К содержанию
РецензированоRU2025

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARNING BADIIY IFODASI.

QADRIYATLARNING BADIIY IFODASI. · Qodirova Nilufar Mavlon qizi. · Ilmiy rahbar:Istamova Shohida Maxsudovna (Buxoro davlat pedagogika instituti)

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

В статье собраны рассказы Шукура Холмирзаева национальные ценности, присущие только узбекам, а также великие ценности человечества Обсуждалось, насколько это благословение связано с узбекским народом. Ключевые слова: национальные ценности, гуманность, простота, узбекское сказительство, честный труд, гармония природы и человека. https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 261 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari XX asr o’zbek nasrining taraqqiyotini Abdulla Qahhordan keyingi zabardast o’zbek adibi Shukur Xolnirzayevsiz tasavvur qila olmaymiz .O’zbekiston xalq yozuvchisi,Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti sovrindori,”Mehnat shuxrati”ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev o’zining realistik asarlarida o’zbeklarga xos bo’lgan milliy qadriyatlar,shuningdek o’sha davrdagi milliy ruh va ma’naviy va axloqiy muammolarni baralla ko’tarib chiqa olgan yozuvchilardan hisoblanadi. Darhaqiqat, adabiyot quroli so’zdir!Aynan mana shu so’zlar orqali hayotni,insonni badiiy talqin qilish,milliy o’zlikni anglash g’oyalarini kitobxonga singdirish va uning mehrini qozonishni uddalay oldi desak mubolag’a bo’lmaydi.O’zbek xalqi azaldan o’zining samimiyligi,milliyligi,saxiyligi,urf odatlari va an’analari bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi.O’zbeklar faqat o’zini o’ylaydigan,shaxsiy manfaatlari yo’lida boshqalaring mehnatidan foydalanadigan,milliyligimizning asosi bo’lgan insoniylik saxiylik,tantilik kabi fazilatlarni toptaydigan insonlarni qoralab kelgan. Milliy o’zlikni anglash g’oyalari adib ijodining dastlabki mamunalaridanoq o’rin olgan.Shukur Xolmirzayevning “O’zbeklar “nomli asarida nafaqat mana shunday g’oyalar,bundan tashqari o’zbek xalqining davr qiyinchiligiga qarshi mardonavor kurashi,sabri,millat ichki ruhiy olami manzaralari,o’zbek millati mentaliteti, soddadilligi, mehmondo’stligi, ochiqko’ngilligi, bag’rikengligi, o’zbekning o’zligini ko’rsatish mahoratining yuksakligi asarda sodda ,ammo puxta va teran so’zlar bilan yoritib berilgan.”O’zbeklar” hikoyasi kuz faslida paxta terimiga borgan talaba Ergash obrazi orqali asosiy g’oya yoritib berilgan.Qahramon kursdoshlari bilan paxta terimiga boradi,ammo bu yerda paxta bo’lmasada ,odamlar majburan sovuq va izg’irinda ushlab turiladi va Sovet davridan qolgan “Paxta balosi”ning zug’mlari tasvirlanadi.Bundan tashqari asarda Sho’ro siyosatiga ko’nikkan vatandoshlariga nisbatan befarq bo’lgan O’rmon,Mirzag’olib,Saparboy va Azimjon kabi obrazlarga parallel ravishda o’zida yeyishga hech vaqosi bo’lmasada ,borini yonidagilarga ulashgan Botir cho’pon orqali haqiqiy o’zbeklarning xarakteri ko’rsatib berilgan.Har qanday holatda ham https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 262 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari o’zligidan kechmagan haqiqiy inson sifatida Ergashni va Botir cho’ponni ulug’lay olamiz. "Nimadir yo'q bo'ldi" hikoyasida esa insoniy munosabatlar, axloqiy qadriyatlar va jamiyatdagi o‘zgarishlarni tasvirlovchi asarlardan biridir.Hikoyada insoniy qadriyatlarning yo‘qolishi, odamlar orasidagi iliqlik, mehr va samimiyatning asta-sekin yo‘qolib borayotgani tasvirlangan. Asar hayotiy o‘zgarishlar natijasida yo‘qotilgan mehr-muhabbat va samimiyatni aks ettiradi.Asar sujetida aniq bir voqea emas, balki insoniy munosabatlarning o‘zgarishi va yo‘qotilgan qadriyatlar tasvirlanadi. Hikoyada muallif hayotga chuqur falsafiy nigoh bilan qaraydi. Qahramonlar o‘zgarayotgan dunyo ta’sirida oldingi qadrli his-tuyg‘ularidan ayrilgan. Shukur Xolmirzayevning hikoyalariga xos bo‘lgan badiiy uslub bu yerda ham yaqqol seziladi. Asardagi ramziy ma’nolar – "yo‘qotish" tushunchasi, insoniy iliqlikning kamayib borishi orqali o‘z aksini topadi.Ushbu hikoyani o'qir ekansiz,nihoyasiga yetganda tanangizga g'alati bir junbushlik kiradi.Sababi oilalarda turli xil tushunmovchiliklar ko'plab uchrab turadi,lekin har bir dilxiralikdan so'ng oramizdagi munosabatlardan iliqlik yo'qolib borilishi mohirona tarzda ifodalab berilgan. Shukur Xolmirzaevning “Notanish odam” hikoyasida ma’naviy va axloqiy masalalar badiiy talqin etilishi hikoyaning asosiy mavzularidan biridir. Ushbu tahlilni kengroq tushunish uchun, hikoyaning turli qatlamlarini batafsil ko‘rib chiqish mumkin. Hikoya, tashqi omil sifatida yomg‘irni va uning ichki, ruhiy holatga ta’sirini ko‘rsatadi. Yomg‘ir, tabiatning kuchini va insonning ichki dardini ifodalovchi belgi sifatida ishlatiladi. Qahramonning yomg‘irda qolishi va o‘zining holatini tasvirlashi, tabiat va insonning o‘zaro aloqasini ko‘rsatadi. Bu aloqada tabiat nafaqat tashqi muhit, balki insonning ichki ruhiy dunyosini shakllantiruvchi omilga aylanadi. Shunday qilib, yomg‘ir nafaqat badiiy element, balki insonning ma’naviy kurashlari, ichki savollariga javob topishga harakat qilishi bilan bog‘liqdir. Tabiat bilan uzviy bog‘lanish, hikoyadagi axloqiy masalalar orqali taqdim etiladi. Hikoyadagi notanish odamning qahramon bilan o‘zaro https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 263 Yan

Доказательный фрагмент

«В статье собраны рассказы Шукура Холмирзаева национальные ценности, присущие только узбекам, а также великие ценности человечества Обсуждалось, насколько это благословение связано с узбекским народом.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье собраны рассказы Шукура Холмирзаева национальные ценности, присущие только узбекам, а также великие ценности человечества Обсуждалось, насколько это благословение связано с узбекским народом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national values, humanity, simplicity, Uzbek storytelling, honest, harmony between nature and man., Keywords: national values, o’zbek hikoyachiligi, Kalit so’zlar: milliy qadriyatlar, гармония природы и человека., tabiat va inson uyg’unligi., узбекское сказительство, insoniylik, soddadillik, простота, честный труд, honest work, halol mehnat, гуманность, Ключевые слова: национальные ценности
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники