Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY TARBIYANING SHAKLLANISHI
Jamshidova Sevinch Jamshid qizi -
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1 · 393-396 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanib borishi yoritib beriladi. Kalit soʻzlar: tarbiya, taʼlim, malaka, bola, koʻnikma, maktabgacha taʼlim tashkiloti, oilaviy hamkorlik, psixolog, pedagog, muloqot madaniyati. Maktabgacha taʼlim tashkilotida ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi bolalarning jamiyatga moslashishi, muloqot madaniyati va insoniy fazilatlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayon hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ijtimoiy tarbiya berish jarayonida avvalo oila va jamiyat bilan ham hamkorlikda boʼlishlari lozim. Masalan: ota-onalar bilan muntazam aloqa oʻrnatish, mahalla va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni bolalarga singdirish. Bolalarga ijtimoiy tarbiya berish jarayonida hurmat , doʻstlik, adolat kabi fazilatlarni oʻrgatish, qoidalarga rioya qilish va intizomni shakllantirish, yaxshi va yomon xatti- harakatlarni farqlashni oʻrgatib borish maqsadga muvofiq boʻladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur faol rivojlanadi. Bu jarayonda bolalarni bir- birlari bilan turi muloqot qilishga oʻrgatish, qonun- qoidalarga rioya qilishni tushuntirish, jamoada ishlash koʻnikmalar rivojlanib boradi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga kamtarlik o’rgatiladi, chunki bolalar ko’pincha o’zlari va ota- onalari haqida maqtanish, xayol qilishni yaxshi ko’radilar. O’qituvchi esa bolaga uning imkoniyatlarini, faoliyati natijalarini tanqidiy baholashga yordam beradi, bolalarni kuchli va kuchsiz tomonlarini to’g’ri baholashga o’rgatadi.Maktabgacha https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 274 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi masalasi ko‘plab pedagog va psixolog olimlar tomonidan o‘rganilgan. Mashhur sotsial- madaniy rivojlanish nazariyasi asoschisi L.S.Vygotskiy bolalarning rivojlanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Bolaning shaxsiyati, nutqi va tafakkuri jamiyatdagi oʻzaro munosabatlar orqali shakllanadi. L.S.Vygotskiy "Yaqin rivojlantirish zonasi" tushunchasini ilgari surib, bola kattalar va tengdoshlari bilan oʻzaro taʼsir orqali oʻz imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. J.Piaget esa bolalarning ijtimoiy tarbiyasi ularning aqliy rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliq deya taʼkidlaydi. Bola atrof- muhit bilan oʻzaro aʼsir orqali yangi bilim, tushuncha va koʻnikmalarni egallaydi. J.Piagetning fikriga koʻra ijtimoiy tarbiya bolada axloqiy tarbiyaning shakllanishiga zamin yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiyasi atrof-muhit, muloqot, o‘yin va faoliyat orqali shakllanadi. Bolaning jamiyatga moslashuvi uchun unga qulay psixologik va ijtimoiy muhit yaratish muhimdir.Ijtimoiy tarbiya bolaning hayotga tayyorlanishida muhim o‘rin tutadi va uni kelajakda jamiyatda faol shaxs bo‘lishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi ularning kelajakdagi hayotiga asos bo‘lib, jamiyat bilan uyg‘un munosabatda bo‘lishiga, axloqiy qadriyatlarni anglashiga va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishiga xizmat qiladi. Bu jarayon orqali bola nafaqat atrofdagilar bilan muloqot qilishni o‘rganadi, balki hurmat, mehr-oqibat, adolat, mas’uliyat kabi insoniy fazilatlarni ham egallaydi. Bolalik – inson hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lib, aynan shu bosqichda qo‘yilgan ijtimoiy tarbiya poydevori uning kelajakdagi shaxsiyati va jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy tarbiyaning to‘g‘ri shakllanishi nafaqat bolaning shaxsiy muvaffaqiyati, balki jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1."Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy rivojlanish" – Jumayeva Malika Aliyevna, 2023 yil. https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 275 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 2. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim tizimidagi faoliyati. Science and innovation, 1(B8), 322-326. 3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik moslashuvchanlikni mazmun mohiyati. Science and innovation, 1(B8), 2150-2153. 4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГИБКОСТИ У СТУДЕНТОВ КАК ПРОБЛЕМА СОВРЕМЕННОСТИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(8), 19-23. 5. Akramova, D. E. qizi Suvonqulova, MD (2023, January). RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VA MILLIY QADRIYATLAR NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIGI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 393-396). 6. Akramova, D. E. qizi Azimova, XD (2023, January). MAKTABGACHA TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 382-385). 7. Ergashevna, A. D. (2025). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF SOCIALI
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanib borishi yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanib borishi yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit soʻzlar: tarbiya, maktabgacha taʼlim tashkiloti, oilaviy hamkorlik, pedagog, malaka, muloqot madaniyati., psixolog, bola, koʻnikma, taʼlim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026