Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ROSMARINUS OFFICINALIS VA UNING FOYDALI XUSUSIYATLARI.
T.E.Usmanova · M.Anvarova · M.Yuldasheva
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026
Аннотация
Rosmarinus officinalis (rozmarin) – o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan, ozuqaviy va tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan, har doim yashil va xilma-xil foydali xususiyatlarga ega o‘simlikdir. Ushbu o‘simlikning asosiy xususiyatlari tarkibidagi efir moylari, antioksidantlar va boshqa faol birikmalar bilan bog‘liq. Shu bilan birga zamonaviy tibbiyotda ushbu o‘simlikda hazm tizimining faoliyatini yaxshilashda, xotirani kuchaytirishda, stressni kamaytirishda va umumiy salomatlikni yaxshilashda samarali foydalanilmoqda. Kalit so‘zlar: Rosmarinus officinalis, mikro va makro elementlar, vitaminlar, antioksidant, alkaloidlar. Rozmarin (Rosmarinus) — labguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi bo‘lib, efir moyli ekin xisoblaniladi. Oʻrta dengiz havzasida o‘simlikning 1—3 turi o‘sadi. Ushbu o‘simlik doim yashil buta. Boʻyi 1,5–2 m cha. Bargi va toʻpgulidan efir moyi olinadigan dorivor Rosmarinus officinalis asosan, Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, Qrim va Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan, kamdankam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2—3 yillik koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan keyin 2—3yildan boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi. U issiq va quyoshli mintaqalarda yaxshi o‘sadi. Bargi va toʻpguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va boshqa alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari bor. Oziq-ovqat sanoatida Rosmarinus officinalis asosan, turli taomlarga xushbo‘y hid va ta’m berish uchun ishlatiladi. Ushbu o‘simlikdan asrlar davomida an’anaviy tibbiyotda turli kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan. Rosmarinus officinalis qadim zamonlarda dorivor vosita sifatida foydalanishgan. Uning foydali xususiyatlari to‘g‘risida har bir xalqda turlicha qarashlar bo‘lgan: rimliklar uni xotirani https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 276 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yaxshilaydi deb hisoblashsa, greklar uning yordamida yaralarni davolashgan, xitoyliklar esa uning yordamida bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lganlar. Hozirgi zamon olimlari esa rozmarinni o‘rganib quyidagi xusisytalarini aniqlashgan u o‘zida juda ko‘p miqdordagi efir moylarini, А va С guruh vitaminlarini, organizm uchun kerakli bo‘lgan ko‘plab mikro va makroelementlarni kaliy, kalsiy va natriyni saqlaydi. Rosmarinusnning quyidagi xususiyatlari ilmiy izlanishlar natijasida aniqlangan: u bosh, qorin va muskullar og‘rig‘ida yordam beradi; revmatizm, radikulit va fibromialgiyada yordam beradi; qon bosimi oshishini oldini oladi; mikrob va zamburug’larga qarshi kurashadi; antioksidant vositasini bajarib, miyadagi qarilik belgilari paydo bo‘lishini sustlashtiradi. Xulosa qilib aytganda Rosmarinus officinalis - bu nafaqat go‘zal o‘simlik, balki organizm uchun zaruriy ko‘plab foydali xususiyatlarga ega, tabiiy davolovchi moddalarga boy bo‘lgan o‘simlikdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000 yil. 2. Usmanova T.E., Usmonov S.X., Ferg‘ona shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishida manzarali o‘simliklardan samarali foydalanish. 2023/7-son. NamDU. Ilmiy xabarlar. 232-b. 3. Qayimov A.Q. Berdiyev E.T., Hamroyev H.F., Turdiyev S.A. Dendrologia - Toshkent, -«Fan va texnologiyalar», 2015. 4. C. M. S. Z. Verma et al. (2015). “The potential of Rosemary (Rosmarinus officinalis) as a natural food preservative.” Journal of Food Science. 5. Mamatqulova S.A., Usmanova T.,E., Asqarov I. R. Determination of the amount of flavonoids in paulownia and rosmarinus plant leavers. /20243-son. FarDU. Ilmiy xabarlar. 39-41b https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 277
Доказательный фрагмент
«Rosmarinus officinalis (rozmarin) – o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan, ozuqaviy va tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan, har doim yashil va xilma-xil foydali xususiyatlarga ega o‘simlikdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюRosmarinus officinalis (rozmarin) – o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan, ozuqaviy va tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan, har doim yashil va xilma-xil foydali xususiyatlarga ega o‘simlikdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vitaminlar, Kalit so‘zlar: Rosmarinus officinalis, mikro va makro elementlar, antioksidant, alkaloidlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026