulotlarining samaradorligini, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning harakat qobiliyatlarini rivojlantirish darajasini oshirishni ko‘rsatadi. Chaqqonlik, chidamlilik, harakat faolligi va motorikani tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi. O‘qituvchi va jamoa a’zolari bilan faol ijtimoiy hamkorlikda zarur jismoniy mashqlar dasturini bajarishda e’tiborlilik, diqqatni jamlash, aniqlik yaxshilanganligi tasdiqlandi. Kalit so‘zlar: reabilitatsiya, kar va zaif eshituvchi bolalar, o‘qitish metodikasi, suzish. Kirish. Hozirgi vaqtda zaif eshituvchi bolalarni jismoniy reabilitatsiya qilish muammosi katta ahamiyatga ega. Ushbu patologiyaning keng tarqalganligi, kar, zaif eshituvchi va eshitishida boshqa nuqsonlari bo‘lgan bolalar sonining ko‘payish tendensiyasi boshlang‘ich maktab yoshidagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-internat sharoitida suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari asosida jismoniy tarbiya bo‘yicha sog‘lomlashtiruvchi-korreksion mashg‘ulotlar majmuasini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. Tadqiqotning obyekti sifatida eshitishida nuqsoni bo‘lgan kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish jarayoni olingan. Tadqiqotning predmetini eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar jismoniy https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 194 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari tarbiyasi bo‘yicha sog‘lomlashtirish-korreksion majmuasining asosi sifatida suzish mashg‘ulotlari tashkil etadi. Amaliy ahamiyati. Suzish asosidagi jismoniy mashqlar eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanish darajasining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, harakat ko‘nikmalari bazasini shakllantirishga va koordinatsion buzilishlarni tuzatishga, shuningdek, ushbu toifadagi bolalarning kelajakda kasbiy moslashuvi va ijtimoiy integratsiyasiga hissa qo‘shadigan mayda motorikani rivojlantirishga yordam beradi. Kar va zaif eshituvchi bolalar eshituvchi tengdoshlaridan harakat sifatlari, chaqqonlik va harakat koordinatsiyasi, tezlik- kuch sifatlari, reaksiya tezligi, diqqatning ko‘chuvchanligi va hajmi bo‘yicha orqada qoladilar. Suzish mashg‘ulotlariga asoslangan adaptiv jismoniy tarbiya jismoniy sifatlarni rivojlantirish, hayotiy muhim harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini oshirishga yordam beradi; mashg‘ulotda tanlangan mashqlar harakat sifatlarini rivojlantirish, reaksiya tezligi, diqqat hajmini oshirish, psixologik va fiziologik holatni, jismoniy rivojlanishdagi og‘ishlarni tuzatish uchun zarur bo‘lgan yo‘naltirilgan yuklamalar hajmini ta’minlaydi, natijada jismoniy tarbiya samaradorligini oshirishga va zaif eshituvchilarning ijtimoiy moslashuviga yordam beradi. Tadqiqotning vazifalari 1. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internati sharoitida suzish mashg‘ulotlari asosida jismoniy tarbiya bo‘yicha mashqlarni tanlash va sog‘lomlashtirish-tuzatish mashg‘ulotlari majmuasini tuzish. 2. Sog‘lomlashtiruvchi-korreksion mashg‘ulotlar kompleksini qo‘llashning samaradorligini isbotlash. Tadqiqotning usullari va tashkil etilishi. 15 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktab-internat sharoitida o‘qituvchi nazorati ostida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullandilar. Kuzatuvlar bir necha oy (2023-yil yanvar - may) davomida o‘tkazildi, ma’lum vaqtdan so‘ng eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sirini tasdiqlash uchun qat’iy belgilangan rejim o‘rnatildi. Keyingi davrda o‘quvchilar suzishni o‘rgatish bo‘yicha maxsus ishlab chiqilgan https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 195 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari sog‘lomlashtiruvchi-korreksion mashqlar majmuasi bo‘yicha suzish bo‘yicha instruktor bilan shug‘ullanishdi. 2023-yil sentyabrdan 2024-yil mart oyigacha guruh Sport maktabi suv havzasida suzish mashg‘ulotlarini boshladi. Tajriba boshida va oxirida bolalarni E.Landolt testi (diqqat hajmini baholash) yordamida sinovdan o‘tkazildi, shuningdek, quyidagi testlar bo‘yicha jismoniy qobiliyatlar darajasini baholash amalga oshirildi: tezlik testi: 3x10 mokisimon yugurish, egiluvchanlik testi: bukilish, kuch testi: turgan joydan oldinga sakrash va koordinatsiya testi: basketbol savatchasiga to‘p otish aniqligi. Natijalar tajriba boshida va oxirida taqqoslandi, bu sog‘lomlashtiruvchi-korreksion mashg‘ulotlar majmuasining jismoniy qobiliyatlar darajasining o‘sishiga va me’yorlarga muvofiqligiga ta’sirini aniqlashga imkon berdi. 2023-yil sentyabr oyida 15 nafar bola Sport maktabi suv xavzasida tashrif buyura boshladi. Mashg‘ulotlar olti oy davomida haftasiga uch marta o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomiyligi bir soatni tashkil etdi. Mashg‘ulot quruqlikda chigalyozdi mashqlari va
Доказательный фрагмент
«Tadqiqotning maqsadi maktab-internat sharoitida jismoniy tarbiya darslarida suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari asosida zaif eshituvchi bolalarni reabilitatsiya qilish metodikasini takomillashtirishdan iborat.»
Образец извлечения
Демо-превьюTadqiqotning maqsadi maktab-internat sharoitida jismoniy tarbiya darslarida suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari asosida zaif eshituvchi bolalarni reabilitatsiya qilish metodikasini takomillashtirishdan iborat. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suzish., Kalit so‘zlar: reabilitatsiya, kar va zaif eshituvchi bolalar, o‘qitish metodikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024