Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI BUZILGAN YER MAYDONLARINING TAHLILI
Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich –
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2024
Аннотация
Bugungi kunda respublikamizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Tadqiqotimiz davomida respblikamizdagi buzilgan qishloq xo‘jaligi yelarini tahlil qildik hamda tadqiqot obyektimiz hisoblangan Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarini buzilish sabablarini o‘rgandik. Kalit so‘zlar: Qishloq xo‘jaligi, buzilgan yerlar, rekultivatsiya, tuproq unumdorligi, sanoat korxonalari. Kirish. Berilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 2024 yil 1 yanvar holatiga 44892.4 ming gektarni tashkil etadi. Respublikamiz yer maydonidan oqilona foydalanish eng ustuvor vazifalardan biridir [1]. Ammo, turli obyektiv va subyektiv sabablarga koʻra buzilgan qishloq xo‘jaligi maydonlarining hajmi ortib bormoqda. Buning asosiy sabablari yer fondi yerlaridan maqsadsiz va notoʻgʻri foydalanish, oʻz vaqtida monitoring qilmaslik, sanoat, transport va boshqa maqsadlar uchun vaqtincha ajratilgan maydonlar birlamchi holatga keltirib oʻz vaqtida qaytarilmayotganligidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 169-son qarori bilan yurtimizda buzilgan yerlarga qarshi kurashish, hamda uning salbiy oqibatlarini oldini olish, foydalanishga yaroqsiz yerlarning tuproq unumdorligini yaxshilash yoki qayta tiklash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir qator vazifalarni belgilab olgan [2]. Qishloq xo‘jaligining sug‘oriladigan yerlar tuprog‘ida gumus miqdorining https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 76 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari kamayishi, botqoqlashish, cho‘llashish, gipslashish, begona o‘tlar bosishi, sho‘rlanish holatlari davom etishi va ularning hisobini olish, tuproqning sifat ko‘rsatgichlari o‘zgarish holatini monitoring qilib borish [3], buzilishini oldini olish bo‘yicha bugungi kungacha tizimli tavsifga ega ishlar yetarli darajada olib borilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament” va hududlarda “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘limlari” tashkil etilgan [4]. Berilgan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Toshkent viloyatining umumiy yer maydoni, 2024-yil 1-yanvar holatiga, 1515 ming gektarni tashkil etadi [1]. Xususan, olingan ma’lumotlarga qaraganda, hozirda birgina Toshkent viloyatida yer osti qazilma boyliklarini qazib olish ishlari bilan shugʻullanuvchi 140 ta sanoat korxonalari mavjud. 2024-yilda bu korxonalar umumiy hisobda 324.2 gektar buzilgan maydonni rekultivatsiya qilib topshirishi zarur. Bu atiga 2024-yil uchun va faqatgina Toshkent viloyati misolidadir. Respublika miqyosida bu hisob kitoblar ancha katta koʻrsatkichga ega boʻladi [5]. O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligining bergan rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, mamlakat bo‘yicha bugungi kunda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va qazib olish faoliyati natijasida 31987 gektar buzilgan yerlar mavjudligi aniqlanib, ulardan 29965 gektari foydalanishda ekanligi aniqlandi (1-jadval). Shuningdek, hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan muhandislik infratuzilma obyektlari o‘tkazilishi, zovurlar qazilishi, yerdan foydalanuvchilarning ma’sulyatsizligi oqibatida va boshqa sabablarga ko‘ra buzilgan 2493 gektar yer maydonlari aniqlandi. Mavjud yer qonunchiligi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarga buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish va oldingi, birlamchi holatga qaytarish bo‘yicha 2022-2025 yillarda ishlar jadvali belgilab olindi. 1 - jadval Respublika bo‘yicha buzilgan yerlar maydonlarini 2022-2025 yillarda rekultivatsiya qilish reja jadvali https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 77 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish Xarajatlar Respublika va muddatlari(yil) miqdori viloyatlar nomi 2022 2023 2024 2025 jami mln.so‘m Qoraqalpog‘iston 116.5 117.4 126.5 105.7 466.3 8124.0 Andijon 94.4 71.2 65.8 52.8 284.2 5848.4 Buxoro 420.5 187.1 154.1 132.6 738.3 26485.7 Jizzax 88.2 64.9 47.4 56.2 256.7 5031.4 Qashqadaryo 629.9 321.0 255.7 236.2 1113.8 21686.0 Namangan 64.7 33.1 33.4 20.6 151.7 285.9 Navoiy 466.2 485.2 455.5 317.1 1724.0 3606.1 Samarqand 358.0 48.1 37.7 81.5 525.3 3466.0 Surxondaryo 109.0 114.2 107.7 126.4 454.7 8263.2 Sirdaryo 85.8 86.5 83.5 82.5 338.3 8644.8 Toshkent 285.5 333.5 333.2 387.4 1339.6 12012.0 Farg‘ona 19.8 24.8 19.7 18.3 82.5 743.7 Xorazm 7.0 9.6 11.6 9.6 37.8 641.0 1.2.1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, antropogen omil ta’sirida buzilgan yerlarni tiklash uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratiladi. Ayniqsa Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ancha katta maydonlarda rekultivatsiya qilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z nav
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda respublikamizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda respublikamizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rekultivatsiya, buzilgan yerlar, sanoat korxonalari., tuproq unumdorligi, Kalit so‘zlar: Qishloq xo‘jaligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025