Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLARDAGI ADDEKTIV XULQNI BARTARAF ETISHDA OILAVIY MUHITNING ROLI VA UNING KORREKTSIYA USULLARI
Hamroyeva Dilfuza Rahmatullayevna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
В данной статье научно изучена роль семейной среды в формировании поведения подростков, взаимоотношений членов семьи, педагогических подходов и эффективности психологической поддержки. Также в статье анализируется роль семейной среды в преодолении аддективного поведения у подростков, значение методов коррекции в психологическом и социальном развитии молодежи. Ключевые слова. Аддективное поведение, агрессия, семейная терапия, подростковый возраст, социальное общение, коррекция. Annotation. This article scientifically examines the role of the family environment in shaping adolescent behavior, the relationships between family members, pedagogical approaches, and the effectiveness of psychological support. The article also analyzes the role of the family environment in eliminating addictive behavior in adolescents, the significance of correction methods, and the psychological and social development of youth. Keywords. Addiction behavior, aggression, family therapy, adolescence, social interaction, correction. https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 337 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Kirish. O‘smirlardagi addektiv xulqni bartaraf etishda oilaviy muhitning roli va uning korreksiya usullari juda muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik davri, insonning psixologik, emotsional va ijtimoiy rivojlanishining eng murakkab bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda yoshlar ko‘plab ichki va tashqi omillarga duch keladilar. Addektiv xulq (masalan, giyohvandlik, ichkilikka ruju qo‘yish, agressiya va boshqalar) o‘smirning hayotida salbiy ta’sirlar keltirishi mumkin, bu esa nafaqat uning o‘ziga, balki uning atrofidagi jamiyatga ham zarar yetkazishi mumkin. O‘smirlar o‘zlarining shaxsiyatini shakllantirish jarayonida oilaviy muhitning o‘rni katta. Oila o‘smirning birinchi ijtimoiylashgan muhitidir va unda o‘smir xulq-atvori va psixologik holati ko‘p jihatdan shakllanadi. Oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan munosabati, oiladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ota-ona tomonidan qo‘yilgan cheklovlar yoki farqlovchilar, shuningdek, ota-onaning o‘zaro muloqotdagi usullari o‘smirning xulqini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Addektiv xulqning oldini olish yoki uni bartaraf etishda oilaviy muhitda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish zarur. Bu o‘z ichiga ota-onaning pedagogik mahoratini oshirish, o‘smirlarning ijtimoiy muloqotini yaxshilash, oilaviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish va o‘smirlarning ehtiyojlarini tushunib, ularni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Korreksiya usullari esa o‘smirlar bilan ishlashda oilaviy yordamni taqdim etishda turli pedagogik, psixologik va sotsial metodlardan foydalanishni talab qiladi. Masalan, o‘smirlar bilan individual va guruh terapiyalari, o‘smirlar uchun maxsus treninglar, ota-onalar uchun maslahatlar va ta’limlar, shuningdek, oila ichidagi muloqotni rivojlantirish orqali addektiv xulqni kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Shunday qilib, o‘smirlar orasidagi addektiv xulqni bartaraf etishda oila muhitining o‘rni juda katta bo‘lib, oilaviy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish ushbu jarayonni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Adabiyotlar tahlili. O‘smirlardagi addektiv xulqni bartaraf etishda oilaviy muhitning roli va uning korreksiya usullari borasida bir nechta olimlar va tadqiqotlar mavjud. Bu mavzu keng qamrovli va ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi, https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 338 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari shuning uchun bir nechta taniqli olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar mavjud. Quyida bu sohadagi ilmiy izlanishlari bilan mashhur olimlar va ularning ilmiy tadqiqotlarini ko’rib o’tish mumkin. Jon Boulbi o’zining “Attachmet” (bog‘lanish) nazariyasini ishlab chiqdi, bu nazariya o‘smirlarning hayotida ota-onaning roli va oilaviy munosabatlarning muhimligini ko‘rsatadi. Boulbi fikricha, o‘smirlarning hissiy va psixologik rivojlanishida ularning oiladagi ota-onaga bo‘lgan bog‘lanishi katta o‘rin tutadi. Uning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, oilaviy bog‘lanish (yaxshi oila aloqalari) o‘smirlarning stress va addektiv xulqlarga qarshi turishiga yordam beradi. Kanadalik psixolog olim Gordon Noyfeld - o‘smirlarning rivojlanishiga va ularning oilaviy munosabatlariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi. Uning izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlarning xulqi ularning o‘z oilasidagi ota-onaga nisbatan emotsional bog‘lanishiga bog‘liq. U oilaviy muhitda o‘smirlar uchun xavfsiz va o‘zgarmas bog‘lanishlar yaratishni ta’kidlagan. O‘smirlar o’zini oila ichida xavfsiz his qilganida, ularning o‘zgalar bilan ijtimoiy munosabatlari va emotsional xatti-harakatlari yaxshilanadi. Jerom Kaganning ishlarida, o‘smirlarning rivojlanishida oila muhitining roli, shuningdek, ularning shaxsiy xususiyatlari va xarakterini shakllantirishda ota- ona munosabatlarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Kagan - o‘smirlarning atrofidagi oilaviy va ijtimo
Доказательный фрагмент
«В данной статье научно изучена роль семейной среды в формировании поведения подростков, взаимоотношений членов семьи, педагогических подходов и эффективности психологической поддержки.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье научно изучена роль семейной среды в формировании поведения подростков, взаимоотношений членов семьи, педагогических подходов и эффективности психологической поддержки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Addiction behavior, aggression, family therapy, adolescence, Kalit so’zlar. Addektiv xulq, correction., агрессия, Ключевые слова. Аддективное поведение, социальное общение, Keywords. Addiction behavior, agressiya, семейная терапия, подростковый возраст, social interaction, oilaviy terapiya, ijtimoiy muloqot, o‘smirlik davri, korreksiya., коррекция.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025