К содержанию
РецензированоUZ2025

QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I BO‘YICHA HOSIL BO‘LGAN SALBIY FARQNI QOPLASHGA OID XORIJ TAJRIBALARI TAHLILI

Erkayev Nodir Xudayberdiyevich

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni qo‘llash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat, qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi, soliq, budjet siyosati, budjet, soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari. Kirish: Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘sib borayotgan iqtisodiyot sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda QQS ma’muriyati sohasida o‘ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasini qoplashning barcha korxonalarga joriy etilishi o‘z navbatida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun xam katta rol o‘ynaydi. Sababi qo‘shilgan qiymat solig‘ini butun dunyo bo‘ylab 137 ta davlat qo‘llaydi. Xususan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yevropa davlatlari va boshqa ko‘plab davlatlarning soliq siyosatida ham amalga oshiriladi. Rossiya https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 139 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Federasiyasida ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgani kabi QQS to‘lovchilari hisobga olingan QQS summasi hisoblangan soliqdan kattaroq bo‘lganda qaytarib olish huquqiga ega. Albatta o‘z navbatida ushbu davlatda ham budjetdan QQSni qaytarishda korxonalar ko‘plab muammolarga duch kelishi mumkin. Avvalo, deklarasiyani to‘ldiriladi va deklarasiya bilan birga QQSni qaytarish uchun Federal soliq xizmatiga ariza topshiriladi. Soliq organlari pulni qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin, taqdim etilgan deklarasiyani kameral tekshiruvidan o‘tkazadilar. QQS deklarasiyasining kameral tekshiruvi odatda 2 oy davom etadi, ammo inspektorlar muddatni 3 oygacha uzaytirish huquqiga ega. 2021-yildan boshlab, agar kompaniyaning qaytarib berish summasi oldingi uch-yil uchun soliqlardan oshmasa va kameral tekshiruvida shubhali operasiyalar aniqlanmasa, kameral tekshiruvi 1 oyda yakunlanishi mumkin. Agar kameral tekshiruvi paytida aniqlashtirilgan va to‘g‘irlangan deklarasiya taqdim etilsa, muddat qaytadan boshlanadi. Tuzatish faqat zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa yoki xatolar soliq summasining kam baholanishiga olib kelgan bo‘lsa, kiritilishi kerak. Shuning uchun, kichik qoidabuzarliklar uchun, masalan, hisob-faktura raqamidagi xato, shunchaki tushuntirish berish mumkin. Odatda, kameral tekshiruvlari tekshiruv binolarida amalga oshiriladi, ammo agar hisobotda to‘lanishi kerak bo‘lgan miqdor ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki tekshirish paytida nomuvofiqliklar aniqlansa, inspektorlar korxonaning bino inshoatlari tekshirishga haqli. Tekshiruv davomida inspektorlarda qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish olish huquqi berilgan. QQS hisobotlarini tekshirishda barcha ma’lumotlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshirilishi kerak. Bizning soliq tizimimizdan farqli jixatlaridan biri agar soliq organlariga zarur xujjatlar qog‘ozda yuborilsa, u taqdim etilmagan deb hisoblanadi. Agar soliq organlari tomonidan so‘ralgan xujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmasa, ular QQSni qaytarishni rad etadilar. Agar hisobotlar xatosiz to‘ldirilgan bo‘lsa va barcha tasdiqlovchi hujjatlar tartibda bo‘lsa, soliq organlari QQSni qaytarishni rad etish uchun qonuniy asoslarga ega emas. Albatta o‘z navbatida savol tug‘iladi, agar hamma xujjatlar to‘liq va to‘g‘ri bo‘lsa QQS qancha muddatda qaytariladi? https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 140 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari - agar soliq xodimlari qonunbuzarliklarni aniqlamasa, kameral tekshiruvi 2 oydan ortiq davom etmaydi. Keyin, 7 kun ichida Federal soliq xizmati rahbari soliqni qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va 5 kun ichida korxonaga xabarnoma yuboradi. G‘aznachilik qaror qabul kundan keyin 5 kun ichida korxonaga pul o‘tkazib beradi. QQS yoki boshqa federal soliqlar bo‘yicha qarzlaringiz bo‘lsa, inspektorlar birinchi navbatda bu qarzni to‘laydilar. Agar inspektorlar deklarasiyani to‘ldirishda qoidabuzarliklarni aniqlasa, QQSni qaytarish muddati ikki baravarga oshiriladi. Quyidagi jadvalda Rossiya Federasiyasining soliq kodeksida nazarda tutilgan maksimal muddatlar ko‘rsatilgan. Nazariy jihatdan, har bir bosqich tezroq ketishi mumkin. Ammo, odatda, budjetdan mablag‘larni qaytaris

Доказательный фрагмент

«Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq yuki, Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat, budjet, soliq imtiyozlari., soliq, normativ tahlil, soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi, soliq tushumlari, budjet siyosati, soliq hisoboti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники