Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODANING TOSHKENTGA KELGAN ILK YILLARI: TARIXIY SHAROIT VA FAOLIYATNING ILK BOSQICHLARI
Saminov Shohjahon Sharifjon o‘g‘li
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1928
Аннотация
This article analyzes the period when Maqsud Sheikhzoda moved to Tashkent, the peculiarities of this historical situation and his early activities. Also, the complex processes of social and cultural life in 1928-1929 and important events related to the personal life of Sheikhzadeh will be covered. The article is devoted to the creative and scientific researches of Sheikhzoda in the context of the sovietization policy of Uzbekistan. Key words: Maqsud Sheikhzadeh, Soviet era, social life in Uzbekistan, Faculty of Orientation, Tashkent, sovietization policy. Kirish. 1928-yil O‘zbekiston tarixida murakkab siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar davri bo‘lib, sovet davlati o‘z mafkurasini mahalliy xalqlarning hayot tarziga singdirishga qaratilgan siyosatini faol amalga oshirayotgan edi. Bu davrda milliy qadriyatlarni yo‘q qilishga urinishlar, yer-suv islohotlari, lotin yozuviga o‘tish harakatlari va boshqa omillar mahalliy aholi hayotini keskin o‘zgartirdi. Shuningdek, xalq orasida qadimiy yozuvdan voz kechish va yangi madaniy tushunchalarni qabul qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlari avj oldi. Ayni paytda adabiyot va san’at sohasida yangi sovet mafkurasi talablariga mos ijodkorlarni tarbiyalash jarayoni ham jadal tus olgan edi. Masalan, yosh yozuvchilarni o‘z atrofida birlashtirish maqsadida “Qizil qalam” jamiyati va boshqa adabiy tashkilotlar tashkil qilindi. Ushbu jarayonlar bilan bir vaqtda, ko‘plab yosh ijodkorlar O‘zbekistonga ko‘chib kelib, sovet adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘sha boshladi. Shu davrda Toshkentga kelgan yosh iste’dod sohibi Maqsud Shayxzoda ham o‘z hayotini yangi madaniy va ijodiy faoliyatga bag‘ishlashga kirishadi. Ozarbayjondan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan Shayxzoda qisqa vaqt ichida Toshkentdagi madaniy va ilmiy hayotning ajralmas qismiga aylanadi. Maqsud Shayxzodaning Toshkentga kelgan ilk yillari uning ijodiy shakllanishida muhim https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 136 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bosqich bo‘lib, bu davrni tahlil qilish orqali uning hayoti va faoliyati haqida batafsil tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Ushbu maqolada Shayxzodaning Toshkentga kelishi bilan bog‘liq tarixiy sharoit, uning ilmiy va ijodiy faoliyatining ilk bosqichlari keng tahlil qilinadi. Asosiy qism. Maqsud Shayxzodaning Toshkentga kelishi O‘zbekistonda ijtimoiy va madaniy hayotning murakkab davriga to‘g‘ri keldi. 1928-yilga kelib, sovet davlati o‘zining siyosiy va madaniy siyosatini kuchaytirib, mahalliy xalqlar orasida madaniy inqilobni amalga oshirishga kirishdi. Ushbu jarayonning asosiy yo‘nalishlari xalqning qadimiy yozuv tizimini lotin alifbosiga almashtirish, sovet mafkurasiga mos yosh ijodkorlarni tarbiyalash va milliy o‘zlikni bostirishga qaratilgan edi. Bu jarayonlarda Toshkent O‘zbekistonning madaniy markazi sifatida alohida rol o‘ynadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelganidan so‘ng, dastlab Narimonov nomidagi maktabda muallimlik qiladi. Bu davrda u nafaqat o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullandi, balki o‘zbek tilini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratdi. Shayxzoda o‘zbek tilida yozilgan adabiyotlarni chuqur o‘rganib, tarjima ishlariga kirishdi. U qisqa vaqt ichida tilni mukammal o‘zlashtirib, o‘zbek tilida she’rlar yozishga ham jur’at qildi. Shayxzodaning ushbu intilishi uning O‘zbekistonga bo‘lgan sadoqatini va bu yerdagi madaniy hayotga qo‘shilish istagini yaqqol ko‘rsatadi. 1929-yilda Shayxzoda “Sharq haqiqati” gazetasida tarjimon va adabiy hodim sifatida ishlay boshlaydi. Gazeta sahifalarida u sovet mafkurasi talablariga mos maqolalar tayyorladi va o‘zbek madaniyatini rivojlantirishga oid fikrlarini yoritdi. Shu bilan birga, Shayxzoda Toshkentdagi Sharq fakultetida tahsil olishni boshladi. Fakultetda Shayxzoda nafaqat o‘z bilimlarini chuqurlashtirishga intildi, balki o‘z kursdoshlariga ham bilimdonligi va mehnatsevarligi bilan o‘rnak bo‘ldi. U Sharq tarixi, madaniyati va adabiyotiga oid kitoblarni puxta o‘rganib, talabchan va fidoyi talaba sifatida tanildi. Maqsud Shayxzoda o‘z davrining murakkab sharoitlariga qaramay, o‘z faoliyatida ijodkorlik va ilmiy izlanishlarni birlashtira oldi. Uning kursdoshlarining https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 137 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari xotiralariga ko‘ra, Shayxzoda har bir dars mavzusiga oldindan puxta tayyorlanib, domlalarga savollar bilan murojaat qilgan. Bu savollar ko‘pincha shu qadar chuqur va keng qamrovli bo‘lardiki, ayrim hollarda domlalar ularga darhol javob berishga qiynalganlar. Bu holat Shayxzodaning nafaqat intellektual salohiyatini, balki ilmga bo‘lgan ishtiyoqini ham namoyon etadi. Shayxzodaning Toshkentda kechgan ilk yillari uning O‘zbekistondagi madaniy hayotga kirib kelishida asosiy bosqich bo‘ldi. U milliy madaniyat va o‘ziga xos qadriyatlarni o‘rganish bilan birga, ularni yangi davr talablariga moslashtirishga ham harakat qildi. Shayxzodaning Toshkentdagi faoliyati uni
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the period when Maqsud Sheikhzoda moved to Tashkent, the peculiarities of this historical situation and his early activities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the period when Maqsud Sheikhzoda moved to Tashkent, the peculiarities of this historical situation and his early activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Maqsud Sheikhzadeh, Soviet era, social life in Uzbekistan, Faculty, Ташкент, Tashkent, Kalit so‘zlar: Maqsud Shayxzoda, Ключевые слова: Максуд Шейхзаде, sovet davri, Key words: Maqsud Sheikhzadeh, Sharq fakulteti, sovietization policy., Faculty of Orientation, общественная жизнь в Узбекистане, политика советизации., sovetlashtirish siyosati., O‘zbekistonda ijtimoiy hayot, Toshkent, факультет ориентации, советское время
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024